Darsning texnologik xaritasi:
I. Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. O’tgan mavzuni so’rash 10 daqiqa
III. Yangi mavzu mazmunini yoritish 15 daqiqa
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash 12 daqiqa
V. O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI. Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II. O’tgan mavzuni so’rash: Test sinovi:
1.Sirdaryoning yuqori oqimi, Tyanshandan Dnepr daryosining quyi oqimigacha cho‘zilgan hududlar qaysi manbalarda “Dashti Qipchoq”deb yuritilgan?
A) g‘arb manbalarida B) Xitoy manbalarida C) arab va fors manbalarida D) Vizantiya manbalarida
2. Abulxayrxon 1446-yil qaysi hududni egallaydi?
A) Sirdaryoning o‘rta oqimi B) Sirdaryoning quyi oqimi
C) Xorazm va Darband D) Amudaryoning chap sohili
3. Dashti Qipchoqni sharqiy va g‘arbiy qismlarga bo‘lib turadigan geografik ob’ektni aniqlang.
A) Qoraqum sahrosi B) Ural daryosi C) Dnepr daryosi D) Kaspiy dengizi
4. Shayboniyxonning O‘rta Osiyo shaharlarini bosib olishdagi ketma-ketlikni ko‘rsating.
A) Shohruxiya, Farg‘ona, Urganch, Hirot B) Samarqand, Urganch, Toshkent, Buxoro
C) Farg‘ona, Shohruxiya, Qunduz, Urganch D) Samarqand, Buxoro, Hirot, Farg‘ona
5. 1451-yilda qaysi voqealar bo’lgan?
6. Muhammad Shayboniyxon ismlarini izohlang.
7. Shayboniyxonga temuriyzodalardan kimlar homiylik qilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |