Dastlabki insonparvarlik g‘oyalari zardushtiylik dinining muqaddas kitobi


Download 220.99 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi220.99 Kb.
#1568751
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dastlabki

Zahiriddin Muhammad Bobur davrida ham yanada takomillashtirildi. U 
podshohlik taxtiga o‘tirishi bilan davlat ishlari bilan bir qatorda jamiyat ishlariga, 
xususan ko‘p yillar davomida shakllanib kelayotgan milliy an’analar, odatlar, 
qadriyatlarga alohida e’tiborini qaratdi. Bu davrda mahallalar fuqarolar o‘rtasidagi 
tinchlik
va totuvlikni ta’minlash bilan bir qatorda, o‘z hududida istiqomat qiladigan boshqa 
xalqlarning 
ham 

urf-odatlari, 


ana’analari
va qadriyatlariga bir xil munosabatda bo‘lish kerakligi haqida tushuntirish ishlarini 
olib borgan.
Shuningdek, u o‘zining «Mubayyin» asarida fuqarolarning tinchligi va 
osoyishtaligi uchun to‘rt unsur, ya’ni tuproq, suv, o‘t, shamol uyg‘unlikda bo‘lishi 
kerakligini va bunda albatta jamoa oqsoqollaridan katta mas’uliyat talab qilinishini 
e’tirof etadi. 
Ko‘rib turganimizdek, mahalla bu davrida juda ham gullab yashnagan
va ular xalq bilan juda yaqin bo‘lishga qaratilgan bir qator yuqorida nazarda 
tutilgan vakolatlarga ega bo‘lgan. Albatta, mahallaning bunday rivojiga ulug‘ 
mutafakkirlarimiz ham o‘zlarining munosib hisslarini qo‘shganlar. Aynan mazkur 
masala yuzasidan Davlatimizning birinchi rahbari I.A.Karimov to‘xtala turib, 
«odam shular haqida o‘ylar ekan, uzoq tariximizda mahalla, degan idoraning 
o‘zbek zaminida paydo bo‘lishida tashabbuskor, sababchi bo‘lgan ajdod-
avlodlarimizga har qancha ta’zim qilsa arziydi», degan fikrlarni bildiradi. 
Ta’kidlash kerakki, temuriylar davridan keyingi inqiroz davrlarida, ayniqsa, 
O’rta Osiyo hududi uchta xonlikka bo‘linib ketganidan so‘ng mahallalar rivojida 
uncha 
katta 

siljish 
ko‘zga 

tashlanmadi.
Bu bosqichda o‘nboshi, ellikboshi, yuzboshi va amin kabi mahalliy boshqaruv 

tizimidagi amaldorlarga katta huquq va vakolatlar berildi. Ularning hukmlari 


qonun darajasida qabul qilinib, so‘zsiz bajarilgan, ammo bu amaldorlar faoliyatini 
nazorat qiluvchi jamoatchilik fikri rivojiga e’tibor berilmagan. Bu esa, ko‘p 
hollarda mahalliy amaldorlarning haddan oshishi, xalqni ezishi, undan o‘rinsiz 
soliq va to‘lovlar undirishiga olib kelgan. Natijada odamlarning ijtimoiy ahvoli, 
mahallalarning rivoji yomonlashib, ularning vakolatlari cheklana boshlandi.
Xususan, shahar, qishloq boshqaruv tizimida tuman boshlig‘i tasarrufida 
uchastka (bo‘lim) pristavi bo‘lib, unga mahalla oqsoqollari, ellikboshi, o‘nboshilar 
bo‘ysuntirildi. Mazkur davrda mahallaga Omin rahbarlik qilib, unga katta huquq 
va vakolatlar berilgan.
Jumladan, 
uning 

vakolatiga 


ayrim 

soliqlarni 


yig‘ish; 
mulkiy
va oilaviy nizolarni hal etish; qozining ba’zi hukmlarini ijro etish; mahallada 
bo‘shab 
qolgan 

hovli 
va 

yerlarni 
rasmad 

(taqsimlash) 


etish;

suv xavzalari, mahalla ozodaligini ta’minlash va nazorat qilish; mahalla 


xavfsizligini ta’minlash; har ko‘cha doirasida hal etiladigan masalalarga 
munosabat bildirish; mahalla hududidagi savdo ishlarini nazorat etish va boshqalar 
kirgan. Ko‘rinib turganidek, bu davrdagi mahallarning vakolatlari qo‘proq davlat 
organlari zimmasidagi vakolatlarga yaqin bo‘lgan.
Bu davrda Toshkent shaharliklar tomonidan tan olinib, saylangan hokimi 
mutlaq hali qaror topmagan edi. Shu boisdan shahar to‘rt mustaqil dahalarga 
ajratilib boshqarilgan. Har bir dahaning boshqaruv ma’muriyati jamoatchilik 
asosida saylangan oqsoqoli, qozisi, raisi, muftiysi, imomu so‘filaridan iborat 
bo‘lgan va mazkur boshqaruv ma’muriyati mahalliy ahamiyatga molik masalalar 
yuzasidan o‘zlarining bir qator vakolatlariga ega bo‘lgan.
Bu davrda mahalla, (mahallat, yer, daha, jamoa, el, yurt kabi) bir qancha 
nomlar bilan yuritilgan hamda shahar jamiyatining nafaqat hududiy,
shu bilan birga, eng quyi birligi hisoblanib, o‘z vakolatlarini amalga oshirishda 
odamlarning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan o‘zlarining qon-qarindoshlik va 
ruhiy yaqinlik haqidagi tasavvurlariga tayangan. 

Har bir dahaning o‘z oqsoqollari, qozilari va ma’muriy boshqaruvidagi 


boshqa alohida mansablari bo‘lgan. Dahalar Qo‘qon xonligi davrida shaharning 
obro‘li xonadon vakillaridan tayinlangan oqsoqollar tomonidan boshqarilgan 
bo‘lsa, Rossiya imperiyasi istilosidan so‘ng mingboshilar tomonidan idora 
qilingan. Ayrim hollarda esa bir necha mahallalarga tavochilar biriktirilgan. 
Dahalar tarkibidagi mahallalar boshqaruvi esa ellikboshilar qo‘lida bo‘lgan. 
Mahallaga boshchilik qilgan shaxslar mahalladagi barcha jamoat ishlari va 
marosimlarini boshqarganlar, shuningdek, fuqarolarning shahar yig‘inlari va 
muassasalarida mahalla manfaatlarini himoya qilish vakolatiga ega bo‘lganlar. 
Mahallaning jamoa tartibi o‘zini o‘zi boshqarish tizimi bilan belgilangan, uni 
boshqaruvchi vakillar umumiy yig‘inlarda saylanganlar. Jamoa boshlig‘i qilib, 
ko‘pincha boy bo‘lmagan, o‘rta hol, katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan hurmatli 
kishini saylaganlar. U fuqarolar o‘rtasida hurmat e’tiborga ega bo‘lishi va shahar 
yig‘inida, daha sudida mahalla manfaatlarini munosib himoya qila olishi lozim 
bo‘lgan.
Shuningdek, bu davrda ayollarning ijtimoiy hayotiga oqsoqollar tomonidan 
saylab qo‘yilgan kayvoni rahbarlik qilgan. Kayvoni lavozimiga mahallada katta 
hurmat 

qozongan 


va 

o‘zbek 
turmush 

tarzini, 
urf-odat
va an’analarini butun nozikligi bilan biladigan, serg‘ayrat, faol, tashkilotchilik 
qobiliyatiga ega, odob-ahloqi bilan obro‘-e’tibor qozongan ayol loyiq ko‘rilgan. 
Unga xodima yoki dasturxonchi ko‘maklashgan. Bu vazifaga ko‘pincha beva 
xotinlarni saylaganlar, chunki ularning bo‘sh vaqti ko‘p bo‘lgan hamda bu ish 
ularga qo‘shimcha daromad keltirgan.
Bu davrda mahalla faollarining asosiy vakolatlari jamiyat hayotida tartib 
saqlanishini ta’minlash; barcha an’anaviy me’yorlarning bajarilishi ustidan nazorat 
o‘rnatish; mahalla ahlining milliy urf-odatlarga rioya qilishlarini nazorat qilish; 
urf-odatlarni 
buzgan

va jamoat majburiyatlaridan bo‘yin tovlaganlarga tegishli chora ko‘rish; asrlar 


davomida saqlanib kelinayotgan o‘zaro hamjihatlikda yashash qoidalariga 
nechog‘lik amal qilinib kelinayotganligini nazorat qilish; xo‘jalik ishlarini, 

iqtisodiy tadbirlarni, tarbiyaviy vazifalarni, saram-jon-sarishtalik va tartib 


intizomni saqlab turish; jinoiy ishlarning oldini olish; yoshlar tarbiyasi bilan 
shug‘ullanish; uy-joylarni oldisotdisi, to‘y-maraka, maro-simlarni uyushtirish; 
qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi nizolarni bartaraf etish; bemor-larni yo‘qlash, farzand 
ko‘rgan 
oilalarni 
qutlash 
masalalariga 
e’tibor 
berish; 

mahallani, 


mahalladoshlarning tinch-totuvligi, oilaviy ahilligi, do‘stligi, biro-darligi, 
inoqligini taminlash va mustahkamlash; ariq-hovuzlarni tozalash, yangi, obod 
ko‘chalar, yo‘llar qurish va boshqa mahalla obodonchiligi bilan bog‘liq jamoat 
ishlarini uyushtirish hamda boshqa sh.k. vakolatlardan iborat bo‘lgan. Ushbu ishlar 
hashar yo‘li bilan amalga oshirilib, unda aholining balog‘atga yetgan qismi, 
ko‘proq erkaklar qatnashgan. Hasharda har bir oiladan bir-ikki kishi ishtirok 
etishgan.
Bir so‘z bilan aytganda, mahalla oqsoqoli zimmasida juda ko‘p katta 
mas’uliyatli vakolatlar turgan bo‘lib, uning e’tiboridan hech narsa chetda 
qolmagan. Shuning uchun ham uning ijtimoiy adolatga asoslangan so‘zlari, 
o‘gitlari, maslahatu tanbehlariga mahalladagi hamma odamlar, yoshlaru keksalar, 
xotin-qizlar so‘z-siz amal qilishgan. 
Mahallalar 1917 yilgacha bo‘lgan davrda juda keng ish olib borib, mahalliy 
aholini birlashtiruvchi tashkiliy tuzilma bo‘lgan. Sobiq sho‘rolar hokimiyati 
mahallalarni tuman, shahar, qishloq kengashlari rahbarligida boshqargan. Lekin u 
davrda mahallalar boshqaruv tizimi sifatida «chalajon» holatga keltirib qo‘yilgan. 
Ular xalqning dastlabki jamoat tashkiloti sifatida faoliyat ko‘rsatishi uchun hech 
qanday huquq, vakolat, imkoniyatga ega bo‘lmagan hamda mahalliy hokimiyat 
organlarining quyi bo‘g‘ini sifatida qaralgan. Ammo shunga qaramay, sho‘rolar 
davrida hukmron tuzum va mafkura mahallalarni rasman tan olmasa-da, biroq 
aholining chuqur noroziligiga sabab bo‘lmaslik uchun mahallalarni taqiqlay ham 
olmagan, uni jamiyatni boshqarish tizimiga kiritmagan. 
Bir so‘z bilan aytganda, sovet hukumati mahallaga o‘z umrini yashab 
bo‘lgan o‘tmish sarqiti sifatida qaragan. 20-yillar boshlaridan sovet hukumating 
uni vazifa va vakolatlarini cheklash, o‘ziga bo‘ysundirishga intildi. Bu esa o‘z 

navbatida mahalla faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Biroq, mahalla o‘zining 


yashovchanligini 
namoyon 
etib, 

an’anaviy 


hayot

va aloqa tarziga qarshi har qanday hujumlarga va ularni yo‘qotish yo‘lidagi 


urinishlarga dosh berdi.
Bu masalaga baho bera turib, L.Levitin quyidagilarni ta’kidlaydi: 
«O’zbeklarning ko‘pgina an’anaviy ijtimoiy tuzilmalariga qarshi chiqqan sovet 
hokimiyati 
mahalla 

bilan 
olishishda 


chekinishga 
majbur 

bo‘ldi.
Bu hokimiyatning mahallaga tishi o‘tmadi. 1932 yilda «O’zbekiston SSR 


shaharlaridagi mahalla (kvartal) qo‘mitalari to‘g‘risida» Nizom chiqdi.
Ular yangi sotsialistik tuzilmalar bilan birga mavjud bo‘lishi, bu tuzilmalarni 
to‘ldirishi kerak, degan qaror qabul qilindi.
1935-1936 yillarda mahallalar (oqsoqol) boshchiligida mahalla komitetlari 
tashkil etilib, aholi o‘rtasida olib boriladigan barcha ishlarni rais boshqargan. 
Rasmiy doiralar mahalla idoralariga aholini hisobga olish va ma’lumotnomalar 
berish hamda yuqori tashkilotlarga hisobot taqdim etish vakolatlarini yuklagan. 
1938 yil 15 sentyabrda O’zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi Qarori 
bilan «O’zbekiston SSR shaharlaridagi mahalla (kvartal) qo‘mitalari to‘g‘risida»gi 
Nizom hamda tegishincha mahalla qo‘mitalari bekor qilingan hamda ularning 
funksiyalari rayon va shahar kengashlari tomonidan bajarilishi ko‘zda tutilgan. 
Biroq, xalq turmush tarzini majburlab singdirish hamisha salbiy oqibatlarga sabab 
bo‘lishi bois, aynan ushbu kamchiliklar oradan ikki yil o‘tib, 1940 yilda boshqaruv 
tizimida mahalla qo‘mitalarini qayta tiklash to‘g‘risidagi masalaga qaytish uchun 
sabab bo‘ldi hamda mahalliy kengashlarning ijtimoiy salohiyatini chuqur anglagan 
holda sovet hokimiyati mahallani yuridik qonuniylashtirishga majbur bo‘ldi. Natijada 
1940 yil 10 iyuldagi O’zbekiston SSR xalq komissarlari soveti qarorida O’zSSR 
shaharlarida mahalla (kvartal) qo‘mitalarini tashkil etish zarur deb hisoblanishi 
hamda «O’zbekiston SSR shaharlaridagi mahalla (kvartal) qo‘mitalari 
to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlanishi ko‘zda tutildi.
1941 yilda O’zbekiston SSR xalq komissarlari soveti «O’zbekiston SSR 
shaharlaridagi mahalla (kvartal) qo‘mitalari to‘g‘risida»gi nizomning yangi 

tahririni qabul qildi. Unga binoan, mahalla komitetlari a’zolari mehnatlariga hech 


qanday haq olmas edi. Mahalla komitetlari moliyaviy-xo‘jalik ishlari (oshxonalar, 
qizil 
choyxona, 

sartaroshxonalar 


ochish

va ularni ishlatish) bilan shug‘ullanishi mumkin emas edi, ular yuridik shaxs 


maqomiga ega bo‘lmagan. Uning asosiy vakolatlari mahalla hududidagi sovet, 
Download 220.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling