TK-5 ( milliy va umummadaniy )
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish.
TK-4 ( ijtimoiy faol fuqarolik).
Dars turi: Masalalar yechish orqali yangi bilimlarni egallash. Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar
Dars metodi : Aralash , Interfaol metodlar
Darsning borishi :
Bosqichlar
|
Vaqti
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
10 daqiqa
|
Yangi mavzuni bayoni
|
15 Daqiqa
|
Mustahkamlash
|
10 Daqiqa
|
Mashg’ulot yakuni. O’quvchilarni baxolash. Uyga vazifa berish
|
3 daqiqa
|
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. O’quvchilar bilan salomlashish 2.O’quvchilar davomadini olish. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
O’tilgan mavzuni takrorlash: Tarqatma savollar orqali , guruhlarga bo’lib ishlash,
1) Siz bilgan ko’rgan oddiy moddalarga misollar keltiring?
|
2)Siz bilgan ko’rgan murakkab moddalarga misollar keltiring?
|
4)Quyidagi moddalar siz ko’rgan qaysi moddalar turiga mansub?
1. Vodorod 5. Qalay 2. Mis 6. Uglerod 3. Rux 7. Xlor 4. Qo‘rg‘oshin8. Kislorod
|
3)Eritma konsentratsiyalarini sanab bering?
|
5)Xona xaroratida (20o C) 100 gr suvda necha gram qand eriydi?
|
6 ) Quyidagi formuladagi m2 nimani massasini bildiradi?
|
Mexanik aralashma
|
Eritmalar
|
Kimyoviy birikma
|
Tarkibi bir necha xil
moddadan iborat
|
Tarkibi bir necha xil
moddadan iborat
|
Tarkibi bitta moddadan iborat
|
Butun sathi bo‘yicha har xil tarqalgan
|
Butun sathi bo‘yicha
bir xil tarqalgan
|
Butun sathi bo‘yicha bir xil tarqalgan
|
Fizik usullar orqali
tarkibiy qismlarga ajratish mumkin
|
Fizik usullar orqali
tarkibiy qismlarga
ajratish mumkin
|
Kimyoviy reaksiyalar yordamida tarkibiy qismlarga ajraladi
|
Hosil bo‘lishida issiqlik
ajralmaydi ham, yutilmaydi
ham
|
Hosil bo‘lishida
issiqlik ajraladi yoki
yutiladi
|
Hosil bo‘lishida issiqlik
ajraladi yoki yutiladi
|
Yangi mavzu bayoni:
1-masala: 30 g KCl 100 g suvda eritilishidan hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) aniqlang.
Masalaning yechimi: 30 g KCl 100 g suvda eritilganda 130 g (30+100=130) eritma hosil bo‘ladi.
KCl
30 g
Bu ma’lumotlardan foydalanib, eritmaning foiz konsentratsiyasini 1-formula asosida topamiz: Javob: 23 %
Mustaqil yechish uchun masalalar
Erima konsentratsiyasiga doir masalalar.
1. 25 g NaCl 100 g suvda eritilishidan hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) aniqlang.
2. 20 g KNO3 180 g suvda eritilishidan hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) aniqlang.
3. 36 g NaCl ni necha gramm suvda eritilganda 25 %li eritma hosil bo‘ladi?
4. 80 g NH4NO3 ni necha gramm suvda eritilganda 20 %li eritma hosil bo‘ladi.
5. Tarkibida 80 g NaOH tutgan 300 ml (ρ=1,12 g/ml) eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) aniqlang.
6. Tarkibida 49 g H2SO4 tutgan 160 ml (ρ=1,15 g/ml) eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) aniqlang.
7. 200 ml (ρ= 1,25 g/ml) 25 % li AgNO3 eritmasi tarkibida erigan modda-ning massasini (g) aniqlang.
8. 240 ml (ρ= 1,125 g/ml) 15 % li (NH4)2SO4 eritmasi tarkibida erigan moddaning massasini (g) aniqlang.
9. 1,25 mol CaCl2 suvda eritilib, 500 ml eritma tayyorlandi. Hosil bo‘l- gan eritmani molyar konsentratsiyasini aniqlang.
10. 0,75 mol NH4Cl suvda eritilib, 750 ml eritma tayyorlandi. Hosil bo‘lgan eritmani molyar konsentratsiyasini aniqlang.
11. Distillangan suvga NaCl qo‘shib, 400 ml 3 M li eritma tayyorlandi. Qo‘shilgan NaCl ni massasini aniqlang.
12. Distillangan suvga Na2SO4 qo‘shib, 200 ml 1,5 M li eritma tayyorlandi. Qo‘shilgan Na2SO4 ning massasini aniqlang.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
1- masala: 50 g KNO3 ni necha gramm suvda eritilganda 40%li eritma hosil bo‘ladi?
Masalaning yechimi: 100 g 40 % li eritmani tayyorlash uchun, 40 g KNO3 va 60 g erituvchi
(ya’ni suv) kerak bo‘lsa, 50 g KNO3 uchun necha gramm suv kerak bo‘lishini proporsiya orqali topamiz:
40 g KNO3________ 60 g H2O
50 g KNO3________ x=
Javob: 75 gr H2O
Mustaqil yechish uchun masalalar
2- masala: 80 g NH4NO3 ni necha gramm suvda eritilganda 20 %li eritma hosil bo‘ladi?
3. 36 g NaCl ni necha gramm suvda eritilganda 25 %li eritma hosil bo‘ladi?
O’quvchilarni baholash:
Uyga vazifa: yangi mavzuga doir masalalarni yechish. Tabiatda tarqalgan moddalar haqida bilib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |