Darsning mavzusi: Kirish. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” Darsning maqsadi


Download 285.79 Kb.
bet53/57
Sana18.06.2023
Hajmi285.79 Kb.
#1584917
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
5 sinf tarix fanidan konspekt

IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. 12 daqiqa
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.2 daqiqa
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.2 daqiqa
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Sinf: 5-“A”_______________ 5-“B”_______________
Darsning mavzusi: O’zbekiston va Jahon
Darsning maqsadi:
Ta’limiy – O’quvchilarga O’zbekiston va Jahon haqida va uni dunyoda tutgan o’rni haqida malumot berish
Tarbiyaviy – O’quvchilarga O’zbekiston va Jahon O’zbekiston “Biz kecha kim edigu kim bo’ldik”shuni aniq va samarali tushuntirish
Rivojlantiruvchi – o`quvchilar tafakkurida tarixiy bilimlarni yanada kuchaytirish
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, klaster;
Darsning turiyangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar.
Asosiy tushunchalar –Ayrmachilik,Komponiya,Mintaqa
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. 3-daqiqa
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) 12 daqiqa
III.Yangi mavzu. O’zbekiston va Jahon
Dunyoning siyosiy, iqtisodiy, madaniy qiyofasi bo'lgani kabi,mafkuraviy manzarasi ham bor.Dunyoning mafkuraviy manzarasideganda,odamlarning qalbi va onginiegallash uchun olib borilayotgan kurash qayerda qanday kechayotgani, bu yo'lda qaysi joyda qanday usul vavositalar qo'llanayotgani, qaysi hududning qanday g'oya vamafkuraviy polygon ta'sirida ekanligi tushuniladi.Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasida inson qalbi va ongiga ta'sir o'tkazuvchi turli xil vositalar bilan kurash olib boruvchi mafkuraviy poligonlar faoliyati tobora yaqqolroq ko'zga tashlanmoqda. Bunday mafkuraviy poligonlar jangovar qurollar bilan emas, balki, avvalo. Inson qalbi va ongiga ta' sir o'tkazuvchi g'oyaviy qurollar bilan kurashish jarayoni kuchayib ketish natijasida paydo bolmoqda. Sizga geografiya fanidan yaxshi ma'lumki, dunyo hududiy jihatdan turli mintaqa va qit'alarga bo'linadi. Shu bois jahonning siyosiy xaritasiga qarab va davlatlarning chegaralarini hisobga olib, Yer yuzidagi hududiy bo'linishni bemalol tasavvur qila olamiz. Bular - qat'iy chegaraga ega bo'lgan hududlar. Lekin insoniyat XXI asrga kelib, chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Turli mintaqaviy. diniy-etnik, tajovuzkor millatchilik va shovinizm asosidagi mojarolar, ekologiya falokatlari, ma'naviy tanazzul, giyohvandlik, terrorchilik kabi muammolar shular jumlasidandir. Shuningdek, globallashuv jarayonlari, axborot oqimining tezlashuvi ham birtalay muammolarni yuzaga keltirmoqda. Eng yomoni, turli mafkuraviy vositalar orqali dunyoda o'z ta'sir doirasini kengaytirib, insonlar qalbi va ongini zabt etishga, shu tariqa butun-butun xalqlar va davlatlarni o'z yo'rig'iga yuritishga intilayotgan kuchlarning paydo bo' layotganidir. Inson qalbi va ongini egallash uchun kurash kuchayib bormoqda.


Download 285.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling