Darsning maqsadi: Ta’limiy: o’quvchilarga so’z turkumlari haqida tushuncha berish, so’zlarga so’roq berishni o’rgatish. Tarbiyaviy
Ot , sifat , son , fe’l - so’z turkumlaridir
Download 24.16 Kb.
|
ochiq dars II
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Ekran orqali „So’z o’yini
- V. O’quvchilar bilimini baholash. VI. Uyga vazifa.192-mashq beriladi.
Ot , sifat , son , fe’l - so’z turkumlaridir.
Bu qoida darslikdan o’qitiladi. Dam olish daqiqasi „Suratlar tilga kirganda“ metodi yordamida o’tkaziladi. 1. Surat nomini (ingliz,rus) o’zbek tilid ayting. 2. Suratimiz qaysi raqamlardan tashkil topgan? Ularning yig’indisini toping. 3. Suratda ishtirok etgan raqamlarni ingliz tilida nomlang. 4. Suratimiz nomini fonetik tahlil qiling. 5. Surat nomidan foydalanib ijodiy yondashing. 6. Suratda berilgan raqamlardan foydalanib tarixiy sanalarni keltirib chiqaring. 3- to’siq „O’rmon“ deb nomlanadi. Bu to’siqdan o’tish uchun darslikdagi 191-mashqni bajarishimiz kerak. Bunda „O’z o’rnini top“ o’yinidan foydalaniladi. Har bir guruhdan o’quvchilar ketma-ket chiqib, so’zlarga so’roq berib o’rnini topib yozadilar.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Ekran orqali „So’z o’yini“ mustaqil ish beriladi. Mana, yam-yashil o’rmon, Unda ko’p turli hayvon, Aziz do’stim, sen chaqqon, Javoblarni top oson , Shunda qolasan omon Va bo’lasan bilimdon. O’rmon shohidir……(arslon) Mana bu qo’rqoq……(quyon) Bu esa sho’x.......(olmaxon) Asalxo’r......(ayiqpolvon) Yana bir jonzot.......(sherxon) Vishillab kelar.......(ilon) Zahrin sochadi.....(chayon) Bo’rining do’sti......(sirtlon) Juda tez chopar.....(jayron) Uning sherigi.....(qoplon) Filni qo’rqitar......(sichqon) Mavzuni mustahkamlash uchun o’quvchilarga quyidagi she’riy topshiriqlar beriladi: 1.So’roqdir kim? ,nima? Kitob, daftar, gul, olma. Shaxs va narsa nomi, Bu qaysi so’z turkumi?........ (ot) 2.Bildiradi belgini: Maza- ta’m, rang-tus, hidni. Mustahkamlar sezgini, Bu qaysi so’z turkumi?......... (sifat) 3.Son-sanoqni bildirar, Hisob-kitob qildirar. So’rog’i nechta?, qancha? Sanayver xohlaguncha………. (son) 4.Harakatni bildirar, Tinmay mehnat qildirar. So’rog’i nima qildi? Buni ayting, kim bildi?.......... (fe’l) - Demak, bilimlar mamlakatiga ham yetib keldik, uning cho’qqisidagi bayroqni zabt etdik.Bu cho’qqiga hamma ham erisha olmaydi, faqat bilimdon , zukko, topqir bolalargina bu cho’qqini zabt eta oladilar. Doskaga „Bilimlar mamlakati“ tasvirlangan plakat osilgan bo’ladi, uning cho’qqisida esa O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i hilpirab turibdi. (Bayroq haqida qisqacha suhbat o’tkaziladi.) - Biz yaqinda bayrog’imizning necha yilligini nishonladik? -Yana qanday davlat ramzlarini bilasiz? -Bu Konstitutsiyamizning nechanchi moddasida ko’rsatilgan? -Davlat ramzlari haqida qanday she’rlar bilasiz? - 2017-yil qanday yil deb nomlandi? V. O’quvchilar bilimini baholash. VI. Uyga vazifa.192-mashq beriladi. Yakunlandi ushbu dars Dars biz uchun muqaddas! Download 24.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling