Darsning mavzusi: Bug'lanish va kondensatsiya. Qaynash Maqsadi: Fanga qiziqish va fanni chuqur o'zlashtirish Ta’limiy
Download 364.32 Kb.
|
ochiq dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy
- Darning borishi: 1.Tashkiliy qism.
- 3. Yangi mavzu bayoni.
- 4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
- 5. O’quvchilarni rag’batlantirish. Darsni yakunlash
Dars shiori: Bilim olish istagi Biz uchun farzdir. Shiorimiz bizning Dars - muqaddasdir. Darsning mavzusi: Bug'lanish va kondensatsiya.Qaynash Maqsadi: Fanga qiziqish va fanni chuqur o'zlashtirish Ta’limiy: O’quvchilarga “Qattiq jisimlarning erishi va qotishi ”ni to’laqonli tushuntirish. Tarbiyaviy: Qattiq jismlarning erishi va qotishi ustida tajribalar o’tkazish vaqtida xavfsizlik qoidalarga amal qilishni o’rgatish. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning fan va texnikaga bo’lgan qiziqishini orttirish. Dars turi: Yangi bilim beruvchi Dars jihozi: Ekran, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar. Dars metodi: “Juftini top” metodi va izohini topish o'yini. Darning borishi: 1.Tashkiliy qism. Salomlashish, Davomatni aniqlash, O’quvchilarning o’quv qulollarini nazoratdan o’kazish, Sinf xonaning darsga tayyorligini tekshirish. 2. O’tgan mavzuni mustahkamlash. O’tilgan mavzu yuzasidan “Juftini top” metodidan foydalanaman. O’quchilarni ikki guruhga bo’lib, guruh ishtirokchilarning har biri bittadan savolga javob berishlari kerak. O’tilgan mavzu yuzasidan masalalar ishlash. Keyin o’tilgan mavzu yuzasidan uyda berilgan topshiriqlarni tahlilini o’tkazib, noto’g’ri bajarilgan vazifalar yuzasida tushuncha beraman. 3. Yangi mavzu bayoni. Moddaning suyuq yoki qattiq holatidan gaz holatiga o‘tish jarayoni bug‘lanish deb ataladi. Moddalarning qattiq holatidan to‘g‘ridan to‘g‘ri bug‘ holatiga o‘tish jarayoni sublimatsiya deyiladi. Bug‘lanish jarayonida suyuqlik sirtidan atrofga uchib chiqayotgan suyuqlik zarralari o‘zlari bilan energiya “olib ketadi”. Buning natijasida suyuqlik soviy boshlaydi. Suyuqlikning temperaturasini doimiy ushlab turish uchun unga issiqlik energiyasi berib turish zarur. Suyuqlikning to‘lig‘icha bug‘lanishi uchun kerak bo‘ladigan issiqlik miqdori Q bug‘ suyuqlik massasiga to‘g‘ri proporsional.U quyidagicha yoziladi: Q= rm Bu yerda r – proporsionallik koeffitsiyenti bo‘lib, u suyuqlikning solishtirma bug‘lanish issiqligi deb ataladi. r ning qiymati moddaning turiga bog‘liq va u quyidagicha ta’riflanadi:O‘zgarmas temperaturada 1 kg suyuqlikni to‘liq bug‘ga aylantirish uchun zarur bo‘lgan issiqlik miqdori solishtirma bug‘lanish issiqligi deyiladi. r = Q/m Solishtirma bug‘lanish issiqligining birligi uchun Xalqaro birliklar sistemasi (SI) da [J] qabul qilingan. Normal sharoitda qaynash temperaturasida turgan 1 kg suv to‘la bug‘ga aylantirish uchun 2,3 ·106 J energiya sarflanadi. Demak, suv uchun solishtirma bug‘lanish issiqligi r = 2,3·106 J/kg ga teng Bug‘ning suyuqlik holatiga o‘tish jarayoni kondensatsiya deb ataladi.Bug‘ kondensatsiyalanishi sababli og‘zi yopiq idishdagi suyuqlik miqdori o‘zgarmaydi. Kondensatsiya lotincha condencare so‘zidan olingan bo‘lib,“zichlashish”, “quyuqlashish” degan ma’nolarni bildiradi Suyuqlikning butun hajmida bug‘ ajralib chiqish jarayoniga qaynash deyiladi. Suyuqlik qaynay boshlagan temperatura qaynash temperaturasi deyiladi. 4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Mavzu yuzasidan bilimlarni mustahkamlash uchun ikkala guruh o’quvchilarga ham Krassvord metodini qo’llayman. Bunda o’quvchilar jadvaldan dars davomida aytib o’tilgan atamalarni, birliklar va shunga o’xshash barcha atamalarni topishlari kerak bo’ladi. Qaysi guruh tezroq so’z topsa o’sha guruhga ko’proq ball qo’shiladi. Bundan tashqari o’quvchilar uchun yangi mavzu asosiyda tayyorlagan masalarimni beraman. 5. O’quvchilarni rag’batlantirish. Darsni yakunlash. Darsda faol qatnashgan , savollarga to’g’ri javob bergan o’quvchilarni baholayman. Uyga vazifani e’lon qilaman. 6. Uyga vazifa. Mavzu oxiridagi savollarga o’g’zaki va yozma tayyorlanib, dars davomida ishlatilgan qurilmalarning vazifalarini yodlab kelish. Download 364.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling