Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsadi: Elektrlanish hodisasi haqida ma’lumot berish. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda onglilikni tarbiyalash Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, kasbga yo’naltirish. Rivojlantiruvchi maqsad
Download 1.37 Mb.
|
8-sinf fizika 1-2-chorak 2019-2020
q=q\+q2+qъ + ..Лqn. (3)
Demak, kondensatorlarni o‘zaro parallel ulash orqali ko'proq elektr zaryadi- ni yig‘ish mumkin ekan. Kondensatorlarni ketma-ket ulash Kondensatorlar ketma-ket ulanganda umumiy elektr siglmining teskari miqdori bar bir kondensator siglmining tcskari miqdorlari yiglndisiga teng.
(4) Demak, kondensatorlarni o‘zaro ketma-ket ulanganda umumiy elektr sig‘imi kamayar ekan. Kondensatorlar ketma-ket ulanganda umumiy kuchlanish har bir kondensator uchlaridagi kuchlanishlarning algebraik yig‘indisiga teng boladi, ya’ni: U=Ui+ U2+U3 + ...+ U„. (5) 84-rasm. Kondensatorlarni ketma-ket ulashning umumiy ko‘rinishi 84-rasmda keltirilgan O`quvchilarni baholash. Dars yakunlari chiqarilib, ballar izohlanib qo`yiladi va faollar alohida rag`batlantiriladi. Uyga topshiriq. -Darslikdan o`qib kelish; -Mavzu oxirida keltirilgan savollarga yozma tarzda javob topish; -Darslikdagi 4-mashqning 2, 3, 4,6- masalalarini yechish. Qiziquvchi o`quvchilarga qo`shimcha ravishda 7-masalani yechish tavsiya etiladi. Fan o’qituvchisi: Usmonova B. O’IBDO’: G’oibova R.
31-DARS. Masalalar yechish Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsadi: O’tilgan mavzular yuzasidan blim va ko’nikmalarini musaxkamlash. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda onglilikni tarbiyalash Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, kasbga yo’naltirish. Rivojlantiruvchi maqsad: Ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish. Korreksion vazifa: O’quvchilarni ko’rish qobilyatiga qarab vazifalarni taqsimlash
DTS talabi: O’tilgan mavzular yuzasidan blim va ko’nikmalarini musaxkamlash. Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Dars usuli: “Blits” savollar, savol javob . Dars jihozi: qahrabo tayoqcha; -ebonit ,mo’yna ,qog’oz parchalari. Asosiy tushuncha va atamalar: -elektrlanish (zaryadlanish); -manfiy va musbat elektrlanish; qahrabo tayoqcha; -ebonit. Darsning blok sxemasi:
I. Darsning maqsadi: O`quvchilarning darslarda egallagan bilimlarini masalaga tadbiq qilish ko`nikmalarini shakillantirish. II.Tashkiliy qism:a)salomlashish, c)xona tozaligini tekshirish, d)manaviyat daqiqalari. III. O`tilgan mavzuni so`rash: o`tilgan mavzu tarqatma testlar yordamida aniqlanadi. IV.Yangi mavzu bayoni: Yuzalari 30 cm2 dan bo‘lgan yassi kondensator qoplamalari orasidagi masofa 4 mm ga teng. Agar kondensatoming sig‘imi 20 pF bo‘lsa, kondensator qoplamalari orasidagi muhitning dielektrik singdiruvchanligi nimaga teng? Yassi kondensatoming doira shaklidagi radiusi 4 cm bo‘lgan qoplamalari bir-biridan 2 mm qalinlikdagi sluda bilan ajratilgan. Kondensator qoplamalariga 4 V kuchlanish berilsa, kondensator qanday zaryad oladi? Sludaning dielektrik singdiruvchanligini 6 ga teng deb oling. Sig‘imi 370 pF bo‘lgan yassi kondensator qoplamalarining yuzasi 300 cm2 ga teng. Qoplamalar orasiga shisha plastina qo‘yilgan bo‘lsa, ming qalinligi qanday bo‘lgan? Shisha nchun e = 7. Qutichada 30 pF va 70 pF sig‘imli bir nechta kondensatorlar bor, Har qaysi sig‘imli kondensatordan nechtadan olib, ularni parallel ulash orqali 330 pF sig'imli kondensatorlar batareyasini hosil qilish mumkin? O`quvchilarni baholash. Dars yakunlari chiqarilib, ballar izohlanib qo`yiladi va faollar alohida rag`batlantiriladi. Uyga topshiriq. -Darslikdan mavzuni o`qib kelish; -Mavzu oxirida keltirilgan savollarga yozma tarzda javob topish; -Darslikdagi 3-mashqning 2- va 3- masalalarini yechish. Qiziquvchi o`quvchilarga qo`shimcha ravishda “Fizikadan savol va masalalar to`plami” Fan o’qituvchisi: Usmonova B. O’IBDO’: G’oibova R.
32-DARS. Nazorat ishi Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsadi: O’tilgan mavzular yuzasidan blimlarini mustaxkamlash.. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda onglilikni tarbiyalash Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, kasbga yo’naltirish. Rivojlantiruvchi maqsad: Ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish. Korreksion vazifa: O’quvchilarni ko’rish qobilyatiga qarab vazifalarni taqsimlash
DTS talabi: O’tilgan mavzular yuzasidan blimlarini mustaxkamlash.. Dars usuli: “Blits” savollar, savol javob . Dars jihozi: qahrabo tayoqcha; -ebonit ,mo’yna ,qog’oz parchalari. Asosiy tushuncha va atamalar: -elektrlanish (zaryadlanish); -manfiy va musbat elektrlanish; qahrabo tayoqcha; -ebonit. Darsning blok sxemasi:
Mashg`ulotning borishi Darsning tashkil etilishi: Takrorlash uchun savollar tayyorlab qo`yiladi,test sinovini o`tkazishga tayyorgarlik ko`riladi. Zanjirdagi tok kuchi 2 A bo'lsa, 15 minutda o'tkazgichning ko'ndalang kesimidan qanday miqdorda zaryad oqib o‘tadi? A) 300 С; B) 1800 С; C) 900 C; D) 600 C. Agar o‘tkazgichning ko'ndalang kesimidan 2 minut davomida 480 C zaryad o‘tgan bo'lsa, 1 s davomida o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan qancha elektron o‘tgan? A) 3• 1018; B)2,5*1019; C)5-1018; D)4-1019. 0‘tkazgich uchlariga 24 V kuchlanish ulanganda undan 400 mA tok o‘tgan. 0‘tkazgichning elektr qarshiligi qanday bo‘lgan (Q)? Parallel ulangan 6 ta bir xil rezistor ketma-ket ulansa, umumiy qarshilik qanday o‘zgaradi? A) 36 marta ortadi; B) 12 marta kamayadi; C) 3 marta ortadi; D) 9 marta kamayadi. Umumiy qarshiligi 40 £2 bo‘lishi uchun 120 £2 qarshilikka qanday qarshilikni parallel ulash kerak(£2)? A) 60; B) 80; C)30; D) 90. Yassi kondensatorning bir plastinkasi +5 pC, ikkinchi plastinkasi -5 pC zaryad olgan. Kondensator qanday zaryad olgan (pC)? A) 2,5; B) 10; C) 5; D) zaryad olmagan. Yassi kondensator qoplamalariga 1,2 kV kuchlanish berilganda, 48 pC zaryad oldi. Kondensator sig'imi qancha bo'lgan (nF)? A) 57,6; B) 40; C) 25; D) 36. Yassi kondensator qqplamalari orasi dielektrik singdiruvchanligi e = 3 bo‘lgan modda bilan to‘ldirilsa, uning elektr sig‘imi qanday o‘zgaradi? A) 9 marta ortadi; B) 1,5 marta kamayadi; C) 3 marta ortadi; D) 3 marta kamayadi. Parallel ulangan 4 ta bir xil kondensator ketma-ket ulansa, umumiy sig‘im qanday o'zgaradi? A) 4 marta ortadi; B) 2 marta kamayadi; C) 16 marta ortadi; D) 16 marta kamayadi. O`tilgan mavzuni takrorlash. Savol javob asosida o`tilgan I-bob mavzulari takrorlanadi.Bunda bob yakunida keltirilgan xulosa va qonuniyatlar o`quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi. TEST sinovini o`tkazish. Kamida ikkita variantda tuzilga 12 tadan test topshiriqlari o`quvchilarga beriladi va TEST sinovi o`tkaziladi. O`quvchilarni baholash. TEST yakunlari chiqarilib, ballar izohlanib qo`yiladi. G’olib guruh aniqlanadi. Faol o`quvchilar alohida rag`batlantiriladi. Uyga vazifa.mavzularni takrorlash. Fan o’qituvchisi: Usmonova B. O’IBDO’: G’oibova R. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling