Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsadi: Elektrlanish hodisasi haqida ma’lumot berish. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda onglilikni tarbiyalash Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, kasbga yo’naltirish. Rivojlantiruvchi maqsad
Download 1.37 Mb.
|
8-sinf fizika 1-2-chorak 2019-2020
Qisqa muddatli “Mustaqil ish” o`tkaziladi. I-qator. Agar ta`sirlashayotgan ikki zaryad o`zaro teng,ya`ni q1=q2=q bo`lsa, F=kq2/r2 formuladan zaryad q ni toping. II-qator. Agar ta`sirlashayotgan ikki zaryad o`zaro teng,ya`ni q1=q2=q bo`lsa, F=kq2/r2 formuladan zaryad r ni toping.
Dars yakunlari chiqarilib, ballar izohlanib qo`yiladi va faollar alohida rag`batlantiriladi. Uyga topshiriq. -Darslikdan 4-mavzuni o`qib kelish; -Mavzu oxirida keltirilgan savollarga yozma tarzda javob topish; -Ernestrezerfordning hayoti va ijodi haqida ma`lumotlar to`plash; -Darslikdagi 2-mashqning 1- va 3- masalalarini yechish. Qiziquvchi o`quvchilarga qo`shimcha ravishda “Fizikadan savol va masalalar to`plami” dan olingan 901,902 va 903-masalalarni yechish tavsiya etiladi.
4-DARS. Masalalar yechish Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsadi: O’tilgan mavzu yuzasidan olgan blimlarni mustaxkamlash. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda onglilikni tarbiyalash Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, kasbga yo’naltirish. Rivojlantiruvchi maqsad: Ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish.
DTS talabi: O’tilgan mavzu yuzasidan olgan blimlarni mustaxkamlash. Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Dars usuli: “Blits” savollar, savol javob . Dars jihozi: qahrabo tayoqcha; -ebonit ,mo’yna ,qog’oz parchalari. Asosiy tushuncha va atamalar: -elektrlanish (zaryadlanish); -manfiy va musbat elektrlanish; qahrabo tayoqcha; -ebonit. Darsning blok sxemasi:
I. Darsning maqsadi: O`quvchilarning darslarda egallagan bilimlarini masalaga tadbiq qilish ko`nikmalarini shakillantirish. II.Tashkiliy qism:a)salomlashish, c)xona tozaligini tekshirish, d)manaviyat daqiqalari. III. O`tilgan mavzuni so`rash: o`tilgan mavzu tarqatma testlar yordamida aniqlanadi. IV.Yangi mavzu bayoni: 1.Sig’imlari 50 pF dan bo’lgan beshta kondensator ketma-ket ulangan. Kondensatorlar sistemasining umumiy sig’imini toping. Shu kondensatorlar o’zaro parallel ulanganda umumiy sig’im qancha bo’lar edi? 2. Zaryadi -310-8 C bo’lgan nuqtalar zaryadining 5 sm masofada hosil qiladigan elektr maydon kuchlarini toping? 3.Turg’un suvdagi tezligi 3m/s bo’lgan qayiq kengligi 300m va oqimning tezligi 1m/s bo’lgan daryodan tik suzib o’tmoqda. Oqim qayiqni qancha masofaga surib ketadi? 4. Elektr zanjirga har birining qarshiligi 50 Ω dan bo’lgan 3 ta lampochka parallel ulangan. Zanjir qismining to’liq qarshiligini toping. 5.Ikki parallel yo’ldagi uzunligi 400m, tezligi 36km/soat bo’lgan yuk poyezdi va uzunligi 200m, tezligi 72km/soat bo’lgan passajir poyezdi bir tomonga harakatlanmoqda .Qancha vaqt davomida birinchi poyezd ikkinchi poyezd ni quvib o’tadi (s) ? Bir biridan 20 sm masofada turgan sharchalardan birining zaryadi 2*10-9C,ikkinchisiniki esa 4*10-9C.Ular qanday kuch bilan ta`sirlashadi?
Jism harakat davomida 54 km/soat, 12 m/s va 780 tеzliklar bilan harakatlanadigan bo`lsa, o`rtacha tеzlikni toping.
O`quvchilarni baholash. Dars yakunlari chiqarilib, ballar izohlanib qo`yiladi va faollar alohida rag`batlantiriladi. Uyga topshiriq. -Darslikdan 4-mavzuni o`qib kelish; -Mavzu oxirida keltirilgan savollarga yozma tarzda javob topish; -Darslikdagi 3-mashqning 2- va 3- masalalarini yechish. Qiziquvchi o`quvchilarga qo`shimcha ravishda “Fizikadan savol va masalalar to`plami”
5-DARS. Mavzu: Elektr maydon.Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsadi: Elektr maydoni haqida tushuncha berish. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda onglilikni tarbiyalash Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, kasbga yo’naltirish. Rivojlantiruvchi maqsad: Ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish.
DTS talabi: Elektr maydoni haqida tushuncha berish. Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Dars usuli: “Blits” savollar, savol javob . Dars jihozi: qahrabo tayoqcha; -ebonit ,mo’yna ,qog’oz parchalari. Asosiy tushuncha va atamalar: -elektrlanish (zaryadlanish); -manfiy va musbat elektrlanish; qahrabo tayoqcha; -ebonit. Darsning blok sxemasi:
Mashg`ulotning borishi. Asosiy atamalar va tushunchalar: - Elektr maydon; -elektrostatik maydon; -elektr maydon kuch chiziqlari; -elektr maydon kuchlanganligi. Yangi mavzu bayoni. Reja: 1.Elektr maydonning hosil bo`lishi. 2.M.Faradey tajribasi. 3.Elektr maydon kuch chiziqlari. 4.Elektr maydon kuchlanganligi. Uyga berilgan vazifani so’rash (“Aqliy hujum”interfaol metodidan foydalanib). 1.Zaryadlangan jismlarning o`zaro ta`sir kuchi qachon va kim tomonidan kashf etilgan? 2.Buralma tarozining tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntirib bering. 3.Kulon qonunining matematik ifodasini yozib bering. 4.k koeffitsiyentning ma`nosi nimadan iborat? Uning qiymatini yozib bering. 5.Eng kichik elementar zarra nima? Uning qiymatini yozib bering. So`ngra elektrga oid “Klaster” tuzish topshiriladi. Yangi mavzuni yoritish (”Modifikatsiyalangan ma`ruza” metodi). Elektr maydon-elektr zaryadlarining atrofida mavjud bo`lgan va ularning o`zaro ta`sirini uzatuvchi muhitga aytiladi.Elektr maydon orqali elektr zaryadlarining o`zaro ta`siri uzatilishini ingliz olimlari M.Faradey(1791-1867) va J.Maksvell(1831-1879) topganlar. Bu maydonni qo`l bilan ushlab yoki ko`z bilan ko`rib bo`lmaydi.Uni faqat ta`sirlariga ko`ra sezish mumkin. Elektr maydon kuch chiziqlari deyilganda shu elektr maydoniga kiritilgan musbat zaryadga maydon tomonidan ta`sir etuvchi kuch yo`nalishini ko`rsatuvchi chiziqlar tushuniladi. Xulosa.Musbat zaryad hosil qilgan elektr maydon kuch chiziqlari zaryaddan chiquvchi,manfiy zaryadniki esa zaryadga kiruvchi bo`ladi. Elektr maydon kuchlanganligi-elektr maydonga kiritilgan sinov zaryadiga shu maydon tomonidan ta`sir etuvchi kuchning miqdoriy xarakteristikasi bo`lgan vector kattalikka aytiladi. Elektr maydon kuchlanganligi “E” bilan belgilanadi. E=F/q0 Kuchlanganlik birligi- E=F/q0=[N/C] Masala yechish namunasi. Nuqtaviy q zaryadning r masofada hosil qilgan maydon kuchlanganligini topish.
Demak,nuqtaviy zaryadning elektr maydon kuchlanganligi masofa ortishi bilan kvadratik kamayib borar ekan. Mavzuni mustahkamlash (“Fizik diktant”).Bunda quyidagi savollar beriladi. 1.Elektr zaryadining birligi-……. . 2.Elektr maydonini ………… aniqlagan. 3.Musbat zaryadlarning kuch chiziqlari zaryad……… , manfiy zaryadlarniki esa zaryad………. bo`ladi. 4.Elektr maydon kuchlanganligi …………. bilan ifodalanadi. 5.Elektr maydon kuchlanganlik birligi-…………… . Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi 3-mashqdan 1-masala o`quvchilar bilan birga yechiladi.
O`quvchilarni baholash. Dars yakunlari chiqarilib, ballar izohlanib qo`yiladi va faollar alohida rag`batlantiriladi. Uyga topshiriq. -Darslikdan 5-mavzuni o`qib kelish; -Mavzu oxirida keltirilgan savollarga yozma tarzda javob topish; -Darslikdagi 3-mashqning 2- va 3- masalalarini yechish. Qiziquvchi o`quvchilarga qo`shimcha ravishda “Fizikadan savol va masalalar to`plami” dan olingan 876,877,878 va 879-masalalarni yechish tavsiya etiladi.
Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling