Darsning mavzusi: Заҳириддин Муҳаммад Бобур – буюк давлат арбоби ва мутафаккир


Download 0.6 Mb.
bet76/205
Sana05.01.2022
Hajmi0.6 Mb.
#215401
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   205
Bog'liq
Yangi 8 sinf konspekti(1)

III.Yangi mavzu bayoni:

Amir Shohmurod vafot etgach, taxtga o’g’li Amir Haydar o’tirdi (1800-1826). Ayrim viloyatlar hukmdorlari uning tajribasizligidan foydalanib, markaziy hokimiyatga bo’sunmaslikka uringanlar. Biroq Amir Haydar katta qiyinchiliklar bilan bo’lsa-da, ulardan aksariyatining qarshiligini sindira olgan va markaziy hokimiyatga bo’ysundirgan. Aksariyat viloyatlar mustaqilligining tugatilishi davlat yerlari zaxirasini ko’paytirgan. Bu esa davlat yerlarini ijaraga olib ishlovchilar sonini oshishiga olib kelgan. Bu omil amirlik iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan o’sishiga xizmat qilgan.

Amir Haydar hukmronligi davrida mamlakat ichki va tashqi savdosi ham o’sdi.

Amir Haydar o’z davrining eng bilimdon hukmdorlaridan biri bo’lgan. Qur’oni Karimni yoddan bilgan. Amir huzurida tez-tez diniy va ilmiy mulohazalar o’tkazilib turilgan. Buxoro madrasalarida chet davlatlardan o’qishga keluvchilar soni ortib borgan. Ular uchun qulay sharoit yaratish choralari ko’rilgan. Amir Haydarning o’zi ham madrasa talabalariga ma’ruzalar o’qigan.

Ayni paytda Amir Haydar qanchalik hurmat qilinmasin, amirlikda to’la osoyishtalikni ta’minlay olmagan. Bunga jamiyat hayotidagi adolatsizliklar ham sabab bo’lgan.

Viloyatlardagi xalq noroziligidan ayrim viloyatlar hokimlari va yirik zodagonlar markaziy hokimiyatdan mustaqil bo’lish maqsadi yo’lida foydalanib qolishga uringanlar.

Amir Haydarning ukasi Dinnosirbek hokimlik qilayotgan Marv viloyati aholisi 1804-­yilda qo’zg’olon ko’targan. Amir Haydarga qarshi bo’lgan kuchlar esa undan foydalanib, Dinnosirbekni

Amirlik taxtiga o’tqazmoqchi bo’lganlar. Biroq markaziy hokimiyat bunga qarshi keskin choralar ko’rishga majbur bo’lgan.

Amir Haydar ukasi Dinnosirbek boshliq qo’zg’olonchilarga qarshi Niyozbek parvonachi boshchiligida qo’shin yuborgan. Niyozbek parvonachi buyrug’i bilan Marv vohasini suv bilan ta’minlab turgan Sultonobod to’g’onini buzdirib tashlagan. Suvsiz qolgan marvliklar jang qilmay, o’zlari yashab turgan joylardan boshqa yurtlarga ketishga majbur bo’lgan. Dinnosirbek esa Erondan boshpana topgan.

Harbiy harakatlar oddiy mehnatkashlarning buningsiz ham og’ir ahvolini yanada og’irlashtirgan. Bu ham yetmagandek, harbiy harakatlar uchun qoracherikka safarbarlik va yer solig’ining muddatidan oldin yig’ib olinishi 1821-yili Miyonqolda qo’zg’olon ko’tarilishiga olib keldi. Lekin Amir Haydar qo’zg’olonchilarning kuchini to’la sindirolmaydi va qo’zg’olonchilarga yon bosishga, ularning mulki daxlsizligi xususida yorliq berishga majbur bo’ladi.

Amir Haydar vafot etgach, qisqa vaqt oralig’ida uning ikki o’g’li taxtga o’tirdi. Biroq, ular fitna qurboni bo’lishdi. Nihoyat, taxtni uning uchinchi o’g’li Nasrullo egallagan (1826­-1860).

Amir Nasrullo amirlik tarkibiga rasmangina kirgan beklikarni yagona davlatga birlashtirish yo’lida qat’iyat bilan kurash olib bordi. Amir Nasrullo qanchalik qattiqqo’l bo’lmasin, uning davrida ham bekliklarning mustaqillik uchun kurashiga to’la chek qo’yishning iloji bo’lmadi. Masalan, Shahrisabz va Kitob bekliklarini to’la bo’ysundirish uchun kurash 30 yil davom etdi. Va nihoyat, 1856-yildagina u Shahrisabz va Kitobni o’ziga bo’ysundirishga muvaffaq bo’lgan.

Amirlik muntazam (doimiy) qo’shinga ega emas edi. Mavjud qo’shin nomuntazam bo’lib, qoracherik deb atalgan. Bu qo’shin zaruriyat tyg’ilganda viloyatlardan to’plangan. Amir Nasrullo qoracherik o’rniga muntazam qo’shini (navkariya) tuzish maqsadida 1837-yilda harbiy islohot o’tkazgan. Muntazam qo’shinga ega bo’lish, birinchi navbatda, davlat yaxlitligini ta’minlashga xizmat qilardi. Zero, bunday qo’shin markaziy hokimiyatdan mustaqil bo’lishga urinayotgan viloyatlarning imkoniyatlarini amalda yo’qqa chiqarar edi. Ikkinchidan, qishloq xo’jaligida mehnat qilayotgan kishilardan qoracharikka safarbar etiluvchilar sonining keskin kamayishiga olib kelar edi. Natijada, safarbarlik davrida qishloq xo’jaligi ekinlari qarovsiz qolishining oldi olinardi. Uchinchidan esa, zaruriyat tug’ilganda amirni viloyatlar yuborishi lozim bo’lgan qoracherikka umid bog’lashdan xalos etardi. Zero, barcha viloyatlar ham qoracherikni talab etilgan miqdorda yuboravermas edilar.

1837-yilda o’tkazilgan harbiy islohotga ko’ra, dastlab 800 kishilik sarbozlar (piyoda askarlar) va 250 kishilik to’pchilardan iborat muntazam qo’shin tuzilgan. Ularning yashashi uchun maxsus uy-joylar qurilgan. Sarbozlar maxsus kiyim (qizil kurtka, oq shalvor va qalpoq), nayzali mlltiq, qilich va to’pponcha bilan ta’minlangan.

To’pchilar qismini shakllantirishda chetdan to’p quyish va to’pdan otish ilmini o’rgatuvchi mutaxassislar jalb etilgan. Navkariya tarkibida otliq qo’shin (navkar) ham bo’lgan. Muntazam qo’shinning harbiy xizmatchilariga mansab darajasiga qarab maosh to’langan.

Mang’it hukmdorlari ichki siyosatining asosiy maqsadi markaziy hokimiyatni mustahkamlash, xalq ommasini qattiq itoatda tutishdan iborat bo’lgan. Ayni paytda mang’it hukmdorlari yirik zodagonlarning nufuzini kamaytirishga imkon beruvchi tayanch kuchlarni vujudga keltirish siyosatini tutdilar. Bunday ijtimoiy tayanch davlatga xizmat qiluvchi amaldorlar tabaqasi bo’lishi mumkin edi. Mang’it hukmdorlari ana shunday amaldor xizmatkorlar tabaqasini yarata oldilar. Amir saroyida xizmat qiluvchi 300 ga yaqin yuqori amaldorlik lavozimi joriy etildi. Bundan tashqari, mang’it amirlari markazlashgan mutlaq hokimiyatni barpo etishni o’zlarining bosh vazifalaridan biri deb hisoblaganlar. Shu maqsadda ular amir shaxsiga sig’inish siyosatini yuritganlar. Amir shu darajada oliy hokimiyat mavqeyiga ko’tarilganki, jazoga tortilishdan qo’rqqan fuqaro uning nomini baland ovoz bilan ayta olmas edi. Hukmron tabaqalar amirga xushomadgo’ylik qilardilar. Amaldorlar amirdan ko’rsatma kutib o’tirmasdan uning xohish-istagini topa bilishga intilardilar. Har bir amaldor amirning, kichik amaldor o’zidan katta amaldorning qahriga uchrab qolishidan qo’rqib yashardi. O’zining bugungi mavqeyi, mulki, hayoti, oilasining omonligi uchun shunday bir qo’rquv muhiti vujudga keltirilgan ediki, natijada hech kim ishonch bilan ertangi kunidan umidvor bo’la olmay qolgan edi. Amirlar mang’it qabilasidan bo’lganliklari uchun bu qabilani o’zlarining asosiy siyosiy va ijtimoiy tayanchlariga aylantirgan edilar. Davlat muassasalari asosan ulardan tashkil etilgan. Buxoro amirlari o’zbek qabilalari boshliqlarining o’z qabiladoshlariga ta’sirini juda yaxshi bilar edilar. Qabila boshliqlari bilan o’zaro til topa olish – ­ bu mamlakat xavfsizligining asosiy kafolatlaridan biri edi. Shuning uchun ham mang’it amirlari boshqa o’zbek qabilalari boshliqlarini o’z xizmatlariga olar edilar.


O`qituvchi ma`ruza davomida o`quvchilarning yangi mavzudan ma`lumotlar aytib borishlarini ham e`tiborga oladi.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling