Darsning maqsadi: a ta’limiy
Download 28.12 Kb.
|
6-sinf ochiq dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi so’zlar
- Tabiat zonalari
Geografik topishmoqlar:
U rasmga qarndosh, xaritaga yaqinroq. Yerning shakli modeli, cho’zinchoqmas dumaloq. (globus) 2)Uni vulqon otadi, tosh ustida qotadi. (lava) 3)Palaxsa muz suvda suzar, muztog’ bo’lib suzib yurar. (aysberg) 4) Uning bag’ridadir xatto suv qobiq, Yuzin silab turar ham havo qobiq. Tabiat bergandir qattiq fazilat, Qa’ri boyliklarga limmo lim qat qat. (litosfera) 5)U shunday ko’l, faunasi mo’l. Bir qism suv chuchuk, qolganichi sho’r. (balxash) 6)Bir o’zanli yo’l bosar, oqib-oqib ko’l bo’lar.(daryo) 7)Uch tomonim suv erur quruqlik bir yonimda. Orolga o’xshashroqman, ham ‘’orol’’ bor nomimda. (yarim orol) 8)Bir nomda sharshara , cho’l, Shahar, orol, daryo, ko’l. (viktoriya) 9)Yog’inlardan to’ladi, yog’och ortsang bo’ladi.( daryo) 10)U dunyoda eng kata ummon, Tinchligiga bor erur gumon.(tinch ocean) 11) Daryoda suv toshsa ,,to’lqin’’ deb nomlanar, sathi pasaysachi u qanday nom olar?(mejen, suv pasayishi)
Reja: 1)Tabiat komponentlari; 2)Tabiat komplekslari, ularning kattaligi; 3)Tabiat zonalari, ularning almashinishi; 4)Okeandagi tabiat zonalari; 5)Antropogen tabiat zonalari;
Tabiatni hosil qiluvchi tarkibiy qismlar tabiat komponentlari deyiladi. Tog’ jinslari, relyef, iqlim, yerosti va yer usti suvlari, o’simlik va hayvonot olami tabiat komponentlarini hosil qiladi. Tabiat komponentlari geografik qobiqda alohida alohida uchramaydi. Ular bir biri bilan bog’lanib ketgan va o’zaro ta'sir etib turadi. Ular birgalikda tabiat komplekslarini (landshaft) hosil qiladi. Demak: Tabiat komponentlarining o’zaro uzviy aloqasi va bir biriga ta’siri natijasida vujudga kelgan va o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan hududlar tabiat komplekslari deb ataladi. Tabiat kompleksi shunday tabiiy uyg’unlikki, unda birorta komponent o’zgarsa, boshqa komponentlar ham, tabiat kompleksi ham o’zgaradi. Tabiat komplekslari quruqlikda eggallagan maydoniga ko’ra har xil kattalikda bo’ladi. Geografik qobiq eng katta tabiat kompleksidir, lekin uning tarkibida kichikroq tabiat komplekslari bor. Masalan, materiklar va okeanlar geografik qobiqdan keyingi eng yirik tabiat kompleksidir. Materiklar ham kichikroq tabiat komplekslariga--- o’lkalar, kichik o’lkalar, tabiiy geografik rayonlar, tabiat zonalariga ajraladi. Tabiat zonalari— o’ziga xos iqlimi, tuproq qoplami,o’simlik va hayvonot olamiga ega quruqlikning yirik tabiiy komplekslaridir. Ularning nomlari ko’proq o’simlik qoplami bilan bog’liq. Har bir iqlim mintaqasining o’ziga xos tabiat zonalari tarkib topgan. Masalan, mo’tadil iqlim mintaqasida 70 shq u meridian bo’yicha ignabargli o’rmonlar(tayga),aralash o’rmonlar, keng bargli o’rmonlar, o’rmon-dasht,dasht, chalacho’l va cho’l tabiat zonalari joylashgan. Iqlim mintaqa ichida tabiat zonalari okean bo’ylaridan quruqlik ichkarisi tomon, namgarchilik kamayishi sari almashinadi. Shuning uchun ham cho’l tabiat zonasi mo’tadil, subtropik va tropik iqlim mintaqalarining o’rta qismlarida uchraydi.
Download 28.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling