Darsning maqsadi: Avar hoqonligi haqida olingan bilimlarni mustahkamlash va talabalarni baholash. Darsning mazmuni
Avar imperiyasining tanazzulga uchrashi
Download 78.5 Kb.
|
5- seminar
Avar imperiyasining tanazzulga uchrashi
610-641 yillarda hukmronlik qilgan Vizantiya imperatori Irakl avarlarga to’lanadigan o’lponlarni to’xtatadi. Baumerning ta’kidlashicha, “bu qabilalar va urug'lar tomonidan tovarlarning taqsimlanishiga bog'liq bo’lgan Avar xoqonligining iqtisodiy asoslarini barbod qildi”. Milodiy 630 yilda Bayonxonning oʻgʻli vafot etgach, mintaqadagi bulgʻorlar tomonidan qoʻzgʻolon koʻtariladi, natijada, ular oʻrtasida fuqarolar urushi boshlanib ketdi. O’z navbatida, bulg'orlar avarlarga qarshi kurashda Sharqiy imperiyaga yordam so'rab murojaat qilishdi, ammo, Vizantiya imperiyasi arablarning hujumiga qarshi kurashish bilan band bo’lganligi sababli yordam bera olmaydilar. Shu sababdan, bulg’orlarning o'zlari kurashni davom ettirishga majbiur bo’ldilar. Garchi bu kurashda avarlar g’alaba qozongan bo’lsa-da, ushbu to’qnashuv ularga qimmatga tushib, oxir-oqibat o’zlarining kuchsizlanishiga olib keladi. Bu haqda Baumer shunday deb yozadi: Arxeologik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, avarlarning moddiy madaniyati 630 yildan e’tiboran o'zgarishlarga uchray boshlaydi. Xususan, mazkur paytdan boshlab, erkaklar qabrlarida mayyit bilan birga dafn etilgan qurollar soni sezilarli darajada kamayadi. Avar imperiyasining iqtisodiyotida urushlar va vaqti-vaqti bilan amalga oshiriladigan bosqinchilik yurishlari o’z ahamiyatini yo’qotadi, iqtisodiyotda qishloq xo’jaligi asosiy o’rinni egallay boshlaydi, sobiq otliq jangchilar nayza va zirhlarni shudgorga almashtirib, endi yerga qazilgan va tomlari egarga o’xshatib yasalgan uylarda yashay boshlaydilar. Piter Xezerning ta’kidlashicha, “xunnlar singari, avarlar ham o'zlarining ko'p sonli hududlarini bevosita boshqarish uchun boshqaruv imkoniyatiga ega emas edilar, buning o’rniga qisman ushbu hududlardan olingan bir qator mahalliy boshliqlar orqali boshqarar edilar”. Bu boshqaruv tizimi Bayonxon hukmronlik qilgan paytgacha yaxshi ishlagan bo’lsa, uning vafotidan so’ng ushbu tizim mamlaktda tarqoqlikka olib keladi. Milodiy 768-yilda Franklar qiroli Buyuk Karl hokimiyat tepasiga kelganida, Avarlar unga qarshi chiqishga qodir bo’lmay qolgan edilar. Buyuk Karl 774 yilda o’z mamlakatining qo’shni hududi hisoblangan Lombardlarni zabt etib, so’ngra avarlarga tomon yurish qiladi. Ammo, Buyuk Karl sakslar qo'zg’oloni bilan kurashish uchun mazkur yurishini to'xtatishga majbur bo’ladi. Mudofaani kuchaytirish va safarbar qilish uchun bu qulay fursatdan foydalanish o’rniga, avarlar o’zaro kurashga zo’r berdilar. Ushbu mojaro nihoyat milodiy 794 yilda ochiq fuqarolar urushiga aylanib ketadi va bu urushda ikkala tomon yetakchilari ham halok bo’ladilar. Hukmron doiralar Buyuk Karlga Avar imperiyasining qoldiqlarini egallashni taklif qiladi va u bunga rozi bo’ladi. Shunday bo’lsada, bir muncha vaqtdan keyinroq ya’ni, 795 yilda avarlarga qarshi hujum qiladi va Ring shahrini osongina egallab, Avar xazinasini qo’lga kiritadi. Avar imperiyasi 796-yilda rasman tugatildi va oʻsha kundan e’tiboran avarlar franklar hukmronligi ostiga tushadi. Avarlar milodiy 799-yilda qoʻzgʻolon koʻtaradilar, ammo milodiy 802/803-yillarda franklar tomonidan tor-mor etildi. Shundan so’ng avarlar boshqa xalqlar bilan qoʻshilib ketadi. Ammo, Avar imperiyasi tarix sahnasidan ketishiga qaramasdan o’zidan kattagina meros qoldiradi. Avvalo ularning asosiy merosi sifatida istilo qilingan hududlarning etnik tarkibining butunlay o’zgartirilishi hisoblanadi. Odatda avarlar faoliyati xunnlar bilan taqqoslanganda, xunnlar singari, avarlar ham o'zlari yashagan dunyoni tubdan o'zgartiradilar. Ular nafaqat ko’p sonli qabilalarni (masalan, lombardlar va slavyanlarni) ko’chishga majbur qildilar, balki Rim imperiyasining ikkinchi yarmi hisoblangan Vizantiya imperiyasining siyosiy va harbiy qudratini sindirdilar. Avarlar tarixdagi eng shiddatli otliq jangchilardan hisoblangan, ammo, Xovort aytganidek; ular, shuningdek, “chorvador… edilar va shubhasiz, o’zlarining hunarmandchilik borasida qilich yasash san’atini hisobga olmaganda, qo’shni yashovchi xalqlarga va hunarmandchilikni puxta egallagan o’zlarining qullariga qaram edilar. Hatto ularning qilichlari ham xunnlar bilan bog'liq edi, chunki o’z davrida “xun qilichlari” Frank yilnomachilari tomonidan tilga olingan edi. Avarlar merosi hozirgi kungacha ular tomonidan bosib olingan mamlakatlar aholisi orasida e’tirof etiladi. Ular ijobiy tomondan doimo xunnlar bilan solishtiriladi, xususan, avarlar o’zlarining harbiy yurishlari orqali bosib olingan hududlarning demografiyasini sezilarli darajada o’zgartirdilar, keyinchalik o’z madaniyatlarini boshqa joylarga yoyishga harakat qilgan ko’plab xalqlarni hududdan siqib chiqardilar va ko’chib ketishga majbur qildilar. 1 Sirmium - Rimning Pannoniya viloyatidagi shahri bo'lib, Sava daryosi bo'yida, Serbiyaning markaziy qismidagi zamonaviy Sremska Mitrovitsa o'rnida joylashgan bo’lgan. 2 Kutrigurlar turkiy koʻchmanchi otliqlar boʻlib, ular eramizning VI asrida Qora dengiz-Kaspiy dashtlarida yashagan. Ularning sharq tomonida o‘tig‘ur ko'chmanchi otliqlari joylashgan edi. Ular Vizantiya imperiyasi va oʻtigʻurlar bilan kurashgan. 3 Singidunum — qadimgi Rim shahri boʻlib, dastlab miloddan avvalgi 3-asrda keltlarning Skordis qabilasi yashagan. Keyinchalik bu nomni lotinlashtirgan rimliklar tomonidan mustahkamlangan. Bugungi kunda Serbiya poytaxti, Rim imperatori Jovianning tug'ilgan joyi Belgrad nomi bilan tanilgan. Afsonaga ko'ra, shahar 38 marta kuldan qayta tiklangan. Download 78.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling