Darsning mavzusi: Заҳириддин Муҳаммад Бобур – буюк давлат арбоби ва мутафаккир


Download 0.6 Mb.
bet14/205
Sana05.01.2022
Hajmi0.6 Mb.
#215401
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   205
Bog'liq
Yangi 8 sinf konspekti(1)

Darsning blok chizmasi







Dars bosqichlari

Vaqti

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O‘tilgan mavzuni takrorlash

7 daqiqa

3.

YAngi mavzuni guruhlar bilan ishlash

20 daqiqa

4.

YAngi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5.

Baholash

3 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning borishi

I. Tashkiliy qism:

O‘quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, uyga berilgan vazifalarni tekshirish, O‘zbekistonda va dunyoda sodir bo‘layotgan yangiliklar bilan (topshiriq berilgan o‘quvchilar orqali)tanishtirish.



II. O‘rganilgan mavzuni (“Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligining o‘rnatilishi”) takrorlash

Guruhlarga quyidagi topshiriqlar beriladi:

1) O‘tgan mavzu bo‘yicha berilgan savollarga javobni birgalikda maslahatlashib toping

2) So‘ng fikr almashing

3) Taqdimotga tayyorlaning

Topshiriqlar:

1-guruhga Shayboniylar hokimiyatining kuchayishi

2-guruhga Movarounnahrning egallanishi

3-guruhga Xorazm va Xurosonning egallanishi

4-guruhga Eron shohi Ismoil Safaviy bilan to‘qnashuv.

O‘quvchilar o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni daftarlariga yozib bo‘lgandan so‘ng guruhlar daftarlarini almashtiradilar va o‘qib berilgan javoblarning to‘g‘ri noto‘g‘riligini joyida belgilaydilar. O‘qituvchi guruhlar javoblarini tinglab, umumlashtiradi va o‘tilgan mavzuga yakun yasaydi.



III. Yangi dars mazmuni (Zahiriddin Muhammad Bobur-buyuk davlat arbobi va mutafakkir):

O‘qituvchi yangi mavzuni slaydalar asosida qisqacha ma’ruza orqali tushuntiradi (slaydalar va ma’ruza ilova qilinadi).

Ma’ruza quyidagi tartibda tushuntiriladi:


    1. Boburning tarix maydonida paydo bo‘lishi

    2. Shayboniyxon bilan to‘qnashishi

    3. Movarounnahrdan bosh olib ketishi

    4. Hindistonda buyuk davlat barpo etishi (ma’ruza ilova qilinadi)

Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshohning chevarasi bo‘lgan Bobur Mirzo bir necha marotaba Samarqandni egallab yana boy berishga majbur bo‘ladi. Chunki Movarounnahrni egallagan SHayboniyxon har gal to‘qnashuv muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Oxirgi 1501 yilning aprelida Zarafshon bo‘yidagi Saripul qishlog‘ida bo‘lgan jangda Bobur Mirzo uzil-kesil engiladi va Movarounnahrdan bosh olib ketadi. 250ga yaqin kishilari bilan Badaxshon va Kobulga borib, hokimiyatni qo‘lga oladi. 1526 yilga qadar Kobulni idora qildi.

1526 yilning 21 aprelida Dehli hukmdori Ibrohim Lodiy qo‘shinlari tor-mor qilinib, 27 aprelda podshoh Bobur nomiga xutba o‘qiladi. Bobur Mirzo va uning vorislari tomonidan Hindistonda Boburiylar sulolasi 332 yil, ya’ni 1858 yilda Buyuk Britaniya bosib olgunga qadar boshqarilgan.

Bobur Mirzoning Hindiston davlatchiligi tarixida o‘rni beqiyos ulkan hisoblanadi. Hindiston o‘sha davrda siyosiy parokandalikni boshidan kechirayotgan edi. U mana shu beqarorlikka barham berib, Hindistonni ulkan imperiya darajasiga ko‘tardi. O‘zining hukmronligi, qisqa hayoti mobaynida Hindistonda bunyodkorlik va obodonchilik ishlariga katta e’tibor berdi. O‘zidan keyingi vorislari zamonida ham Hindiston gullab yashnadi. Ko‘plab madrasalar, ajoyib me’morchilik obidalari qurildi. Bunga dunyoning sakkizinchi mo‘‘jizasi hisoblangan Toj Mahalni misol keltirishimiz mumkin. Ilm-fanga e’tibor berildi.

Bobur Mirzo nafaqat kuchli davlat arbobi balki ulug‘ shoir ham bo‘lgan. Siz 6-sinfda Bobur ruboiylaridan namunalar yod olgansiz (Shu erda o‘qituvchi pauza qilib, o‘quvchilardan ruboiylardan yod bilganlarini so‘raydi, o‘quvchilar eslay olmasa, o‘zi biror bir ruboiydan parcha aytib beradi (ruboiylar ilova qilinadi)). Shoir bo‘lish bilan birga yana bir qancha asarlar ham yozgan. Jumladan, “Boburnoma”, “Mubayyin”, “Turkiy devon” kabi asarlar yaratgan.

“Boburnoma” asarida Hindistondan Movarounnahrgacha bo‘lgan hududlar to‘g‘risida ma’lumotlar o‘rin olgan. Ayniqsa, Movarounnahr shaharlari to‘g‘risida o‘zgacha mehr va mushtoqlik tuyg‘ularini yaqqol sezish mumkin. Umrining oxirigacha Vatan sog‘inchi, judolik alami Bobur Mirzoni hech ham tark etmagan.

Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng buyuk ajdodlar xotirasiga o‘zgacha e’tibor qilina boshlandi. Shuningdek, Bobur Mirzo tavalludining 510 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida hukumat qarori e’lon qilindi. Bobur xotirasini ulug‘lash maqsadida tug‘ilib o‘sgan ona shahri Andijonda Bobur haykali o‘rnatildi va “Bobur milliy bog‘i” barpo qilindi. Bog‘ yonida “Bobur va jahon adabiyoti” muzeyi ham tashkil etildi.




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling