Darsni maqsadi: Ta’limiy maqsad


Oltingugurt va uning tabiiy birikmalari namunalari bilan tanishish


Download 0.91 Mb.
bet31/34
Sana28.03.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1303695
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
8~sinf konspekt

8. Oltingugurt va uning tabiiy birikmalari namunalari bilan tanishish
Sizga o‘qituvchi tomonidan berilgan oltingugurt va uning tabiiy birikmalari namunalari bilan tanishing. Quyidagi jadvalni daftaringizga ko‘chirib oling va to‘ldiring.



Namuna nomi

Kimyoviy formulasi

Nisbiy molekular massasi

Tashqi ko‘rinishi

Suvda eruvchanligi

1

Oltingugurt













2

Pirit













3

Rux aldamasi













4

Gips















9. Turli eritmalarda sulfat ioni borligini aniqlash
1. To‘rtta probirkaning birinchisida H2SO4, ikkinchisiga Na2SO4, uchinchisiga CuSO4 va to‘rtinchisiga aluminiy sulfat eritmalaridan 2-3 ml dan quying.
2. Eritmalarning har biri ustiga 1-2 ml dan BaCl2 eritmasidan quying.
3. Har bir probirkada sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni kuzating. Reaksiya tenglamalarini yozing.


Kimyoviy reaksiyalar tezligiga turli omillarning ta’siri
1. Kimyoviy reaksiyalar tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalarning tabiatiga bog‘liq bo‘ladi.
Ikkita kimyoviy stakanga 30 ml dan suv quying. Birinchi stakanga 2 g kalsiy oksid, ikkinchi stakanga 2 g mis (Il)-oksid soling. Aralashtiring. So‘ngra har ikki stakanga 1—2 tomchidan fenolftaliyen tomizing. Qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. O‘tkazilgan tajribaga asoslanib o‘z fikringizni bildiring.

2. Ikkita probirka olib, ularning biriga 0,2 mol/l li Na2S2O3 eritmasidan 5 ml, ikkinchi probirkaga 2,5 ml quying va ularga 2,5 ml distillangan suv quyib suyultirib oling.
Har ikkala probirkaga sulfat kislotaning 0,2 mol/l li eritmasidan bir vaqtning o‘zida 1 ml dan quyib aralashtiring. Probirkalarda loyqalanish sodir bo‘ladi:
Na2S2O3 + H2SO4 = Na2SO4 + H2O + SO2 + S ,
Qaysi probirkada qancha vaqtdan so‘ng loyqalanish boshlanganligiga e’tibor bering.

3. Ikkita stakan olib, ularning har biriga Na2S2O3 ning 0,2 mol/l li eritmasidan 20 ml quying. Termometr yordamida stakanlardagi eritmalarning haroratini o‘lchang. Birinchi stakandagi eritmaga shu haroratda H2SO4 ning 0,2 mol/l li eritmasidan 1 ml quyib chayqating. Loyqalanish boshlanguncha sarflangan vaqtni belgilab qo‘ying. Ikkinchi stakandagi eritma haroratini 20°C ga ko‘taring. Bu stakandagi eritmaga ham H2SO4 ning 0,2 mol/l li eritmasidan 1 ml quyib chayqating. Loyqalanish boshlanguncha ketgan vaqtni belgilang va oldingi tajriba uchun sarflangan vaqt bilan taqqoslang.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling