Darsning maqsadi: Avar hoqonligi haqida olingan bilimlarni mustahkamlash va talabalarni baholash. Darsning mazmuni


Download 78.5 Kb.
bet4/6
Sana20.12.2022
Hajmi78.5 Kb.
#1038238
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5- seminar

Avar imperiyasining yuksalishi
Garchi Sirmium olinmagan bo'lsa-da, Avarlar tomonidan Pannoniyaning katta qismi qo’lga kiritiladi. Lombardlar uchun esa avarlar bilan tuzilgan bitim foydasiz ekanligi ma’lum bo’ldi. Natijada, Alboin jangdan keyin o’zi bilan olib ketgan Kunimundning qizi Rosamundga uylanib, gepidlar bilan avarlarga qarshi ittifoq tuzishga harakat qildi. Ammo, endi juda kech bo’lgan, bu paytga kelib avarlar kuchli raqobatchiga aylangan edi. Langobardlar yetakchisi Alboin 568 yilda o’z xalqini Pannoniyadan Italiyaga olib ketadi va u yerda milodiy 572 yilda otasidan qasos olish uchun xotini tomonidan uyushtirilgan fitna natijasida o'ldiriladi. Ushbu davrdan boshlab, Bayonxon boshchiligidagi avarlar Pannoniya tekisliklarida oʻz imperiyalarini qurishga kirishadilar.
Taniqli ruminiyalik tarixchi olim Denis Sinor bu haqda shunday yozadi:
Avar davlatining etnik tarkibi bir xil emas edi. Gepidlar zabt etilgan paytdayoq hukmdor Bayonxonning ortidan ergashgan 10 000 nafar kutrigur2 jangchilari boʻlgan. 568-yilda hukmdor ularni Dalmatiyaga bostirib kirish uchun yuborib, bu bilan u Vizantiyaga qarshi kurashda avarlar koʻrishi mumkin boʻlgan talofatlarning oldini olganligi ta’kidlanadi.
Bayonxon boshchiligida avarlar Pannoniya boʻylab har tomonga kengayib, bosib olish orqali oʻz imperiyalarini kengaytirdilar. Bir qancha slavyanlar avarlar ortidan Pannoniyaga borgan edi. Bayonxon Avarlarning yangi vatanlarida harbiy amaliyotlar bazasini tanlashni nazorat qilgan.
Taniqli Amerikalik tarixchi olim Erik Xildinger esa bu haqda shunday yozadi:
Bu paytda Avarlar o’z qarorgohini Attilaning bundan yuz yil avvalgi eski poytaxti yaqinida qurib mustahkamlaydi. O’sha davrda u Ring nomi bilan tanilgan edi. Pannoniyada yaxshi o'rnashib olgan Bayonxon yana Sigebert boshliq franklar qo’shini bilan jang qiladi va 570 yilda ularni mag'lub etadi. Oradan o’n yil o'tgach esa Bayonxon Vizantiya imperiyasi hududiga hujum qilib, Sava daryosi bo'yidagi Sirmium shahrini egallab oladi. U buning ortidan esa Vizantiyaga qarshi keyingi yurishlarini boshlab yuboradi. Avarlar Singidunum3 (hozirgi Belgrad) shahrini egallab, 587 yilda Adrianopol yaqinida mag'lub bo'lgunga qadar Moeziya hududini vayron qilishadi. O’sha paytda Vizantiyaliklar uchun bu V asrdagi xunnlar tajovuzining takrorlanishiga o’xshash taassurot uyg’otgan edi.

Download 78.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling