Daryoda suvning oqish tezligini o‘lchash usullari va asbob-uskunalar mundarija kirish I bob daryoda suvning oqish tezligini o‘lchash
Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi
Download 0.96 Mb.
|
daryoda suvning oqish tezligini RYTIUIOYTREYTRYYTYUIUIUIYIo
Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: Ish kirish, 2 bob, 4 bo‘lim, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat
I BOB DARYODA SUVNING OQISH TEZLIGINI O‘LCHASH 1.1.Daryo o‘zanida tezlikning taqsimlanishi Suvning oqish tezligini o‘lchash suv sarfini aniqlashda, gidrotexnik inshootlarni loyihalash va qurishda, shu bilan birga, qator ilmiy-amaliy masalalarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu mavzuda suvning oqish tezligiga ta’rif berilib, so‘ngra tezlikni o‘lchashning maqsad va vazifalari, tezlikning jonli kesma bo‘yicha taqsimlanishi, o‘zanda suvning harakati rejimi turlari hamda tezlikka ta’sir etuvchi omillar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Daryo o‘zanidagi suv massasining vaqt birligi ichida bosib o‘tgan masofasi suvning oqish tezligini ifodalaydi. Tezlikni o‘lchashdan ko‘zlangan maqsad – suv rejimining asosiy elementi hisoblangan suv sarfini aniqlashdan iborat. Xalq xo‘jaligining bir qancha tarmoqlarini rivojlantirish uchun suv sarfini aniq bilish kerak bo‘ladi. Buning uchun esa o‘zandagi oqim tezligini aniqlash talab etiladi. Turli gidrotexnik va suv xo‘jaligi inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishda ham o‘zanda suvning oqish tezligini hisobga olish zarur bo‘ladi. Suvning oqish tezligi jonli kesma bo‘yicha juda murakkab taqsimlangan bo‘ladi. Chunki o‘zandagi suv massasi aksariyat hollarda, turbulent rejimli harakatda bo‘ladi. Turbulent rejimli harakatning asosiy xossalaridan biri shuki, suv massasidagi har bir molekula vaqt birligi ichida ham yo‘nalishini, ham tezligini o‘zgartirib turadi. Umuman, suyuqliklar harakati laminar va turbulent rejimli harakatlarga bo‘linadi. Laminar rejimli harakatda suyuqlik massasini tashkil etuvchi qatlamlar va zarrachalar bir xil yo‘nalishda o‘zaro parallel harakat qiladi (1) 1-Rasm Daryo o‘zanida tezlikning taqsimlanishi: a) ochiq o‘zanlarda; b) muz bilan qoplangan o‘zanlarda. O‘zanda suvning oqish tezligi suyuqlik betida kichikroq bo‘lib, ma’lum chuqurlikkacha ortib boradi va undan so‘ng yana kamayadi. Tezlikning chuqurlik bo‘yicha bunday taqsimlanishiga havo bilan suv yuzasi o‘rtasidagi ishqalanish hamda harakatlanayotgan suv massasi bilan o‘zan tubi orasidagi ishqalanish sabab bo‘ladi. Shamol suv beti tezligini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Oqim yo‘nalishi bilan shamolning yo‘nalishi mos kelganda suv yuzasidagi tezlik ortadi, aks holda esa kamayadi. Jonli kesmada tezlikning taqsimlanish qonuniyatini o‘rganish maqsadida izotaxlar o‘tkaziladi. Izotaxlar jonli kesmada bir xil tezlikdagi nuqtalarni tutashtiradigan egri chiziqlardir. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling