IV. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun “Bingo” usulidan foydalanish:
Bunda o‘qituvchi tomonidan har bir o‘quvchiga quyidagicha oldindan tayyorlab qo‘yilgan varaqalar tarqatiladi:
Saripul
|
Andijon
|
1526
|
Sher
|
Gulbadanbegim
|
Komron Mirzo
|
Shoh Ismoil
|
332
|
Shayboniyxon
|
510
|
1858
|
Kobul
|
Slaydalarda savollar namoyish etiladi:
“Humoyunnoma” asarining muallifi kim?
1504 yilda Bobur qaysi shaharda hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan?
Zahiriddin Muhammad Bobur qaysi shaharda tug‘ilgan?
Bobur Movarounnahr uchun kim bilan kurash olib borgan?
1993 yilda Bobur tavalludining necha yilligi nishonlangan?
Bobur Hindistonga yurish oldidan Kobulga kimni hokim qilib tayinlagan?
1501 yilda Bobur va SHayboniyxon o‘rtasidagi jang qaysi qishloq yaqinida bo‘lgan?
Boburiylar imperiyasi necha yil hukmronlik qilgan?
Bobur so‘zining ma’nosi nima?
Bobur uchinchi marta Samarqandni kimning yordamida egallaydi?
Bobur tomonidan SHimoliy Hindiston nechanchi yilda egallangan?
Hindistonda Boburiylar imperiyasi nechanchi yilgacha hukmronlik qilgan?
O‘qituvchi slayda ko‘rsatilgan raqamga qarab savollarning javobini tartib raqamiga mos bo‘lgan katakka qo‘yib chiqish kerakligini aytadi.
O‘qituvchi har bir o‘quvchining ishini aylanib ko‘rib chiqadi. Topshiriq bajarilgandan so‘ng o‘quvchilar o‘zlarining javoblarini ekrandagi to‘g‘ri javob bilan solishtirib ko‘radilar va qancha to‘g‘ri va noto‘g‘ri belgilanganligi so‘raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |