Darsning maqsadi: Ta’limiy: o’quvchilarga so’z turkumlari haqida tushuncha berish, so’zlarga so’roq berishni o’rgatish. Tarbiyaviy


Download 24.16 Kb.
bet1/5
Sana15.06.2023
Hajmi24.16 Kb.
#1478921
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ochiq dars II


Mavzu: So’z turkumlari haqida ma’lumot
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o’quvchilarga so’z turkumlari haqida tushuncha berish, so’zlarga so’roq berishni o’rgatish.
Tarbiyaviy: o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash,buyuk ajdodlar merosiga
qiziqish uyg’otish. Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning chiroyli yozuv
malakalarini rivojlantirish, so’z
zahiralarini boyitish,yozma
nutqini o’stirish.
Darsning turi: yangi bilimlarni shakllantiruvchi dars.
Darsning metodi: savol-javob, tushuntirish, ko’rgazmalilik,“Guruhini top“, „Kim topqir“, „Suratlar tilga kirganda“, „So’z o’yini“ ta’limiy o’yinlari.
Darsning jihozi: mavzuga doir rangli rasmlar, davlat ramzlari, o’yinchoq mashina, qish manzarasi,multimediya ilovalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
O’qituvchi:
Mansabing unutsang, mayliga unut,
Martabang unutsang, mayliga unut.
Lekin gar unutsang ona tilingni,
Zaharga aylansin onang bergan sut.



  • Demak, hozir darsimiz : Ona tili




  • Ona tili haqidagi she’rlardan tinglasak (O’quvchilar ona tili haqida she’rlar aytadilar).



1-o’quvchi:Dunyolarni lol aylagan ona tilim,
Azizdirsan onajonim yopgan nonday.
O’zing xushbo’y , o’zing xushro’y, o’zing so’lim,
Asragayman seni abad shirin jonday.


2-o’quvchi:Ona tilim – onam tili , qadri – osmon ,
G’ururimsan , susurimsan – otamdayin .
Ham akamsan , ham opamsan – jon tomirim ,
Asragayman ko’zim nuri – bolamdayin.


3-o’quvchi:Millatimning sharaf –shoni – ona tilim ,
Navoiyni maftun qilgan tanho gulsan.
Bobolarim duosidan masrur dilim,
Elimdayin , yurtimdayin seni suysam.


O’qituvchi:

  • Hamma quvnoq sog’lommi,

Darsimizga tayyormi?

  • Bizlar quvnoq sog’lommiz,

Darsingizga tayyormiz.

  • Dars o’tishdan maqsad?

  • Vatanga xizmat,

Insoniylik burchim mening.
O’qib, ilm olmoqdir,
Ota-onam elimga,
Sodiq farzand bo’lmoqdir.

  • Biz kimmiz?

  • Barkamol avlod.

  • Shiorimiz:

  • Biz barkamol o’ktam avlodmiz,

Kelajagi- buyuk davlatmiz.

  • Sinfda kim navbatchi,

Bir kunlik nazoratchi?

Gullarga suv quyuvchi.
Doskani ham artuvchi,
Sanani ham aytuvchi.

Download 24.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling