IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. 12 daqiqa
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.2 daqiqa
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.2 daqiqa
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Sinf: 5-“A”_______________________ 5-“B”________________________
Darsning mavzusi: Tangalar – tarix guvohi
Darsning maqsadi:
Ta’limiy – o’quvchilarga dastlabki tangalar va tanga so’zining ma’nosini tushuntirib bering.
Tarbiyaviy – qadimgi va zamonaviy tangalarga ramzlarning aks etilishi haqida ma’lumot berish;
Rivojlantiruvchi – olingan bilim, ko’nikma, malakalarni qo’llay bilish;
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, klaster;
Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar.
Asosiy tushunchalar – yubiley, tanga, Lidiya, tamg’a, Argos;
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. 3-daqiqa
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) 12 daqiqa
III.Yangi mavzu. Tangalar – tarix guvohi
Tanga (turkiy – tamg’a so’zidan olingan) – maxsus ramzlar tushirilgan va ma’lum og’irlikka hamda qiymatga ega bo’lgan metalldan yasalgan pul.
Tanga pullar davlat tomonidan maxsus joylarda zarb etilgan. Arxeolog olimlar tanga dastlab miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda Lidiya (Osiyoda) va Argos (Yevropada) davlatlarida paydo bo’lganligini aniqlaganlar. Lidiya hududida oltin ko’p bo’lgan. Bu davlatda oltindan zarb etilgan tanga starter deb atalgan.
Eron podshosi Doro I davrida esa o’sha davrning mashhur “darik” deb ataluvchi tanga puli joriy etilgan. Bu tanganing har biri 8,4 gramm sof oltindan yasalgan.
O’zbekiston Respublikasining pul birligi –so’m 1994-yilning 1iyulida muomalaga kiritilgan. Vaqtlar o’tishi bilan 10, 25, 50 so’mlik tanga pullar ham zarb etilgan.
1996-yilda buyuk bobomiz Amir Temur yubileyining 660 yilligi munosabati bilan oltin suvi yuritilgan 100 so’mlik, 2009-yilda esa Toshkent shahrining 2200 yilligiga atab 100 so’mlik tanga pul zarb etildi.
Lidiya podsholigining tanga puli – staterning bir tomoniga yugurib ketayotgan tulki tasviri tushirilgan.
Argos davlati tangalarida esa muqaddas deb hisoblangan toshbaqa surati tasvirlangan.
Doro I, makedoniyalik Aleksandr, Rim hukmdorlari Yuliy Sezar, Grek-Baqtriya hukmdori Yevkratid va boshqalar zarb ettirgan tangalar buning dalilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |