Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsadi: Elektrlanish hodisasi haqida ma’lumot berish. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda onglilikni tarbiyalash Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, kasbga yo’naltirish. Rivojlantiruvchi maqsad
DTS talabi: Kandensatorlar haqida tushuncha berish
Download 1.37 Mb.
|
8-sinf fizika 1-2-chorak 2019-2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning blok sxemasi
DTS talabi: Kandensatorlar haqida tushuncha berish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Dars usuli: “Blits” savollar, savol javob . Dars jihozi: qahrabo tayoqcha; -ebonit ,mo’yna ,qog’oz parchalari. Asosiy tushuncha va atamalar: -elektrlanish (zaryadlanish); -manfiy va musbat elektrlanish; qahrabo tayoqcha; -ebonit. Darsning blok sxemasi:
Dаrsning tаmоyili: A`lo mamlakatning a`lo farzandi,bilib qo`yki seni vatan kutadi! Shundаn so’ng qizil, zаngоri, sаriq rаngdаgi kаrtоchkаlаr оrqаli o’quvchilаr Elektrotexnikada ko‘p miqdordagi elektr zaryadlarini to‘plash va saqlash muhim ahamiyatga ega. Elektr zaryadlarini to‘plash va saqlashda kondensator deb ataluvchi asbobdan foydalaniladi. Bir-biridan yupqa dielektrik bilan ajratilgan ikki o‘tkazgichdan iborat qurilma (asbob) kondensator deb ataladi. Я Я 78-rasm. Kondensator radio, televizor, magnitofon, kompyuter kabi elektrotexnik jihozlarning muhim elementi hisob- lanadi. Eng sodda kondensator - bu yassi kondensator. Yassi kondensator o‘zaro parallel bo‘lgan ikkita yassi o‘tkazgich - plastinkalardan iborat (78-rasm). Bu plastinkalar kondensator qoplamalari deyiladi. Kondensatorning elektro- statik maydoni, asosan, ulaming qoplamalari orasida bo‘ladi va ularni bir jinsli (kuch chiziqlari bir xil) deb hisoblash mumkin. Kondensator zaryadlanganda uning har ikki qoplamasida teng miqdorda turli ishorali zaryadlar to‘planadi. Kondensatorning zaryad to‘play olish xususiyatini tavsiflaydigan fizik kat- talikka uning elektr sig‘imi deyiladi. Kondensatoming sig'imi qoplamadagi zaryad miqdorining plastinkalar ora- sidagi kuchlanish nisbatiga teng; 1 kulon , C , _ =1—=1F lVolt V Bunda: q - kondensator qoplamasiga berilgan zaryad miqdori; U - plastinkalar orasidagi kuchlanish. Xalqaro birliklar sistemasida elektr sig‘imining birligi qilib M. Faradey sharafiga farad (F) qabul qilingan. farad juda katta birlik bo‘lgani uchun amalda, asosan uning uhishlari - mikrofarad (pF), nanofarad (nF) va pikofarad (pF) qo'llaniladi. Bunda: jliF= 0,000001 F=10 6F; nF=0,000000001 F= 10~9 F; 1 pF=0,000000000001 F = lO’12 F. Kondensator sig‘imi uning geometrik o‘lchami va plastinkalari orasidagi masofaga ham bog‘liq bo‘ladi. Qoplamalarining yuzasi S bo‘lgan ikki doiradan iborat yassi kondensatoming umnmiy ko'rinishi 79-rasmda keltirilgan. Uning qoplamalari bir-biridan d qalinlikdagi dielektrik bilan ajratilgan. Yassi kondensator qoplama- sining yuzasi S qancha katta bo‘lsa, unda shuncha ko‘p zaryad to'plash mumkin bo'ladi. Shuningdek, qoplamalari orasidagi masofa d qancha katta bo‘lsa, konden- satorda shuncha kam zaryad to1 play oladi. Yassi kondensatoming sig‘imi qoplamalari yuzasiga to‘g‘ri propor- sional, qoplamalari orasidagi masofaga teskari proporsional: bunda: e0=8,85 • 10“12 F/m - elektr doimiysi, s - qoplamalar orasidagi muhitning dielektrik singdiruvchanligi, masalan, havo uchun e=1; sluda uchun e=6, shisha uchun r.~l. Elektrotexnikada turli miqdorda zaryadlami to'plashga mo'ljallangan kon- densatorlar ham qo'llaniladi. Radiotexnikada o'zgaruvchan sig'imli konden- satorlar keng qo‘llaniladi (80-rasm). Uning ishlash prinsipi qoplamalarning bir-hiriga nisbatan siljishiga asoslangan. Kondensator navbatma-navbat oralatib joylashtirilgan qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan metall qoplamalardan iborat bo‘lib, qo‘zg‘aluvchan qoplamalar murvatga hiriktiriladi. Murvat buralganda kondensatorning qo‘zg‘aluvchan qoplamalari qo‘zg‘almas qoplamalarining ora- siga kiradi. Bunda qoplamalarnmg ustma-ust tushgan yuzalari (S) o‘zgaradi. Shunday usulda kondensatorning sig'Lmini o'zgartirish mumkin bo'ladi. Radioni kerakli to‘lqinga sozlasb uchun murvat buralib, o‘zgaruvchan kondensatorning sig'imi o'zgartirib boriladi. Bundan tashqari, qutbli va qutbsiz kondensatorlar ham ishlatiladi (81-a, b rasm). Kondensatorlardan elektr dvigatellarini yurgizishda, elektromobillarni ha- rakatlantirishda hamda sanoat elektronikasida keng qollaniladi. Kondensator sig‘imining qoplamalari orasi- dagi masofaga bog‘liqligidan kompyuter kla- viaturasini kodlash jarayonida foydalaniladi. Har bir klavish (tugmacha) tagida kondensator joylashtirilgan bo‘lib, klavishni bosishimiz bilan uning sig'imi o‘zgaradi (82-rasm). Klavishlarga ulangan mikrosxema sig‘imi o‘zgarishi bilan harflarga tegishli bo‘lgan kodlangan signallarni jo'natadi. Shu tartibda kompyuter va telefon tugmachalari xizmat ko‘rsatadi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling