Darsning mavzusi: Заҳириддин Муҳаммад Бобур – буюк давлат арбоби ва мутафаккир


Download 0.6 Mb.
bet120/205
Sana05.01.2022
Hajmi0.6 Mb.
#215401
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   205
Bog'liq
Yangi 8 sinf konspekti(1)

III.Yangi mavzu bayoni:

Xiva xonligida Xiva, Ko’hna Urganch, Yangi Urganch, Vazir kabi o’nlab shaharlar mavjud bo’lgan. Ulardan eng qadimiysi Xiva shahri bo’lib, ”Ming dumbaz shahri” nomi bilan mashhurdir. XIX asrning birinchi yarmida Xiva shahrida 2 ta xon saroyi, 17 ta masjid va 22 ta madrasa mavjud bo’lgan. 1997-yilda uning 2500 yilligi nishonlandi. Bu haqda YUNESKO 1995-yilda qaror qabul qilgan edi. Qaror-Xiva shahrining jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan alohida o’rnining e’tirofi bo’ldi. Bugungi avlod o’z ota-bobolarining madaniy meroslari bilan haqli rayishda faxrlana oladi. Xiva shahri milloddan ahlalgi V asrda yuzaga kelganidan buyon uning tarixi butun Xorazm tarixi bilan chambarchas bog’liq bo’lib keldi. Xivaning mashhurligi u bunyod etilgan davrlaridanoq Sharq bilan G’arbni bog’lovchi savdo yo’li o’tganligi bilan izohlanadi. Xiva shahri XVI asr boshlaridan 1920-yil fevralgacha Xiva xonligining poytaxti bo’lgan.

1646-yilda Abulg’ozixon hozirgi Urganch shahriga asos soldi. Bunga yuqoriqa qayd etilgan Amudaryoning o’z yo’nalishini o’zgartirib, Orol dengizi tomon oqa boshlagani, buning oqibatida Gurganchning (Ko’hna Urganch) suvsiz qolganligi sabab bo’lgan edi. Shundan keyin qadimgi Gurganchning nomi Ko’hna Urganch bo’lib qoldi. Vazir Xorazmning shahar-qal’alaridan biri bo’lgan. Abulg’ozixon Yangi Urganchga asos solgach, Vazirning qolgan aholisini ham shu yerga ko’chirgan. Shu tariqa shahar o’z ahamiyatini butunlay yo’qotgan.

Xiva xonligi tarixiy manbalarida hunarmandchilikning 27 sohasi qayd etilgan. Amalda esa, ular bundan-da ko’p bo’lgan. Hunarmand malakali usta bo’lishi uchun ko’p yil mashaqqatli mehnat qilgan. Hunarmandlar o’z uyushmalariga ega edilar. Bu uyushmalar hunarmandlarning faoliyatini tartibga solib turardi. Shu yo’l bilan ularning manfaatini himoya ham qilardi. Uyushma boshlig’i xonning xazina siyosatini o’tkazuvchi shaxs ham hisoblanardi. Xiva ustalarining juda oz qismi xususiy ustaxona-do’koniga ega edi. Hunarmand o’z uyida ham do’kon ochishi mumkin edi. Ko’pchilik hunarmandlar xonga va boshqa boylarga tegishli do’konlarni ijaraga olib mehnat qilishardi. Ayrim hunarmandlar buyurtma asosida ham ishlardi.

Xonlik aholisi asosan qishloq xo’jaligi bilan shug’ullangan. Dehqonchilik va u bilan bog’liq bo’lgan chorvachilik qishloq xo’jaligining asosiy sohasi edi. Dehqonchilikda g’alla, paxta va poliz mahsulotlari yetishtirish yetakchi o’rin egallagan. Ekinzorlarning yarmidan ortig’ida g’alla yetishtirilgan. G’allachilikda kuzgi bug’doy ekish yetakchi o’rin egallagan. Dehqonlarning don ekinlaridan mo’l hosil olishlariga hatto chet elliklarning ham tan berganligiga tarix guvoh. Chunonchi, Xivaga kelgan yevropalik sayyohlardan biri aytgan quyidagi so’zlar manbalarda saqlanib qolgan: "Men Germaniyaning o’zida dalada ishlovchilarning Xivadagidek mirishkorligini ko’rmaganman". Don ekinlari ichida jo’xori ekish bug’doydan keyin ikkinchi o’rinda turgan. Sholi esa asosan suv ko’p hududlarda yetishtirilgan. Ekinzorlarning 1/5. qismida paxta yetishtirilgan. Xonlik iqtisodiyotida pillachilik ham muayyan ahamiyatga ega bo’lgan. Poliz mahsulotlari ichida Xorazm qovunining dovrug’i keng yoyilgan edi. Bundan tashqari, xonlikda bog’dorchilik ham dehqonchilikning rivojlangan sohalaridan biri bo’lgan.

Xonlikning ichki va tashqi savdosidan davlat xazinasiga durustgina daromad tushgan. Ichki savdo-sotiqda, Xivaning usti yopiq bozori alohida ahamiyatga ega bo’lgan. Bozor yo’lining ikki tarafiga ustaxona-do’konlar qurilgan. Bozordagi savdo o’rinlaridan foydalanganlik uchun tagjoy deb ataluvchi alohida soliq olingan. Xonlikdan, asosan, qorako’l teri, gilam, hunarmandchilik mahsulotlari Eron, Hindiston, Xitoy va Turkiya kabi davlatlarga eksport qilingan. XVI asr oxirlaridan boshlab, Rossiya bilan ham savdo-sotiq binnuncha yo’lga qo’yila boshlandi. Xiva elchilari asosan gazlama va to’qilgan buyumlar olib borishgan. Chunonchi, Xiva elchisi 1620-yilda Qozon shahrida 670 kiyimlik mato sotganligi manbalarda qayd etilgan. Rossiyaga gilam, qoqi meva, qorako’l teri, o’simliklardan tayyorlangan bo’yoqlar ham olib borilgan. Rossiyaning Xiva xonligiga yuborgan elchilariga Xiva mahsulotlarini xarid qilish topshirig’i ham berilgan. Xiva savdogarlari Rossiyaning Nijniy Novgorod yarmarkasida faol qatnasha boshlaganlar.

XVI-XVIII asrning birinchi yarmi Xiva xonligida ilm-fan taraqqiyoti butunlay to’xtab qolgan emasdi. Bu davrda tarix ilmi o’ziga xos o’rinda turadi. Chunonchi, Xiva xoni Abulg’ozixon Xiva tarixshunosligi maktabiga asos soldi. Abulg’ozixon fan va madaniyat tarixiga ikki muhim asari ("Shajarayi turk" va "Shajarayi tarokima") bilan o’chmas nom qoldirdi. "Shajarayi turk" asarining 9-bobi bevosita Xorazmning 1512­-1663-yillardagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag’ishlangan. Unda aniq tarixiy voqealardan tashqari, turkiy xalqlar an’analari, Xiva va Buxoro munosabatlari jarayoni yoritilgan. Pul muomalasi haqida ma’lumotlar berilgan. Abulg’ozixonning yana bir katta xizmati shundan iboratki, u o’z asarlarini oddiy kitobxon uchun turkiy tilda yozgan. Shuning uchun ham ayrim olimlar uning asarlarini yangi o’zbek tili yozma yodgorligi deb hisoblashadi. Vengriyaning mashhur sharqshunosi A. Vamberi "Abulg’oziy­ning “Shajarayi turk”i uchun butun dunyo undan minnatdor", deb yozgan edi. Bu asar bir necha asrlardan beri ko’plab tillarga tatjima qilib kelinmoqda. Abulg’ozixonning topshirig’i bilan "Dasturul amal" asari ham yozilgan. Afsuski, bu asar muallifi hamon aniqlangan emas. Ushbu asarda Sohibqiron Amir Temurdan tortib Zahiriddin Muhammad Boburga qadar temuriylar shajarasi qisqacha sharhlangan. Har bir hukmdorga qo’lyozmaning bir bo’limi bag’ishlangan.

XVI asrda Xiva xonlari saroy kutub­xonalarida xattotlik, husnixat maktabi shakllandi. Mashhur xattot Hamadoniy 1556-yilda Eshmuhammadxonga "Shohnoma"ni miniaturalar uchun ochiq joy qoldirib ko’chirib berdi. XVII-XVIII asrlarda Xivada Muhammad Yusuf Rojiy, Bobojon Sanoiy, Muhammad Rizo Oxund kabi qator usta xattotlar yashab, mehnat qilganlar. Ular she’riy asarlar, tatjima va tarixiy kitoblarni ko’chirganlar. Har bir kitobni bezashda bir necha soha ustalari ishtirok etganlar. Bular-qog’oz qirquvchi: kotib-xattot, muzahhib, lavvoh, lavha chizuvchilar, miniaturachi rassom va sahhoflar edilar.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling