Dastlabki insonparvarlik g‘oyalari zardushtiylik dinining muqaddas kitobi
Download 220.99 Kb.
|
Dastlabki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abu Ali ibn Sino
Abu Nasr Farobiy bundan 1100 yil oldin Sharqda ilk bor «davlat»,
«jamiyat», «boshqaruv» singari ijtimoiy tushunchalarni falsafiy jihatdan talqin qilgan. U o‘zining asarida: «Har bir inson tabiatdan shunday tug‘ilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, ammo bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi. Ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda, ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko‘paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o‘rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi», deb e’tirof etgan. Shuningdek, u fozil shahar (davlatni) ijtimoiy uyushishning yetuk shakli, insoniyat kamolotga erishuvining zaruriy vositasi, deb hisoblab, dunyoda yagona inson jamoasini tuzish haqida orzu qilgan. Mutafakkir o‘zining siyosiy va huquqiy qarashlarida «fozil shahar», ya’ni mahalla, davlat qurilishi muammolariga e’tiborini qaratganligini, buni jamoa boshqaruvi deb bemalol atasa bo‘lishini, zotan, fozil shahar – davlat (demak, mahalla ham) fozil jamoa, unda yashovchilarning tabiatiga mos birlashma – uyushma bo‘lgandagina boshqaruv va birlashuvning jamoa tizimiga ega bo‘lishini ta’kidlaydi. Bu davrda mahallalar el-ulus uchun erkinlik, ozodlik sari yo‘l ochgan va bu erkinlik va ozodlikdan qay darajada foylanishni o‘rgatgan. Bu olimning fikrlari Abu Ali ibn Sino asarlarida rivojlantirildi. Ibn Sino rahbar xalqsiz bo‘la olmaganidek, xalq ham rahbarsiz bo‘la olmaydi, deb hisoblaydi. U o‘zining «Uy xo‘jaligi to‘g‘risida»gi traktatida boshqaruv (ilm)ga alohida to‘xtalib, uni insondan juda katta aql, iroda va mehnat talab etuvchi juda muhim ilm deb hisoblaydi. «Insonlar jamoa bo‘lib, yashashlari uchun o‘zaro muloqotda, turli munosabatda bo‘lishlari, bir-birlarining ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qilishlari va umumiy intilish, maqsadga ega bo‘lishlari lozim». Ushbu fikrlardan ham ko‘rinib turibdiki, bu davrlarda mahallalar insonlarning ehtiyojlarini qondirish, ya’ni ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan vakolatlariga ega bo‘lgan. Download 220.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling