Elektrlanish(Zaryadlanish) hodisasini XVI-asrning oxirlarida ingliz olimi W.Gilbert aniqlagan.
A.R.Beruniy ham elektr va magnit hodisalarini o`rgangan.
Elektrlanish ko`pincha zaryadlanish deb ham yuritiladi.Bunga sabab ishqalangan jismlarda bir-biriga zaryadli zarralar o`tadi ekan.Zaryadlangan jismlar bir biri bilan yoki zaryadlanmagan boshqa jism bilan ham ta`sirlashadi.
Tajriba.Ebonit tayoqchani mo`ynaga, shisha tayoqchani esa shoyi matoga ishqalab ularni metal qog`oz-folgaga yaqinlashtiriladi va bunda folganing ebonit tayoqchaga va shisha tayoqchaga tortilishini kuzatiladi.Shundan so`ng eboit va shisha tayoqcha tekkizilgan folgalarni bir biriga yaqinlashtirilganda ular ham o`zaro tortilishini kuzatiladi.Ikkita folgaga ebonite yoki ikkita folgaga shisha tayoqchalarni zaryadlangan holda tekkizilib har ikki folgalarni bir biriga yaqinlashtirilib,ularning bir biridan qochganini(itarilishini) kuzatiladi.Ushbu tajribalar yakunida shunday xulosalar chiqariladi. Demak,shoyiga ishqalangan shisha tayoqcha bir turdagi elektr zaryadlari bilan, mo`ynaga ishqalangan qahrabo(ebonit) tayoqcha esa ikkinchi turdagi elektr zaryadlari bilan elektrlanar(zaryadlanar) ekan.
Birinchi turdagi zaryadni shartli ravishda musbat, ikkinchi turdagi zaryadni esa shartli ravishda manfiy zaryad deb atashga kelishilgan. Bir xil ishorada zaryadlangan jismlar o`zaro itarishadi, har xil ishorada zaryadlangan jismlar esa o`zaro tortishadi.
Qoshimcha ma`lumotlar.
Zaryadlanish hodisasi nafaqat qattiq jismlarda balki, suyuqlik va gazlarda ham bo`lishi mumkin.Masalan,zaryadlangan shisha yoki ebonitni yonib turgan sham yoki oqib turgan vodoprovodga yaqinlashtirilganda buni yaqqol ko`rish mumkin.
IV. Darsni mustahkamlash
O`quvchilarga quyidagi test topshiriqlari beriladi.
1.Jismlar bir biriga ishqalanganda ularda o`ziga tortish xususiyatining paydo bo`lishi nima deb ataladi?
A.Tortishish; B.Itarishish; C.Elektrlanish; D.Nurlanish.
2. Jismlar bir-biriga ishqalanganda bo`ladiga hodisalar qanday ataladi?
A.Elektrlanish; B.Zaryadlanish; C.Elektr hodisalar; D.Zaryadsizlanish.
3. Elektrlanish(Zaryadlanish) hodisasini qahon va kim tomonidan aniqlangan?
A. XVI-asrning oxirlarida ingliz olimi W.Gilbert aniqlagan.
B.XVII-asr ikkinchi yarmida Daniyalik olim O.Riomer aniqlagan
C.XI-asrda Xorazmlik A.R.Beriniy aniqlagan
D.XX- asr boshlarida ingliz olimi E.Rezerford aniqlagan.
4.Shoyiga ishqalangan shisha tayoqcha ………;
Mo`ynaga ishqalangan ebonit tayoqcha …… ishorada zaryadlaadi.
A.manfiy, musbat; B.musbat, manfiy; C.musbat, musbat; D.manfiy, manfiy.
5.Bir xil ishorali zaryadlangan jismlar ……..;
Har xil ishorada zaryadlanga jismlar ……….
A.Itarishadi, tortishadi; B.Tortishadi, itarishadi; C.Tortishadi, tortishadi; D.Itatishadi, itarishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |