Darsning maqsadi: Ta`limiy maqsad


Yangi mavzuni mustahkamlash


Download 84.06 Kb.
bet2/5
Sana05.02.2023
Hajmi84.06 Kb.
#1167398
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-sinf

Yangi mavzuni mustahkamlash.

1.Kislorodning tabiatda aylanishi tushuntiring


2.Havoning tarkibiqanday qismlarga bo`linadi.
3.Havoning ifloslanishdan saqlash nimalar qilish kerak.


Uyga vazifa. : O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.

Sana: ____________________ Sinf: ______________________________




Mavzu: 2-amaliy mashg’ulot. Laboratoriya jihozlari bilan ishlash.
Alanganing tuzilishini o’rganish.


Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: Laboratoriya jihozlari bilan ishlash. Alanganing tuzilishini
o’rganish haqida bilim, ko`nikma va malaka berish
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini varafakkurini o’stirish,
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.


Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.


Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
1. Laboratoriya shtativini tizilishi. 2. Spirt lampasi bilan ishlash.

3. Gaz gorelkasi bilan ishalash




Yangi darsning bayoni.
1).Laboratoriya shtativining tuzilishi. Shtativ kimyoviy tajribalar o‘tkazishda kerak bo‘ladigan eng muhim asbob. U taglik va o‘zakdan iborat bo‘lib, o‘zakga qisqichlar yordamida har xil halqalar, tutqich va boshqa turli moslamalar mahkamlanadi.Taglikdagi maxsus teshikka o‘zak burab kiritiladi. o‘zak maxsus teshikka oxirigacha kiritilgan va mahkamlangan bo‘lishi kerak!Yuqoridagi rasmda shtativ uchun mo`ljallangan moslamalardan 5 tasi tasvirlangan. Bunda 1-qum yoki suv hammomi, u turli qaynash haroratida suyuqliklarni haydash, turli haroratlarda boradigan reaksiyalarni o‘tkazish uchun; 2- halqali tutqich, u turli hajmdagi tubi yumaloq kolbalarni va chinni kosalarni tutib turish uchun; 3- asbest to‘rli taglik, u tubi yassi, konussimon kolbalar, stakanlar, chinni kosachalarni qizdirish uchun; 4-tutqich, u probirkalar, sovutgichlarni qisib ushlab turish uchun; 5-ilgich, u turli yordamchi shlang yoki boshqa yordamchi qismlarni ilib qo‘yish uchun mo`ljallangan.Moslamalar o‘zak bo‘ylab yuqoriga va pastga harakat qilishi yoki olib qo‘yilishi, maqsadga ko‘ra istagancha miqdorda o‘rnatilishi mumkin. Mahkamlash yoki bo‘shatish qisqichdagi vint yordamida amalga oshiriladi. Moslamani o‘zak bo‘ylab erkin harakat qildirilishi mumkinligi sababli, ularni o‘zakning istalgan joyiga surib, shu joyiga nisbatan turli burchak holatlarida o‘rnatish mumkin.

Download 84.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling