Daryoda suvning oqish tezligini o‘lchash usullari va asbob-uskunalar mundarija kirish I bob daryoda suvning oqish tezligini o‘lchash
Suvning oqish tezligini hisoblash usullari
Download 0.96 Mb.
|
daryoda suvning oqish tezligini RYTIUIOYTREYTRYYTYUIUIUIYIo
2.2.Suvning oqish tezligini hisoblash usullari
Daryo va kanallarda suvning oqish tezligini o‘lchash ishlari bilan yuqoridagi mavzularda tanishib chiqdik. Ushbu mavzuda asosiy e’tibor o‘lchangan ma’lumotlarni qayta ishlashga qaratilib, tezliklarni hisoblash usullari hamda bunda bajariladigan ishlar tartibi yoritiladi. Gidrometrik parrak yordamida suvning oqish tezligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlab bo‘lmaydi. Bunda suv rejimining birorta elementini aniqlash yoki asbobning ko‘rsatkichini aniqlash yordamida tezlikni hisoblab topish mumkin. Masalan, tezlik gidrometrik parrak bilan o‘lchansa, parrakning 1 sekunddagi aylanishlar sonini aniqlaymiz. Tezlik (V) va aylanishlar soni (n) orasidagi bog‘lanishdan yoki tarirovka jadvalidan tezlikni aniqlaymiz. Gidrometrik parrak yordamida o‘lchangan nuqtadagi tezlikni hisoblash. Buning uchun tezlik o‘lchash jadvalini tuzamiz. Vertikaldagi o‘rtacha tezlikni hisoblashda nuqtalarda qayd etilgan tezliklarning o‘rtacha arifmetik qiymatini olish mumkin emas. Shuning uchun vertikaldagi o‘rtacha tezlikni aniqlashda empirik ifodalar va maxsus grafiklar tuzish usullaridan foydalaniladi. 1.2-jadval Vertikaldagi o‘rtacha tezlik yuqoridagi ifodalar yordamida aniqlansa, u holda tezlik analitik usul bilan hisoblandi deyiladi. Vertikaldagi o‘rtacha tezlikni aniqlashning, yuqoridagilardan tashqari, yana grafik usuli ham bor. Vertikaldagi o‘rtacha tezlikni grafik usuli yordamida hisoblash. Bunda, birinchi galda, tezliklarning vertikal bo‘yicha taqsimlanish epyurasi chiziladi (4.19-rasm). Keyingi navbatda tezlikni quyidagi ikki usul bilan hisoblash mumkin: 1) grafo-mexanik usul. Bu usul yordamida suvning o‘rtacha oqish tezligini hisoblaganda ishni tezlik epyurasini chizishdan boshlaymiz. So‘ng uning maydoni G‘ aniqlanadi. Maydonning o‘lcham birligi m 2 s da chiqadi. Uni h chuqurlikka bo‘lib yuborsak, vertikaldagi o‘rtacha tezlikka ega bo‘lamiz: bu yerda: F- tezlik maydoni, m 2 s ; h – tezlik vertikali chuqurligi. 5-rasm. Tezlik epyurasi. Grafo-mexanik usul yordamida vertikaldagi o‘rtacha tezlikni hisoblash. 2) grafo-analitik usul bilan hisoblanganda chizilgan tezlik epyurasini 2 yoki 4 mm dan bo‘laklarga bo‘lamiz. Qanday qiymatda bo‘laklarga bo‘lish epyuraning egriligiga bog‘liq bo‘ladi (4.20-rasm). Agar epyura juda egri bo‘lsa, uni 2 mm o‘lchamdagi kvadratlarga bo‘lamiz. Vertikaldagi o‘rtacha tezlik quyidagi ifoda bilan hisoblanadi: 6-rasm. Tezlik epyurasi. Grafo- analitik usul yordamida vertikaldagi o‘rtacha tezlikni hisoblash. Yuqoridagi har ikki usuldan asosiysi grafo-mexanik usuldir. Bu usul vertikaldagi o‘rtacha tezliklarni aniqlashda etalon hisoblanadi. Qalqimalar yordamida o‘rtacha tezlikni hisoblash usullari. O‘rtacha tezliklarni qalqimalar yordamida hisoblash uchun qirqimlar orasidagi masofa va uni bosib o‘tish vaqti hamda DBN dan masofasi (o‘lchash jadvali) berilgan bo‘lishi kerak (4.4-jadval). Qalqimalar yordamida o‘rtacha tezlik ikki xil usul bilan hisoblanadi 1) analitik usul; 2) grafik usul. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling