Dastlabki toponomika va tilshunoslik


Download 40.41 Kb.
bet4/6
Sana09.04.2023
Hajmi40.41 Kb.
#1345822
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
dildora

Toponimika va geografiya

Toponimika ayniqsa, geografiya uchun katta ahamiyatga ega. Toponim — geografik obyektning aniq manzilidir. Nomlar joyning geografik o‘mini aniqlash uchun ham, geografik tushunchalami ifoda etish uchun ham zarur. Geografik xaritada keltirilgan boy va xilma- xil axborotlar orasida nomlar alohida o‘rin tutadi. Geografik obyektlar shu qadar ko‘p va xilma-xilki, ulami ifoda etish uchun maxsus so'zlar, ya’ni nomlar bo‘lishi kerak. Geografik nomlarni geografiyaning o‘ziga xos tili desa boiadi. Geografik nomlar muayyan geografik tushunchalami ifoda etar ekan, bir qancha hollarda atamaga aylanib qoladi. Masalan, yonar togiarni ifoda etuvchi vulkan atamasi Italiyadagi Vulkano tog‘i nomidan olingan. Toponimlar biron geografik tushunchani ifoda etadi, shuning uchun geografiyani bilmasdan turib joy nomlarini o‘rganish ko‘pincha katta ilmiy xatolarga olib kelishi mumkin. Joy nomlarida geografik muhitning xususiyatlari — relef shakllari, o'simlik va hayvon nomlari aks etgan boiadi. Shu bilan birgalikda joylarga nom berishning o‘ziga xos bir xususiyati bor. Masalan, o‘rmonli rayonlarda «о'лтюп» so'zidan tarkib topgan joy nomlari, togii oikalarda «tog4 so'zidan tuzilgan toponimlar u qadar ko‘p emas. Agar bor boisa ham, ular ko'pincha qo‘shni hududlarda yashaydigan xalqlar tomonidan berilgan nomlar boiadi. Toponimikada nisbiy negativlik deb ataladigan bu qonunning asosiy sababi shundaki, hammayoq cho ‘I boigan joylarda cho‘1 kishi e’tiborini tortmaydi. Kishilar nom qo‘yish uchun boshqalardan qandaydir farq qilib turadigan tabiiy geografik obyekt qidirishadi. Shuning uchun ham cho‘llarda quduqlar, ayrim qirlar nomlari ko‘proq uchraydi. Chunki bu quduq va qirlar yoiovchilar hamda cho‘ponlar uchun mo'ljal, o‘tloq va suvloq bo‘Iib xizmat qilgan. Tog'lar to‘g‘risida ham shunday deyish mumkin. Tog'lar orasida yashaydigan kishilar tog‘ so'ziga nisbatan tosh so'zini ko‘proq ish- latadi. Masalan, tog'li yerda «Tog‘ tepasiga chiqib ketdi» deyish o'miga «Toshga chiqib ketdi» deyishadi. Yana. Ayritosh, Qoratosh, Oqtosh deganda, ko'pincha qandaydir ayrim tog'lar nazarda tutUadi. Ural va Sibir tog‘larida ham xalq tog‘ cho'qqilarini kamen (tosh) deb ataydi. Tog‘ piyozini ko‘pincha toshpiyoz, tog1 hayvonlaridan kaklik va suv- sami ruslaming kamennaya kuropatka, kamennaya kunitsa deb atash- larining sababi ham shunda bo‘lsa kerak. Shunday boisa ham, geografik nomlarda geografik qonuniyatlar- ning aks etganiga juda ko'plab misollar keltirish mumkin. Demak, joy nomlari tasodifiy paydo bo‘lmaydi, aksincha, Eshakhangragan- qir, Qo‘yqirilganqala kabi tasodifiy nomlar kamdan-kam uchraydi. Binobarin, toponimlarning aksari qismi ma’naviy jihatdan tabiat hodisalarini aks ettiradi. Xalq biron tabiat hodisasini geografik atama bilan ifoda etadi va binobarin, geografik nomlar tarkibida geografik atamalar ko‘p uchraydi. Bunday atamalar toponimiya negizi, ya’ni murakkab geografik nomlaming tarkibiy qismi hisoblanadi. Xalq geografik atama- larini bilmasdan turib joy nomlari etimologiyasini to‘g‘ri aniqlab bo‘lmaydi. Geografik atama (tog‘, cho‘l, ko‘l, qishloq va h.k.) hali geografik nom emas, balki turdosh ot bo‘lib, muayyan umumiy yoki xususiy geografik tushunchani bildiradi. Biroq har qanday geografik atama atoqli otga, ya’ni geografik nomga aylanishi mumkin. Geografik atamalar, shuningdek o‘simlik va hayvon nomlari biron qo‘shimchasiz yoki aniqlovchisiz toponimga aylanmaydi. Masalan, 0 ‘zbekistonda o‘n minglab quduq bor va har biri o‘z nomiga ega. Bunda quduq so‘zi yonida biron kishining ismi yoki aniqlovchi so‘z (chuqur, katta, uch, to‘rt va h.k.) yo bo‘lmasa — cha, -li kabi qo‘shimchalar bo‘ladi. Agar bordi-yu Quduq, Cho‘qqi, Ariq, Yan- toq, Qulon kabi bir atama yoki birgina o‘simlik, hayvon nomidan iborat toponim uchraydigan bo‘lsa, u holda bunday toponimni izohlashda juda ehtiyot bo'lish kerak. Chunki hech qanday tafkibiy qismsiz birgina so'zdan iborat toponim uzoq talaffuz davomida bu- tunlay o'zgarib boshqa bir ma’noni anglatishi yoki toponimning qisqartirilgan varianti bo‘lib chiqishi mumkin. Masalan, Toshkent- dagi Zaxariqni ko‘pincha Zax deyishadi. Tevarak-atrofda boshqa xuddi shunday obyekt boMmaganda ham ba’zan qo‘shimchasiz atamaning bir o‘zi toponimga aylanadi. Chunonchi Quduqqa borib kelaylik deyishadi. Toponimlar tarkibida adir, ariq, bet, buloq, dovon, jar, ko‘l, tog*, cho‘l, qum kabi hammaga ma’lum atamalar bilan birgalikda arna, bo'ktar, g‘aza, dayravot, jol (yol), jona-yona (qiya), jofna, zayak, zov, кат, kom (ariq), kamar, novur, saqo, sang(aloq, snpa, tomchi, tangi, tarma, to(la, tuz, chalqa chag‘at, chem, shag‘il, shiber (botqoqlik), shirdon, qo‘ton, qirmon (xirmori) kabi kichik bir hududdagina saqlanib qolgan atamalar ham uchraydi. Har bir atamaning o‘z ma’nosi bor. Masalan aqba (aqaba) arabcha so‘z bo‘lib, 0 ‘rta Osiyoda «dovon» ma’nosida keladi. IX-X asrlardagi arab tilida yozgan geograflarning asarlarida aqba (ko'pligi aqabot) atamasi ko‘p ishlatilgan. Bu atama X asrda fors tilida yozilgan <*Xudud-ul olam» va «Tarixi Tabari» asarlarida ham uchraydi. Tojikiston bilan 0 ‘zbekistonning tog‘li joylarida, ayniqsa, Pomir, Hisor, Zarafshon tog‘laridagi o‘nlab toponimlar, xususan dovon nomlari tarkibida aqba so‘zi uchraydi. Bu atama 0 ‘rta Osiyoning turli joylarida axba, ag‘ba, avg‘a shakllarida turli ma’nolarda ishlatiladi. Masalan, Samarqand viloyatining ba’zi joylarida dovonga chiqiladigan tik yo‘lni ovg‘a deyishadi. Jizzax viloyatining Zomin tumanida baland tog* yaqinidagi tepasi yassi qir baraz deyiladi. Masalan, Kattabaraz, Kichikbaraz, To‘pchiboybaraz degan joylar bor. Baraz («baland») so‘zi qadimiy sug‘d tilidan qolgan bo‘lib, hozir juda katta hududlarda mustaqil yoki toponimlar tarkibida uchraydi. Masalan, Zarafshon daryosining bosh tomonidagi Yag‘nobda Burozo, Pushti baroz, Sari baroz, Sibaroso, Vanjda Borazgo kabi toponimlar bor. Olimlaming yozishicha, Ros- iiyaning Yevropa qismidagi Berezanka, Berezan gidronimlari ham }‘sha baraz («baland») so'zidan kelib chiqqan. Arman tilidagi bardzr lam o‘sha baraz bilan o'zakdosh va ma’nodosh. Bu misollar geografiyani yaxshi bilmasdan turib toponimika bilan hug'ullanish ishonchli natijalar bermasligini ko'rsatadi.



    1. Download 40.41 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling