Dastlabki toponomika va tilshunoslik
Download 40.41 Kb.
|
dildora
Toponimika va tarix
Geografik nomlar juda uzoq davr mobaynida saqlanib qolishi bois tarix uchun juda katta ahamiyatga ega. Damashq shaharining shu nom ham atalganiga uch ming yil boMadi. Uni dunyodagi eng keksa nom leb boimaydi. Buxoro, Samarqand, Xorazm kabi toponimlar ham uda qadimiy nomlardan. Shuning uchun ham ulaming kelib chiqishi namon uzil-kesil hal bo‘lgan emas. Qanchadan-qancha nomlar yo- /uv paydo bo‘lmasdan oldingi davrlardan qolgan. Xalqlar yo‘q bo‘lib ketgan, tili unutilgan bo‘lishi mumkin, lekin geografik joy nomlari saqlanib qolaveradi. 0 ‘simlik yoki hayvon yo‘q bo‘lib ketgan bo'lsa ham, nom yashayveradi. Tomsk davlat pedagogika institutining professori A.P.Dulzon Sibir gidronimlarini tahlil qilib qadimda ket xalqi yashagan hudud juda keng bo‘lganini aniqladi. Hozir esa Sibirda, xususan Ob daryosi yoqasida hammasi bo‘lib 500 kishiga yaqin ket qolgan. Toponimik ma’lumotlar bir vaqtlar ketlar juda ko‘p sonli xalq bo‘lganini ko‘rsatdi. Toponimning muqim yashashiga asosiy sabab shuki, so'zning toponimga aylanmasdan oldingi ma’nosi to‘g‘risida kishilar ko‘pincha o‘ylab ham o‘tirmaydilar. Shunday qilib, so‘z biron obyektning nomi- gina bo‘lib qoladi. Bordi-yu bu toponimni sinchiklab tekshirsangiz, hatto mikro- toponimlar deb ataladigan kichik obyekt nomi ham aksari muhim bir tarixiy voqeani o‘zida mujassamlashtirgan «makroguvoh» bo‘lib chiqishi mumkin. Yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik, kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlar, mayda yer egaligi toponimiyada sezilarli iz qoldirgan.12 Misollarga murojaat qilaylik. 1909 yilda Skobelev (hozirgi Farg‘ona) shahrida nashr etilgan ro‘yxatga ko‘ra Qo'qon va Marg‘ilon uyezdla- rida, shuningdek, Andijon va 0 ‘sh uyezdlarida chek so‘zini 50 dan ortiq qishloq nomi tarkibida ko'ramiz. Andijon viloyatida va xususan Farg'ona viloyatida chek so'zidan tarkib topgan joy nomlari hozir ham anchagina uchraydi. Andijon tumanida Obtobachichek degan qishloq bor. Bu nom Xudoyorxon davridan qolgan. Abdurahmon ismli bola (Musulmon- qulning o‘g‘li) xonning qo‘liga suv quyuvchi — obtobachi bo'lgan Xudoyorxon Abdurahmon obtobachiga bir necha yuz tanob yemi chek qilib bergan. Abdurahmon obtobachining yen Chek Obtobachi deb atalgan, keyinchalik Obtobachichek bo‘Iib ketgan. Bundan tashqari, Farg‘ona vodiysida Alibekchek, Bobochek, Isoavliyochek, Muhammad Aminchek, Nasriddinbekchek kabi yerlar bo‘lgan. Keyinchalik bu yerlarda qishloqlar bunyod etilgan. Xo‘sh chek yer olgan bu kishilar kimlar bo‘lgan? Bularning hammasi tarixiy shaxslardir. Chunonchi Muhammad Amin va Nasriddinbek Xudoyoming o‘g‘illari bo'lgan. lsoavliyo esa xoiming ishonchli kishisi va maslahatchisi hisoblangan. Chek so‘zining o‘zi nima? Chek deganda, xon va uning oila a’zolari, amaldor, ruhoniylar va mashhur shaxslaming, wnuman har qanday kishilarning xususiy yeriari tushunilgan. Shu bilan birga Farg'ona vodiysida chek so‘zi muayyan yer o‘lchovi ham hisoblangan. Bu nomlar tarkibida esa chek atamasi toponim yasovchi formant boiib, feodalizm yer egaligidan darak berib turadi. Toponimlarda turli davrlardagi muhim voqealar, tarixiy shaxslaming ismlari, ko‘chib yurgan urug‘ nomlari aks etgan bo‘ladi. Buxoro viloyatida Abumuslim degan tepalik bor. Abumuslim 747- 749 yillarda arab xalifaligining sharqiy qismida — Movarounnahr bilan Xurosonda ummoviylar hukmdorligiga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonga boshchi'Iik qilgan. Uning asl ismi Abdurahmon ibn Asad bo‘libT Abumuslim uning laqabidir. Bu tepalik VIII asr o'rtalarida Buxoroning hozirgi Qizihepa qishlog‘i yaqinida Abumuslim qurdirgan istehkomning xarohasi. Xaroba Abumuslim kanalining bosh tomom- dadir.13 Bu kanalni buxoroliklar Jo‘yi Abumuslim deb ataydilar. Kanal Zarafshondan boshlangan. Turli davrlardagi ijtimoiy-siyosiy atamalar ham topommiyada iz qoldirgan. Buxoro amirfigi va Xiva xonligi davrida iste'molda bo‘lgan kutfal yoki katovul (komendant), otaliq (eng katta amaldor — vazir), naqib (harbiy mansabdor), to'qsoba (ofry harbiy mansab), chandovul (qo‘shinmng eng orti), shig'oml (elchini boshlab yuruvchi) kabi atamalarni hozir hamma ham bilavermaydf, fekin alar toponimlar shaklida saqlanrb qolgan. Taponimfyaga qarab qayerfarda, qaysi o'zbck urug‘lari yasha- ganini bilib olish mumkin. Masalan, respublikamizda Jaloyir de- gan bir qancha qishloq bor. Ohangaron havzasi hamda Xo'jand atroflarida XIII asr bosh {dan to 1375 yifgacha jaloyir qabilasi yashagan. 0‘sha yili qattiq qarshilik ko‘isatgani uchun Amir Temur aloyirlar sarkardasini qatl ettiradi va jaloyirlarni turli tomonlarga ko‘chirib yuboradi. Ana shu davrdan boshlab chinakam jaloyirlardan tashqari ular- ning qo‘l ostidagi bir qancha etnik guruhlar ham jaloyirlar deb atala boshlaydi. Hozirgi Jaloyir qishloqlarining tarixi ana shunday. Demak, toponimlar har doim ham biron tarixiy sharoit taqozosi bilan dunyoga keladi.14 XULOSA Toponimlar nafaqat tilshunoslik, balki tarix, geografiya, madaniyat uchun ham qiziqish uyg'otadi, shuning uchun toponimika uzoq vaqt tadqiqot tarixiga ega va toponimlarni o'rganishga bag'ishlangan ko'plab asarlar mavjud. Shunga qaramay, toponimlarni izohlashni qiyinlashtiradigan ko‘plab muammolar, toponimlarning manbalarini aniqlash bilan bog‘liq munozarali masalalar nafaqat tilshunoslar, balki tarixchilarning ham diqqatini jalb qilishni talab qiladi. Biz, o‘z navbatida, ingliz toponimlari hozir nima bilan bog‘liqligini tahlil qilishga harakat qildik. Ushbu asarni yozish jarayonida geografik nomlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan va bilvosita turli xil assotsiatsiyalar mavjudligini, ba’zan assotsiatsiya hatto asl ma’noga soya solib qo‘yishini, bunday hollarda toponimning o‘zi emasligini aniqlash mumkin edi. Bu esga tushadi, lekin uning zamonaviy ma'nosi, masalan, Linkoln familiyasi bilan. Xulosa o'rnida shuni ham ta'kidlash kerakki, toponimika tilshunoslikning bir tarmog'i sifatida juda qiziq tadqiqot ob'ekti hisoblanadi, chunki toponimlar orqali turli xalqlarning butun tarixini, tilda sodir bo'layotgan o'zgarishlarni ko'rish va o'rganish mumkin. Toponimika har qanday tilning ajralmas qismidir. Download 40.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling