III. Yangi mavzu bayoni.
Berar senga ko’p ma’no.
„So’z turkumlari“ mavzusini o’qituvchi ko’rgazmalar orqali tushuntiradi.
O’qituvchi o’quvchilarga o’yinchoq mashinani ko’rsatib so’raydi:
-Bu nima?(mashina)
-Mashinani kim boshqaradi?(haydovchi)
-Haydovchi so’ziga so’roq bering . (kim?)
-Kim?,nima? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlar nimani bildiradi?(shaxs va narsani)
-Mashinaning rangi qanday?(qizil)
-Qizil so’zi shax-narsaning nimasi?(belgisi)
-Shaxs-narsaning belgisini bildirgan so’zlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi?(qanday?,qanaqa?)
-Mashina nechta?(bitta)
-Bitta so’zi narsaning nimasini bildiryapti?(sonini)
-Narsaning sonini bildirgan so’zlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi?(nechta?,qancha?)
-Mashina nima qiladi?(harakatlanadi)
-Shaxs-narsaning harakatini bildirgan so’zlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi?(nima qildi?,nima qiladi?)
-Demak, shaxs-narsaning nomini bildirgan so’zlar ot, belgini bildirgan so’zlar sifat, sanoqni bildirgan so’zlar son, harakatni bildirgan so’zlar fe’l deb nomlanadi va ular so’z turkumlari deyiladi.
Turkum-to’plam, guruh degan ma’nolarni bildiradi.
1-topshiriq: (Multimediya ilovasi)
-Nutqimizda so’zlar ko’p:shaxs-narsani bildirgan so’zlar, belgini bildirgan so’zlar, sanoqni bildirgan so’zlar, harakatni bildirgan so’zlar.Bu so’zlar turkumini bir so’z bilan atash uchun berilgan nomlardan mosini tanlang – degan topshiriq beriladi.
Topshiriq berilishi jarayonida ekranda quyidagi jadval namoyish etiladi.O’quvchilar berilgan topshiriqni bajarish uchun jadvaldan tashqariga ot, sifat, son, fe’l so’zlarini birinchi bo’sh qatorga joylashtirishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |