Daryoda suvning oqish tezligini o‘lchash usullari va asbob-uskunalar mundarija kirish I bob daryoda suvning oqish tezligini o‘lchash
II BOB DARYODA SUVNING OQISH TEZLIGINI ANIQLOVCHI ASBOB VA USKUNALAR
Download 0.96 Mb.
|
daryoda suvning oqish tezligini RYTIUIOYTREYTRYYTYUIUIUIYIo
II BOB DARYODA SUVNING OQISH TEZLIGINI ANIQLOVCHI ASBOB VA USKUNALAR
2.1.Daryoda suvning oqish tezligini o‘lchash usullari Ushbu mavzuda daryolarda suvning oqish tezligini gidrometrik parrak yordamida o‘lchash usullari, parrak diametri va chuqurlikka bog‘liq holda tezlikni o‘lchash tartibi, tezlikni nuqta hamda integratsion usullarda o‘lchash vaqtida bajariladigan ishlar yoritiladi. Daryoda suvning oqish tezligini o‘lchash usullari va asboblari turlichadir (1-rasm). Gidrometrik parrak yordamida tezliklarni o‘lchash vaqtida asosan quyidagi ikki usul qullaniladi: 1) nuqta usuli; 2) integratsion usul. Nuqta usulini qo‘llashda chuqurlik vertikalida ma’lum nuqtalar tanlanadi. Agar vertikalda 5 ta nuqtada tezliklarni o‘lchamoqchi bo‘lsak, ularning chuqurliklari quyidagi tartibda belgilanadi: 1- nuqtada parrak suv yuzasidan 10 sm chuqurlikka tushiriladi; 2- nuqta 0,2h chuqurlikda; 3-nuqta 0,6h chuqurlikda; 4-nuqta 0,8h chuqurlikda; 5-nuqta o‘zan tubiga yaqin bo‘ladi (1-rasm). Agar o‘zanda suv o‘tlari rivojlangan bo‘lsa, 0,4h chuqurlikdagi nuqta ham qo‘shiladi. Ko‘rinib turibdiki, vertikalning chuqurligi 0,5 m bo‘lsa, tezlikni 5 nuqtada o‘lchash mumkin emas. Tezliklar chuqurliklarga bog‘liq holda 3 ta nuqtada (0,2h; 0,6h; 0,8h), 2 ta nuqtada (0,2h; 0,8h), 1 ta nuqtada (0,6h) o‘lchanadi . Tezliklarni gidrometrik parrak diametriga va chuqurlikka bog‘liq holda vertikalda nechta nuqtada o‘lchash mumkinligi quyidagi jadvalda tavsiya etiladi. 1.1-jadval 2-rasm. Suvning oqish tezligini o’lchash usullari va asboblari 3-rasm. Chuqurlik vertikallaridagi nuqtalarda gidrometrik parrakning joylashishi: a) ochiq o‘zan; b) muz bilan qoplangan o‘zan. 4 Biswas A.K.Odam va suv. - L. Gidrometeoizdat, 1975 y. 5 Boskov N.I. Gidrometrik aylanuvchi stol. - M .: Vodgeo, 1934 yil Har bir nuqtada vertushkani, kamida, 100 sekund ushlab turish kerak. Nuqta usulida tezliklarni o‘lchash vaqtida har bir nuqtadagi tezlikni t vaqt (100 sek) davomida parrakning umumiy aylanishlari soni n ga bog‘liq holda aniqlash mumkin (agar pulsatsiya hodisasining qonuniyati aniq bo‘lsa). Aks holda, nuqtadagi tezlik signallar soni bo‘yicha aniqlanadi. Shu maqsadda alohida-alohida signallar uchun ketgan vaqt belgilanadi. Integratsion usul. Bu usul yordamida vertikaldagi o‘rtacha tezlikni yoki butun jonli kesma bo‘yicha o‘rtacha tezlikni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlash mumkin. Vertikaldagi o‘rtacha tezlikni integratsion usul bilan aniqlashda gidrometrik parrak asta-sekin suv yuzasidan o‘zan tubiga tushiriladi. Shu vaqt davomida qayd etilgan signallar soni sanab boriladi. Gidrometrik parrakni suv yuzasiga ko‘tarib olishda ham yuqorida qayd etilganlarga amal qilish kerak. Eng muhimi, gidrometrik parrakni tushirish tezligi uni ko‘tarish tezligiga teng bo‘lishi kerak (4-rasm). Jonli kesma bo‘yicha o‘rtacha tezlikni integratsion usul bilan aniqlash katta tajriba va mahoratni talab qiladi. Bunda qayiqni bir xil tezlikda boshqarish kerak. Tezlikni integratsion usul bilan o‘lchashda vaqtdan yutamiz. Bu usul birinchi marta O‘rta Osiyoda B.A.Simbirskiy tomonidan qo‘llanilgan. U tezlikni oldin nuqta usuli bilan o‘lchagan, so‘ng integratsion usuldan foydalangan. Ularni solishtirganda oradagi farq juda kam bo‘lgan. 4-rasm. Tezlikni integratsion usul bilan o‘lchash sxemasi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling