Darsning maqsadi: a ta’limiy maqsad


Download 282.02 Kb.
bet5/19
Sana02.01.2022
Hajmi282.02 Kb.
#184805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1 sinf matematika i chorak

Darsning borishi

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I.Taskiliy qism.

a)O’quvchilar bilan salomlashish,davomatni aniqlash,navbatchi axborotini o’tkazish.

b) Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish.Vatanimiz haqida suhbat o’tkazish.

II.O’quvchilar bilan kirish suhbati o’tkaziladi.

O’tgan darsda nimalarni o’rgandingiz ?

Prezidentimiz tomonidan qanday sovg’alar oldik ?

Berilgan o’quv qurollar nomini ayting .

Ular soni nechta ?

III.Yangi mavzu bayoni.

O’quvchilarni yangi mavzu bilan tanishtiriladi.O’quvchilarga narsalarning

rangi , shakli , o’lchami mavzusini o’rganilishi tushuntiriladi.

Multimedia ilovalar orqali yangi mavzu haqida tushunchalar beriladi.

O’quvchilarga 3, 4 ta har xil o’lchamdagi rangli kvadratlar ko’rsatiladi. Bu shaklning nomi, rangi, o’lchami tushuntiriladi. Sinf xonasida kvadrat shakliga ega bo’lgan narsalar so’raladi . Turli o’lchamdagi koptoklar ko’rsatiladi. Ularning shakli , rangi , sanog’i , o’lchami so’raladi .

Darslikda berilgan rasmlar ustida ishlash .

Birinchi rasmda nimalar rasmini ko’ryapsiz ?

Bu kuchukchalar nechta ? 5 ta Rangi qanaqa? 2 ta oq va 3 ta qora

Quyonchalar soni nechta ? 5 ta

“G’aroyib xalta “ o’yini . Xaltaga turli shakldagi buyumlar , turli xil mevalar , solinadi . O’quvchilarga topshiriq beriladi .

Sariq rangdagi mevani toping .

Doira shaklidagi narsani toping .

Eng kichik kvadratni toping .

Daftar bilan ishlash .

O’ng tomondagi rasmlar nomini ayting .

O’zbek musiqa cholg’u asboblari . Nay , dutor , doira .

Chap tomondagi rasmlarni kuzating . Qizcha qanday shakllardan foydalanib chizilgan ? Uycha – chi ?

Dam olish daqiqasi .

Sport - tinchlikka posbon ,

Futbol esa qanotdir .

Unga muxlis keng jahon .

Zavqidan dillar shoddir .




Download 282.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling