Darsning mavzusi: Kirish. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” Darsning maqsadi


Akdemik Yahyo G’ulomov o’z davrining fidoyi allomasi bo’lgan


Download 285.79 Kb.
bet9/57
Sana18.06.2023
Hajmi285.79 Kb.
#1584917
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57
Bog'liq
5 sinf tarix fanidan konspekt

Akdemik Yahyo G’ulomov o’z davrining fidoyi allomasi bo’lgan.
Islom Karimov, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari

Hozirgi kunda O’zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Yahyo G’ulomov nomidagi arxeologiya institutidagi ham katta ishlarni amalga oshirmoqda.

Suvosti arxeologiyasi arxeologiya fanining yordamchi sohasi hisoblanadi va o’z tarixini XX asr boshida grek baliqchilari tomonidan qadimiy haykalni olib kelayotgan kema g’arq bo’lgan joy topilgan vaqtdan boshlagan.
IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. 12 daqiqa
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.2 daqiqa
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.2 daqiqa
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Sinf: 5-“A”_______________________ 5-“B”________________________
Darsning mavzusi: Qoyatosh suratlari
Darsning maqsadi:
Ta’limiy – o’quvchilarga ilk san’at namunalari, g’orlardan topilgan suratlar haqida ma’lumot berish;
Tarbiyaviy – o’quvchilarga qoyatosh suratlarining bugungi kundagi ahamiyati haqida tushuntirish;
Rivojlantiruvchi – o’quvchilarni ajdodlarga hurmat ruhida shakllantirish;
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, panaramma;
Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar – Altamir, arxar, Lasko, Kapova, qizil kitob;
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. 3-daqiqa
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) 12 daqiqa
III.Yangi mavzu. Qoyatosh rasmlari
Qoyatosh suratlarini bundan 30 ming yillar avval kramanyon odamlari yaratganlar. Ularning bir qismi G’arbiy Yevropaning dunyoga mashhur Altamir va Lasko g’orlaridan topilgan. O’sha zamon tasviriy san’at ustalari hayvonlarni tasvirlashda qora, sariq va qizil bo’yoqlardan foydalanishgan.
O’zbekistonda ushbu noyob san’at bundan taxminan 8-9 ming yillar ilgari paydo bo’lgan. O’zbekistonda 100 dan ortiq nodir san’at namunalari aniqlangan. Bular:

  • Zarautsoy,

  • Sarmishsoy

  • Teraklisoy,

  • Bironsoy,

  • Qorachorvoqsoy

  • Xo’jakentdagi qoyatosh suratlaridir.

2008-yilda Zarautsoy, Sarmishsoy kabi bebaho madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish, ular yo’qolib ketishi xavfining oldini olishga oid hukumat qarorlari qabul qilindi. Eng muhimi, Sarmishsoy suratlari umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO tomonidan ro’yxatga olindi va “Ochiq osmon ostidagi muzey” deb rasman e’lon qilindi.

T/r

G’orning nomi

Tasvirlarda berilgan hayvonlar nomi

1.







2.










Download 285.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling