Dastlabki insonparvarlik g‘oyalari zardushtiylik dinining muqaddas kitobi


Download 220.99 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi220.99 Kb.
#1568751
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dastlabki

Abu Rayxon Beruniy bundan ming yil avval yaratgan «Hindiston» asarida 
jiddiy ilmiy tadqiqotlar qilish bilan birga bu mamlakat tarixi, geografiyasi 
etnografiyasi haqida boy ma’lumotlarni yozar ekan, muhim bir fikrni aytadi: «Har 
bir xalqning udumlari ko‘p yillar tajribadan o‘tgan o‘sha xalqning yashash tarzi, 
dunyoqarashi bilan uyg‘unlashib ketgan» – degan qarashlarni bildiradi. Bundan 
ko‘rinib turibdiki, bu paytda mahallalar aholining yashash tarzida vujudga 
keladigan barcha mahalliy ahamiyatga molik masalalar bilan shug‘ullangan.
Shuningdek, Beruniy kishilik jamiyati, insonlar uyushmasining vujudga 
kelishi ta’limotini yoqlaydi. Uning fikricha, insonlar ehtiyoj tufayli birga 
yashashga ishtiyoq sezadilar. «Hamma gap shundaki, (inson) ehtiyojlarining 
ko‘pligi va himoya vositalaridan mahrum bo‘lganda chidamsizligi hamda 
dushmanlarning serobligi orqasida, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va har biri o‘zini 
ham, boshqalarni ham ta’minlaydigan ishni qilish maqsadlarida o‘z hamtovoqlari 
bilan jamiyat bo‘lib birlashishga majbur bo‘lgan edi». 
Sharqning buyuk shoiri Alisher Navoiy ham o‘z asarlarida jamiyat
va inson munosabatlarining etnik va estetik muammolariga e’tiborini qaratgan. U 
o‘zining «Xayratul – abror» asarida Hirot shahrini 100 ta shaharchadan – 
mahallalardan tashkil topgan go‘zal joy deb talqin qiladi. Mahallalarning 
hududlari, har bir mahallalarda fuqarolarning hayot kechirishi, faoliyati bilan 
bog‘liq binolar: masjid, bozor, choyxona, do‘kon, hammom, sartaroshxonalar va 
boshqalar haqida bayon qiladi. 
U o‘zining «Majolisun-nafois» tazkirasida mahallaning hayotda tutgan o‘rni 
va nufuzi, mahalladoshlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, tenglik, shohu-gadoning bir-
biriga bo‘lgan munosabatida g‘amxo‘rlik qadrlanganligini yozadi.
Bundan kelib chiqib, ushbu davrda mahallalar hududlarni obodonlashtirish
saranjom-sarishta qilish, ularni ozoda tutishni nazorat qilish, aholiga yordam 
ko‘rsatish, yo‘qsil bechoralarning ahvolini chuqur hayrixohlik bilan hal etish, 
maqbaralarni 
ta’mirlashda 
bosh-qosh 
bo‘lish
va boshqa shu kabi vakolatlarni amalga oshirganligi borasidagi xulosaga kelish 
mumkin.

Mahallalar, ayniqsa, Amir Temur tuzgan davlatda jadal rivojlangan va 


ularning vakolatlari yanada kengaytirilgan. Bu davrda ham mahalla oqsoqoli – 
«kadxudo» deb atalgan hamda mahalliy aholi tomonidan saylangan va unga 
e’tibor, ishonch katta bo‘lgan hamda zimmasiga javobgarlik, mas’uliyat yuklanib, 
ularga boshqaruv masalalarida katta vakolatlar berilgan.
Jumladan, «Temur tuzuklari»da: «Kadxudolar dehqonlar va ekin 
maydonlariga ishlov beruvchilar ko‘ngligini xushnud etib, o‘zlariga qaratsinlar. 
Faqiru miskin, biron kasb qilishga ojiz – ko‘rlarga nafaqa belgilasinlar, deyilgan. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, bu vaqtlarda mahallalar fuqarolarning kasb-kori asosida 
tashkil etilgan bo‘lib, etikdo‘zlar, pichoqchilar, temirchilar bir joyda yashab 
mehnat qilishganlar. 
Bu haqda «Temur tuzuklari»da yozilishicha, Sohibqiron o‘zi barpo etgan 
bepoyon va qudratli saltanatni boshqarishda mahallaning mutasaddi shaxslariga 
tayangan, ular bilan yaqin muloqotda, doimiy mashvaratda bo‘lgan, kezi kelganda 
ularning faoliyatini bevosita qo‘llab – quvvatlagan. 
Shuningdek, bu davrda mahallalarning rivojlanishi milliy davlatchilik rivoji 
bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. Shuning uchun Amir Temur davrida – o‘zbek 
davlatchiligi yangidan shakllanib, yuksalish yo‘liga kirgan paytlarda mahallalar 
kundan-kun 
obod, 

fayzli 
bo‘lib 

borgan
va vakolatlari kengaygan. Buni Ibn Arab-shox, Ibn Xoldun, Klavixo kabi xorijiy 
sayyox va tarixchilar ham o‘z asarlarida qayd etgan. Amir Temur zamonida hatto 
xarbiy qo‘shin ham mahalla usulida yashagan. 
Bu haqda Klavixo shunday ma’lumot beradi: «Qarorgohda har bir qo‘shin 
to‘dasida istagan kasb egasi ustalarini topish mumkin edi. Har bir to‘da alohida 
mahallalarga bo‘lingan. Buguni emas, qo‘shin hamma vaqt o‘zi bilan birga chodir-
ham-momni ham yulib yurar, hammomchilar muayyan joyda darxol chodir tikib
qozonda suv qaynatib, hamma zarur narsalarni hozirlab, isitiladigan hammom 
xonalari qurar edilar». 
Amir Temur tomonidan odamlarning mahalla turidagi hayot tarzi g‘oyasi 
harakatdagi harbiy qo‘shin zimmalariga ham joriy qilingan edi. Harbiy qismlar 

ham, huddi mahalla singari muxtoriyatga ega bo‘lib, o‘z o‘zini ta’minlay olishi 


kerak edi (mazkur davrda har bir mahallada o‘zini o‘zi ta’minlashi uchun har bir 
askar hunarmand, novvoy, hammol, sartarosh, temirchi, etikdo‘z, tikuvchi, 
qandolatchi, musiqachi yoki boshqa kasb egasi bo‘lishi lozim bo‘lgan).
Sohibqiron tomonidan mahalla tizimiga berilgan bunday e’tibor natijasi 


Download 220.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling