Darsning texnologik xaritasi Mavzu


Download 0.61 Mb.
bet3/4
Sana03.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1155726
1   2   3   4
Bog'liq
3Amir Temur haqida hikoya (Mirkarim Osim)

2. Uyga vazifani so’raladi.
O’qituvchi: Uyga qanday vazifa berilgan edi?
O’quvchi: Uyga Maqsud Qoriyevning “Ibn Sinoning bolaligi” hikoyasini ifodali o’qib, gapirib berish vazifasi berilgan edi.
O’qituvchi: Hamma o’qib keldimi?
O’quvchilar: Ha
5-6 ta o’quvchidan uyga vazifa so’raladi.
O’tgan mavzuni mustahkamlash yuzasidan qolgan o’quvchilarga tarqatma materiallar yordamida savollar tarqatiladi. Javoblar olinganidan so’ng o’qituvchi tomonidan o’quvchilar baholanadi.
Maqol tahlil qilinadi. Tez aytish 2-3 ta o’quvchiga ayttiriladi.
O’tgan mavzu o’quvchilar tomonidan qay darajada o’zlashtirilganligi xulosalanadi.
3. Yangi mavzu bayoni:
O’quvchilar bugun biz sizlar bilan Mirkarim Osimning “Amir Temur haqida hikoya” si bilan tanishamiz, o’rganamiz.



Avvalo sizlarga hikoya muallifi haqida ma’lumot bersam.


Tarixiy mavzudagi asarlari bilan tanilgan Mirkarim Osim 1907 yilda Toshkentda tug’ilgan. Ota-onasi ziyoli insonlar bo’lishgan. 1918-1921 yillarda boshlang’ich maktabda o’qigan. Mirkarim Osim o’z faoliyatini she’rlar yozish bilan boshlagan. Keyinchalik, tarix fanidan qo’llanma, tavsiya, darsliklar yaratgan.
Adib bir umr tarixiy qissalar yozish bilan mashg’ul bo’lib, yangi-yangi avlodlarni tarixiy o’tmish va uning mashhur kishilariga nisbatan muhabbat ruhida tarbiyalab, vatanparvarlik g’oyalarini ulug’lagan.
Jumladan bunday asarlar qatoriga “To’maris”, “Temur Malik”, “Karvon qo’ng’irog’i”, “Ibn Sino qissasi” kabi asar va qissalarini keltirishimiz mumkin.
Shu vaqtda o’qituvchi hikoyani ifodali o’qib beradi.
O’quvchilar hikoya mazmuni bilan tanishtirilgach, o’qituvchi tomonidan ularga boshlang’ich taassurotlarni aytishni talab qiladigan quyidagi savollar beriladi.
Hikoya nima haqida ekan?
Hikoya sizga yoqdimi? Yoqqan bo’lsa, aynan qaysi o’rni sizga yoqdi?
Hikoya o’qilganda siz qaysi joyida juda xursand bo’ldingiz?
Husaynni o’rnida bo’lib qolganingizda siz qanday yo’l tutardingiz?
Savol- javobdan keyin yaxshi o’qiydigan 2-3 ta o’quvchiga hikoya o’qitiladi.
O’qituvchi: Mana hikoya haqida dastlabki taassurotlarga ega bo’ldik. Endi sizlarga quyidagicha vazifa beraman. (Tanlab o’qish metodi orqali o’quvchilarga vazifa beriladi)
1. Hikoyada Temurbekning ziyrak, hamma narsani bilishga intiluvchan bo’lgan joyini topip o’qing.
2. Ibodulla domla bilan suhbatlashilgan joyini topib o’qing.
3. Ibodulla domla Temurbekka yaxshi ‘;qisang mulloyi zabardast bo’lursen degan o’rnini topib o’qing.
4. Mamlakatni boshqarishni otasidan o’rgangan o’rnini topib o’qing.

O’qituvchi: Mana hikoya bilan yaqindan tanishib oldik. Endi unda uchragan, sizlarga notanish bo’lgan ayrim so’zlarning ma’nosi bilan tanishamiz.

4. Lug’at ishi olib boriladi.






Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling