Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsadi


II. So‘rash va baholash qismi tahlil qilinganda


Download 17.35 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi17.35 Kb.
#1537372
1   2   3
Bog'liq
1-маш (1)

II. So‘rash va baholash qismi tahlil qilinganda butun sinfning ishga jalb etilishi, savollarning qanday tuzilganligi, so‘rashda qo‘llanilgan usullar, tegishli asbob va reaktivlarning hozirlanganligi, suv hamda malakalarning tekshirilganligi, olingan javoblarning to‘g‘ri baholanganligi, ularning tahlil qilinganligi, so‘rash mazmunining yangi materialni o‘rganish uchun o‘tishga muvofiqligi va shu kabilarga e’tibor beriladi.
III. Oldingi o‘tilgan mavzuni xulosalash qismi tahlil qilinganda oldingi mavzuni umumlashtirib qisqacha tushuntirib berilishi, mavzuning o‘quvchilar tushunmagan va o‘zlashtirib ololmagan qismini qaytadan qisqacha tushuntirib berganligi yoki tushuntirib bermaganligiga e’tibor beriladi.
IV. Yangi materialning bayoni qismi tahlil qilinganda uning ilgari o‘tilgan materiallar bilan bog‘lanishi ishning qanchalik to‘g‘riligi, yangi materialni bayon etishning rejaliligi uni ilmiy jihatdan talqin qilishning to‘g‘riligi, rejaning barcha bandlari bo‘yicha xulosalar chiqarilganligi, qo‘llanilgan metod bi­lan ish usullarining material mazmuniga hamda dars oldiga qo‘yilgan maqsadlarga muvofiqligi, ko‘rgazmalar (ko‘rgazmali qo‘llanmalar, tajriba, ekran va bonkalardan) foydalanilganligi, bayon etiladigan materialning turmush, sanoat, qishloq xo‘jaligi bilan bog‘langanligi, ishlab chiqilgan materialning tarbiyaviy jihatlaridan foydalanish (politexnik ta’lim, xalqaro dunyoqarash, vatanga muhabbat hosil qilish, mavjud ilmni shakllantirish va boshqalar), o‘qituvchining hamda o‘quvchilarning nutqi, o‘quvchilarning darsdagi faolligi va shu kabilar qayd qilinadi.
V. Darsda o‘tilgan yangi mavzuni mustahkamlash qismi uchun tahlil qilinganda sa­vollarning qanday tanlanganligi, ularni mustahkamlash usullari va asbob-reaktivlari, o‘quvchilar bergan javoblarining sifati, bu javoblar dars oldiga qo‘yilgan maqsadning qanchalik ro‘yobga chiqqanligiga qaratiladi.
VI. Uyga vazifalar berish qismi tahlil qilinganda uning dars mazmuniga muvofiqligi, qismlarga to‘g‘ri taqsimlanganligi, o‘quvchilarga tushunarligi, topshiriqda masala va azaliy ishlar bor-yo‘qligi, tavsiya etilgan adabiyot (darslik, masalalar to‘plami, sinfdan tashqari o‘qish uchun adabiyot), grafik topshiriqlar, vazifani qanday bajarish kerakligi o‘qituvchi tomonidan tushuntirib beriladi.
Dars qismlariga vaqtni taqsimlash tahlil qilinganda tahlilda darsning har bir qismiga sarflangan vaqt qayd qilinadi, zero dars qismlarining har oltita bandiga sarflangan vaqtning nisbati ko‘pincha dars sifatini xarakterlaydi.
Download 17.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling