Darsning maqsadi: Avar hoqonligi haqida olingan bilimlarni mustahkamlash va talabalarni baholash. Darsning mazmuni


Download 78.5 Kb.
bet3/6
Sana20.12.2022
Hajmi78.5 Kb.
#1038238
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5- seminar

Rim bilan aloqa
Avarlarning kelib chiqishi va g'arbga ko’chishi haqida tarixchi Piter Xezer shunday yozadi:
Avarlar xunlardan keyin Buyuk Yevroosiyo hududlarini egallagan va Markaziy Yevropada imperiya barpo etgan, ot ustida jang qilish san’atini puxta egallagan asl koʻchmanchi qabilalarning navbatdagi yirik toʻlqini edi. Yaxshiyamki, biz xunnlar haqida emas, balki avarlar haqida ko'proq bilamiz. Avarlar turkiy tilda so’zlashganlar va o’z davrida Xitoyning chekkasidagi yirik ko'chmanchilar konfederatsiyasi ortidagi hukmron kuch sifatida rol o'ynagan. VI asr boshlarida ular bu mavqeini g'arbiy turklar (ko’kturklar)ga boy berishgan edi. 558 yilga kelib avarlar Yustinian saroyida o’z elchilar orqali o'zlarining mavjud ekanliklarini bildirib, siyosiy qochqinlar sifatida Yevropaning chekkasiga kelib joylashdilar.
Vizantiya imperatori Yustinian I (milodiy 482-565) elchilarni qabul qilib, ularni o’zlari bilan muammosi mavjud bo’lgan boshqa qabilalarga qarshi kurashish uchun yollashga rozi bo‘ladi. Avarlar o'z vazifalarini ajoyib tarzda bajarganlar va buning evaziga imperiyadan doimiy to’lov bo’lishini kutishgan. Shu bilan birga, ular o‘z vatanlarini istilo qilayotgan turklardan o‘zlarini xavfsiz his qilishlari mumkin bo‘lgan joyga joylashtirishni ham xohlardilar. Shuning uchun, Avarlar shohi Bayonxon o’z xalqini Dunay daryosining janubiga olib borishga harakat qiladi, ammo rimliklar tomonidan bu harakatning oldi olinadi. Keyin u o’z qabilasini shimolga boshlaydi, lekin u yerda Sigebert I boshchiligidagi frank qabilalarning qarshiligiga duch keladi. Ular milodiy 565 yilgacha, ya’ni Yustinian vafot etgunga qadar Rim xizmatidagi ko'chmanchilar sifatida yashaydilar. Marhum imperatorning vorisi Yustin II (taxminan milodiy 520-578 yillar) davrida avarlar bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinadi. Avar elchilari tomonidan Dunayning janubini kesib o'tishga ruxsat berish to’g’risidagi qilingan murojaat rad etiladi. Shu sababdan, ular yana shimolga o’tishga harakat qilganda, franklar qiroli Sigebert I qo’shini tomonidan qaytariladi. Shundan so’ng, Avarlar shohi Bayonxon o’z e’tiborini Pannoniyaga qaratdi yoki boshqa manbalarga ko’ra esa Gepid qabilalarini siqib chiqarish uchun Yustin II tomonidan u yerga borishga taklif qilingan edi.
Bu payda Alboin boshchiligidagi Lombard qabilalari allaqachon Pannoniyada bo’lib, ular mintaqaning ko'p qismini nazorat qilgan gepid qabilalari bilan to’qnash kelgan edi. Avarlarda bo’lgani kabi, manbalar lombardlar Pannoniyaga mustaqil ravishda ko'chib kelganligi yoki imperiya tomonidan Gepidlarni quvib chiqarish uchun taklif qilinganligi to’g’risida bahslar mavjud. Bayan I Pannoniyaning poytaxt shahri Sirmium1 shahrini egallashni maqsad qiladi, ammo mintaqani to’la bilmaganligi sababli ushbu hudud bilan tanish bo’lgan insonlarning yordamidan foydalanadi. U Alboin boshchiligidagi Lombardlar bilan ittifoq tuzib, milodiy 567 yilda ikkala qo'shin Gepid qabilalarini tor-mor etish uchun birlashadi. Bayan I Alboin bilan jangga kirishishdan oldin mazkur ittifoq shartlari to’g’risida muzokaralar olib boradi. Ushbu muzokaralar natijalariga ko’ra bo’lajak jangda g‘alaba qozonilganda, avarlarga Gepid yerlari, boylik va odamlar qul sifatida berilishi, lombardlarga esa tinch yashashga ruxsat etilishi kelishiladi. Lombardlar shohi Alboin bu tengsiz kelishuvga nega rozi bo'lganligi hanuz noma’lum qolmoqda. Xunlarning boshqa xalqlarga nisbatan siyosatida boʻlgani kabi, Bayan I agarda Alboin boshchiligidagi lombardlar avar manfaatlariga ziyon yetkizgudek bo’lsa, uni bosib olish bilan tahdid qilgan boʻlishi mumkin.
Ikki raqib qo'shinlar Sirmiumdan bir oz masofada jangda to'qnash keladi va ushbu jangda Kunimund qo’l ostidagi Gepidlar mag'lubiyatga uchraydi. O’sha davr manbalari orqali jangdan keyingi voqealar xususida turlicha ma’lumotlar yetib kelgan. Xususan, ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, Bayan I Kunimundni o’ldiradi va uning bosh suyagini sharob kosasiga aylantirib, Langobardlar sardori Alboinga quroldoshi sifatida sovg’a qilgan. Boshqa ma’lumotlarga ko’ra esa, Kunimundni Alboin o’ldirganligi va uning bosh suyagini kosaga aylantirib, kamariga taqib olganligi haqida so’z yuritilgan.
Jangdan so’ng qo'shinlar Sirmiumga yuradi, ammo gepidlar allaqachon Sharqiy imperiyadan yordam so'rab, shaharni ularga topshirishga rozi bo’lgan edi. Bayan I va Alboin Sirmiumga yetib borguncha, shahar qattiq himoyalanib, ittifoqchilar orqaga haydab yuboriladi. Ular shaharni uzoq muddatli qamal qilishga tayyor emasligi sababli qo’shinlar chekinishga majbur bo’ladi.

Download 78.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling