1.Gaz gorelkalarining umumiy tuzilishi .Gaz gorelkasi. Gaz gorelkalari metall nay, aralashtirgich, havo yoki kislorod oqimini me’yorlashtiruvchi halqa, gaz oqimini me’yorlashtiruvchi qotirgichdan iborat bo‘ladi.
2. Gaz gorelkasini yoqish va o‘chirish.Gaz va havo oqimi tezligini boshqarish uchun halqa va vint bo‘lib, ular yordamida gaz va havo oqimi me’yorlashtiriladi. Gorelkani yoqish uchun gugurt yoki yonib turgan cho‘p gaz jo‘mragi ochilgan holda gorelka og‘ziga yon tomondan yaqinlashtiriladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri olib kelinsa gaz oqimi alangani o‘chirib qo‘yishi mumkin. Havo oqimi gaz to‘la yonadigan qilib moslanadi. Gazning to‘la yonayotganini nursiz alanga yonishidan bilib olish mumkin.Gorelkani o‘chirish uchun gaz jo‘mragini teskari tomonga oxirigacha burash kerak.3. Gaz gorelkasida qizdirish.Gaz gorelkasi alangasida qizdirish.Gaz gorelkasi alangasi o‘rta qismida harorat ancha past, chekka va yuqori qismida esa yorqin, yuqori bo‘ladi. Shuning uchun qizdirish aynan shu yuqori qismida olib boriladi.Ochiq alangada faqat yupqa devorli kimyoviy idishlar va probirkalar qizdirilishi mumkin. Buning uchun alanga bilan avval probirkaning barcha qismi, so‘ngra modda solingan qismi qizdiriladi Stakan va kolbalar sim to‘r ustiga qo‘uib qizdiriladi.
Yangi mavzu bo`yicha o`quvchilarni baholash.
O’quvchilarni xulosalariga ko’ra baholanadi.
Uyga vazifa: O’qib kelish.Mehnat xavfsizligi qoidalarini
daftarlarga chiroyli qilib yozib olish.
Sana : _________________ sinf: 7- A sinf
Fan: Kimyo
Mavzu: O’tilgan mavzularga doir masalalar yechish (eritma konsentratsiyalariga doir masalalar yechish).
1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mustaqil reaksiya yozishni va masala ishlashni o’rgatish.
TK-3 ( matematik savodxonlik fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish)
2.Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilarimizni Ona-Vatanga ,Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |