Darsning mavzusi: Заҳириддин Муҳаммад Бобур – буюк давлат арбоби ва мутафаккир


Download 0.6 Mb.
bet113/205
Sana05.01.2022
Hajmi0.6 Mb.
#215401
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   205
Bog'liq
Yangi 8 sinf konspekti(1)

Dars usuli: test

Dars jihozi: darslik, nazorat daftarlari, qo`llanma, test savollari

Darsning texnologik xaritasi:

I.Tashkiliy qism 3 daqiqa

II. Nazorat ishini bajarish 40 daqiqa

III.Dars yakuni 2 daqiqa



Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:

O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, nazorat daftarlarini tarqatish, ishning mazmuni bilan tanishtirish



II. Nazorat ishini bajarish:

1. Muhammad Sharif Buxoriyning “Xoqonga foydali maslahatlar” kitobida nimalar o‘z ifodasini topgan?

A) tibbiyot, harbiy xizmat, inson organizmining xususiyatlari haqidagi qiziqarli ma’lumotlar

B) jahonda mavjud bo‘lgan yirik davlatlar, buyuk hukmdorlar hayotidan lavhalar

C) diniy-ma’rifiy she’rlar, dostonlar, qahramonlik eposlari, diniy qissalardan iborat bo‘lgan

D) shariat qonun-qoidalari, ijtimoiy hayot va axloqiy muammolarga oid ma’lumotlar, hukmdorlar to‘g‘risida qiziqarli lavhalar

2. Quyidagi qaysi tarixiy asarlar XVII-XVIII asr boshlari tarixini bayon etadi?

A) “Taqvodorlar maslagi”, “Bahoriyot”, “Zubdat ul-ozor”, “Ubaydullanoma”, “Bahr ul -asror”,

B) “Tarixi Toshkand”, “Abdullanoma” “Badoyi ul-vaqoye”, “Tarixi Rashidiy”

C) “Tarixi oliy Chingiz”, “Tarixi Rashidiy”, “Tarixi Muqimxoniy”, “Tarixi manzuma”

D) “Bahr ul -asror”, “Tarixi Muqimxoniy”, “Ubaydullanoma”, “Muhit ut-tavorix”, “Abulfayzxon tarixi”

3. Doniyolbiy davrida qaysi bekliklarning Buxoro amirligiga bo‘ysunmaslik harakati kuchaydi?


1) Shahrisabz; 2) Balx; 3) Hisor; 4) Nurota; 5) Ko‘lob; 6) O‘ratepa; 7) Miyonqol; 8) Boysun.

A) 2, 3, 5, 6 B) 1, 2, 4, 7 C) 3, 5, 7, 8 D) 1, 4, 6, 8

4. Amir Shohmurodning soliq tizimida o‘tkazgan islohoti to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
A) tamg‘a solig‘ini bir oz oshirdi B) jizya solig‘i bekor qilindi

C) ulumolardan olinadigan har qanday soliq va yig‘imlar bekor qilindi

D) Boj va xirojdan tashqari barcha soliqlar kamaytirildi

5. Muhammad Rahimbiy bo‘ysunishni istamagan, markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka uringan qabillalarga nisbatan qanday chora ko‘rgan?


A) yashayotgan joyidan ko‘chirib yuborgan

B) ularni bir-biriga gij-gijlab, dushman qilib qo‘ygan

C) ulardan ikki barabar soliqlar undirilgan

D) qabila boshliqlariga sovg‘a-salomlar berib, o‘ziga og‘dirib olgan

6. Quyidagilarning qaysilari Amir Shohmurod davrida amalga oshirilgan?

1) qo‘shin tarkibida qozi askar lavozimi joriy etildi; 2) Samarqand shahri markazida olti qirrali “Toqi musaddas” savdo inshooti qurildi; 3) Urgut tumanini sug‘orish maqsadida 40 chaqirimli Qozonariq kanali qazildi; 4) Har tanob yerdan bir tillodan tanobona solig‘ini olish belgilandi; 5) Abulfayzxonning nabirasi Abulg‘oziy soxta xon qilib ko‘tarildi.

A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 3 C) 3, 4, 5 D) 2, 4, 5

7. Qaysi voqea Muhammad Rahimbiyning Buxoro taxtini egallashiga yo‘l ochib berdi?

A) Abulfayzxon farmonlarining saroydan tashqariga chiqmasligi

B) Nodirshoh o‘ldirilganidan so‘ng Eronda boshlangan ichki kurashlar

C) Eron shohi qo‘shinlarining Buxoroni bosib olishi D) Xiva xonining Buxoroga hujumi

8. Amir Shohmurodning qaysi tadbiri xalq manfaatlariga tajovuzning oldini oldi?

A) kim mol-mulkka xiyonat qilsa, jamiyatdagi martabasidan qat’i nazar qattiq jazoga tortilishi

B) barchaga yetadigan darajada yerni to‘g‘ri taqsimlashi va pul islohoti

C) yer egalarining davlat oldidagi barcha qarzlaridan voz kechishi

D) barchaning yeri, mol-mulkini qonun bilan rasmiylashtirishi

9. Buxoro amirligida shayxulislom lavozimiga oid bo‘lgan qatorni aniqlang.

1) musulmon jamoasi boshlig‘i; 2) qozilik ishlarida hamda kundalik hayotda qonunlarga rioya etilishini ta’minlovchi; 3) bu lavozim avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan; 4) jinoiy ishlarni shaxsan o‘zi sinchiklab ko‘rgan; 5) qozikalon murakkab deb hisoblagan turli diniy-huquqiy masalalar bo‘yicha shariatga asoslanib fatvo chiqargan.

A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 5 C) 4, 5 D) 2, 4

10. Buxoro amirligida amir farmoyishlarini beklardan boshqa tabaqaga yetkazish vazifasi qaysi mansabdor zimmasida bo‘lgan? A) Mushrif B) Dodhoh C) Inoq D) Parvonachi

11. Buxoro amirligida faoliyat ko‘rsatgan Devonbegining vakolati qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) barcha ijroiya hokimiyatni boshqargan C) soliq tushumlarini yozib borgan

B) amaldorlarning xonga in’om etgan buyumlarini ro‘yxatga olib borgan

D) soliqlar undirilishi ustidan nazorat olib borgan

12. Samarqand shahri darvozalari nomlarini toping: 1)Ulug’bek, 2)Paykabod, 3)Sherdor, 4)Tillakori, 5)Shohizinda, 6)Qalandarxona, 7)Safed (Xoja Ahror), 8)Shayboniyxon, 9)So`zangaron, 10)Xoja Ahror, 11) Xoja Abdulg’ofur, 12)Qozi Soqiy.13)Buxoro

A.1,2,4,6,10,11,12 B.2,5,6,9,10,13. C.2,4,6,8,10,12. D.1,3,5,7,9,11.

13.1804-yilda qayerda Buxoro amirligi savdogarlarining qarorgohi qurildi?

A.Moskvada B.Sankt-peterburgda C.Orskda D.Orenburgda

14. Amir Haydarga xos bo’lmagan xususiyatni toping

A. o’z davrining eng bilimdon hukmdorlaridan biri bo’lgan.

B. o’zi ham madrasa talabalariga ma’ruzalar o’qigan.

C. muntazam qo’shin tuzgan.

D. Qur’oni Karimni yoddan bilgan.

15. Amir Nasrullo davriga xos bo’lmagan xususiyatni toping.

A.amir shaxsiga sig’inish siyosatini yuritganlar, hukmron tabaqalar amirga xushomadgo’ylik qilardilar

B.jazoga tortilishdan qo’rqqan fuqaro uning nomini baland ovoz bilan ayta olmas edi.

C. Buxoro madrasalarida chet davlatlardan o’qishga keluvchilar soni ortib borgan. Ular uchun qulay sharoit yaratish choralari ko’rilgan.

D.har bir amaldor amirning, kichik amaldor o’zidan katta amaldorning qahriga uchrab qolishidan qo’rqib yashardi

16. 1804-yilda Marvda ko’tarilgan qo’zg’olonni bostirish uchun yuborilgan Niyozbek qanday lavozimda?

17.1821-yilda Amir Haydarga qarshi qayerda qo’zg’olon ko’tarildi?

18. Amir Nasrullo tuzgan qo’shinda sarbozlar maxsus kiyimi nimalardan iborat edi?

19. Amir Nasrullo davrigacha mavjud bo’lgan nomuntazam qo’shin nima deb atalgan?

20. Amir Nasrullo qachon harbiy islohot o’tkazdi?
Kalit:


S

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

J

D

D

A

D

A

B

B

A

A

C

D

B

D

C

C

16. parvonachi17. Miyonqolda 18. qizil kamzul, oq shalvor va qalpoq 19. qoracherik 20. 1837-yil


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling