Darsning maqsadi: Avar hoqonligi haqida olingan bilimlarni mustahkamlash va talabalarni baholash. Darsning mazmuni


Download 78.5 Kb.
bet5/6
Sana20.12.2022
Hajmi78.5 Kb.
#1038238
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5- seminar

Avar istilosi
Sirmium olingach, Bayonxon o'z istilolarini davom ettiradi. Tarixchi olim Kristof Baumer Bayonxon o’z qo'shinlarini Bolqon yarim oroliga yo’naltirib, Sharqiy imperiyadan tinchlik uchun o’lpon talab qilganligini, keyin esa, slavyanlar bilan birgalikda 580-yillarda Gretsiyaga bostirib kirganligini yozadi. Ular mazkur urushlarda bir asr oldin xunnlar tomonidan qo’llanilgan usullar bilan jang harakatlarini olib borishgan edi. Bu paytda, xunnlar singari avarlar ham mohir chavandoz hisoblangan. Baumerning ta'kidlashicha, “Temir uzengi Yevropaga faqat VI asrning ikkinchi yarmida bosqinchi avarlar bilan birga kelgan”. Uzengi “chavandozning harakatchanligini yaxshilagan holda cho'kkalab yoki deyarli tik turgan holatda harakatlanish imkonini berar, shu bilan birga, hujum qilayotgan otliqlarning jangdagi ta'sirini ham oshirardi”. Uzengi avar otliq qo'shinini ancha kuchaytirib, ularni xunnlardan keyingi eng dahshatli va yengilmas otliq harbiy kuchga aylantirgan edi.
Tarixchi olim Baumer bu haqda shunday yozadi:
Vizantiya imperatori Mavrikiy (582-602 yillarda hukmronlik qilgan) o‘zining mashhur “Strategikon” deb nomlangan harbiy qo‘llanmasida avarlarni xunnlar bilan solishtirib, ularning jangovar uslubini shunday tasvirlab bergan edi: ular uzoq masofada olib borilgan janglarni, pistirmalarni, dushmanlarni o'rab olishni, yolg’ondan chekinish va to'satdan hujum qilishni va xanjar shaklida tizilishni afzal ko'radilar ... Ular o'z dushmanlarini chekinishga majburlaganlarida, forslar, rimliklar va boshqa xalqlar kabi, ularni ma'lum masofada ta'qib qilish va mollarini talon-taroj qilish bilan kifoyalanmaydilar. Ular o'z dushmanlarini butunlay yo'q qilishga erishmagunlaricha, hech ham taslim bo'lmaydilar… Agar ular bilan jangda qo’lingiz baland kelsa, dushmanni ta'qib qilishda shoshilmang yoki beparvolik qilmang. Chunki bu xalq (dasht ko'chmanchilari) birinchi jangda og’ir ahvolda qolganda ham boshqalar kabi kurashdan voz kechmaydi. Shu bilan birga, kuchlari tugamaguncha, dushmanlariga hujum qilishning har xil usullarini sinab ko'rishadi.
Yustin II eramizning 572 yilda sosoniylarga qarshi urush boshlagan va qoʻshinlarini sharqqa jalb qilgan bir paytda, Bayonxon Vizantiya hududlariga bostirib kiradi. U avvalgilaridan ham ko’p miqdorda o’lpon talab qiladi va unga qarshi yuborilgan imperator qo’shinlarini tor-mor keltiradi. Faqat 592 yilga kelibgina imperiyaning sosoniylar bilan urushi tugashi bilanoq, imperator Mavrikiy Bayonxonga qarshi yetarli kuchga ega qo‘shin jo‘nata oladi. Avarlar general Prisk qo'mondonligi ostidagi imperator qo'shinlari tomonidan Bolqondan Pannoniyaga, deyarli o'z poytaxtlariga siqib chiqariladi. Ammo, Konstantinopolda 602 yilda Fokas boshchiligida yuz bergan qo’zg’olon avarlarning butkul mag’lubiyatdan saqlab qoladi.
Bu paytda Imperator Mavrikiy armiyaning ortga qaytishga ruxsat berishdan bosh tortadi va aksincha, avarlar tomonidan kutilmaganda uyushtirilidigan hujumni qaytarish uchun Bolqonda qishlashni buyuradi. Natijada, askarlar isyon ko‘tardilar va tarixchi Teofan (taxminan 760-818 yillar)ning yozishicha, yuzboshi Fokasni (milodiy 547-610) o‘zlariga boshliq qilib saylaydilar. Askarlar Fokasni o’zlariga boshliq etib saylagach, Konstantinopolga yurish qilinib, u yerda unga toj kiydiriladi. 602 yil 27-noyabr kuni esa Mavrikiy besh o’g’li bilan qatl qilindi. Fokas tomonidan hokimiyatning egallab olinishi bilan bir paytda sharqdan forslar va g’arbdan avarlar tomonidan imperiyaga hujum uyushtirildi. Ammo, oradan ikki yil o'tgach, Avarlar hoqoni yillik o’lponni oshirib, tinchlik o'rnatishni taklif qildi.
Ayni vaqtda, (milodiy 602 yil) Bolqon yarim orolida vabo tarqalib, atrofdagi hududlarni ham qamrab oladi. Avarlar hoqoni Bayonxon ushbu kasallikning ko’plab qurbonlaridan biri bo'lganligi to’g’risidagi taxminlar ham mavjud. Bayonxonning o’rniga uning o'g'li (ismi noma'lum) otasining ishini davom ettirishga harakat qildi. U milodiy 626 yilda Sosoniylar imperiyasi bilan ittifoqchilikda Konstantinopolga quruqlik va dengiz tomondan hujum uyushtirdi. Feodosiy devorlarining (Feodosiy II hukmronligi davrida qurilgan, 408-450) kuchli himoyasi quruqlikdagi hujumni qaytaradi, Vizantiya floti esa dengizdagi hujumni qaytarib, ko'plab Avar kemalarini cho’ktirib yuboradi. Ushbu yurish butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchragach, omon qolgan avarlar Pannoniyaga, o’z uylariga qaytishadi.

Download 78.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling