Darsning maqsadi: Avar hoqonligi haqida olingan bilimlarni mustahkamlash va talabalarni baholash. Darsning mazmuni


Download 78.5 Kb.
bet2/6
Sana20.12.2022
Hajmi78.5 Kb.
#1038238
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5- seminar

Kelib chiqishi va migratsiya
Avarlarning aniq kelib chiqishi haqida turli qarashlar mavjud bo’lib, Shveytsariyalik olim Kristof Baumer kabi ko'plab tarixchilar ularning kelib chiqishini Xitoy shimolida joylashgan Mo'g'ulistonning Jujan xoqonligi bilan bog’laydilar. Jujan hoqonligi milodiy 552 yilda koʻkturklar tomonidan tugatiladi va Syanbey moʻgʻullari boshchiligidagi xalq ularning hukmronligidan qutulish uchun gʻarbga ko’chadi. Ushbu fikr ko’p aytilsada, ammo barcha olimlar tomonidan qabul qilinmagan. Mo’g’ulistonning Ju-Juan qabilasi ko’plab janglarda toba deb nomlanuvchi turk qabilalariga qarshi Oq xunlar bilan ittifoq tuzadi va milodiy 394 yilda Mo'g'uliston hududida o'zlarini imperiya deb e’lon qiladi. Bu imperiya 552 yilda koʻkturklar qoʻliga oʻtgan Jujan xoqonligi nomi bilan mashhur boʻldi.
Rim tarixida avarlar haqida birinchi ma’lumot milodiy 463 yilga taaluqli bo’lib, bu yunon tarixchisi Paniyalik Priskusga tegishli hisoblanadi. U avarlarni xunn qabilalarining bir qismi hisoblangan sobirlar deb nomlanuvchi qabila bilan bog'liq holda eslatib o’tgan. Priskus ma’lumotlari xunnlar haqidagi asosiy manbalardan biri hisoblanadi (Priskus eramizning 448/449-yillarida diplomatik missiyada boʻlgan chog’ida Attila bilan uchrashgan va birga ovqatlanish imkoniyatiga ega bo’lgan edi). Priskus 453 yilda Atilla vafotidan keyin xunnlarning faoliyatiga e’tibor qaratadi. Atilla asos solgan Xunnlar imperiyasi bu davrda (taxminan milodiy 463 yil) parchalanish jarayonida edi, milodiy 454 yilda Nedao jangida xunnlar Ardarik boshchiligidagi gepid qabilalaridan magʻlubiyatga uchraydi.
Nedaodagi mag’lubiyat ortidan o’z vaqtida xunnlar tomonidan bo’ysundirilgan boshqa xalqlar ham ularga qarshi bosh ko’taradi va natijada, 469 yilga kelib Xunnlar imperiyasi parchalanib ketadi. Hozirgi kunda Priskus tomonidan tilga olingan avarlar milodiy 552 yilda Mo'g'ulistondan ko’chib ketganlar bilan ittifoqda bo’lganligi yoki yo’qligi bahsli masala hisoblanadi. Rim yozuvchilari tomonidan tilga olingan va “varvarlar” deb atalgan qabilalar, ular haqida birinchi marta ma’lumot berilgan davrdan boshlab keyingi ma’lumotlar berilgunga qadar etnik tarkibi o’zgargan edi. Katta ehtimol bilan, ingliz tarixchisi Piter Xezer va ruminiyalik olim Denis Sinor kabi tarixchilar ta’kidlaganidek, oxirgi marotaba tilga olingan avarlar o’sha nomdagi boshqa guruhlar hisoblangan. Ilk bor manbalarda eslatilgan avarlar mintaqaning mustahkam konfederatsiyasi boʻlib koʻringan bo’lsa, keyingi avarlar esa Oʻrta Osiyodan ularni taʼqib qilgan koʻkturklardan qochib o’tgan qochqinlardan iborat bo’lgan.

Download 78.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling