Tezkor poezda o’ziga xos nisbiylik
Maxsus nisbiylik nazariyasi ixtiro qilinmasdan oldin, olimlar poezd va boshqa harakatlanayotgan jismlar mutloq tezlikda deb o’ylardi. Bunga ko’ra, soatiga 70 kmda ketayotgan poyezd, qanday jism oldidan o’tmasin bir xil tezlikda bo’lardi. Eynshteyn nazariyasi bunday qarashni batamom inkor qildi.
Odatga ko’ra, borliqdagi jismlar uch yo’singa ko’ra o’lchanardi, bular: uzunlik, chuqurlik va bo’y. Eynshteyn bu qatorga vaqtni ham qo’shib qo’ydi va shu bilan ilm – fan olamini larzaga soldi.
Eynshteyn nazariyasiga tanqidiy qarash
Eynshteyn olimlar jamoasini uning ilmiy ishlarini e’tiborga oladi deb umid qilgan edi. U paytlarda olimlar, o’z qarashlarini maktublar orqali o’rtoqlashardi. Biroq u juda kam maktublar qabul qilib oldi. Ular ham uning nazariyasidagi ba’zi joylariga izoh berib tushuntirib brishini so’ragan edilar. Haqiqatda, uning ishlari e’tibordan chetda qolmagan edi. Uning fan olamiga shiddat bilan kutilmagan kashfiyotlani olib kirishi ularni sarosimaga solib qo’ygandi xolos. Ular uning g’oyalarini nima qilish kerakligini bilishmasdi. Ba’zi olimlar uning matematik tahlil va hisob – kitoblarini tushunolmas, ba’zilari esa uninig qarashlarini shunchaki rad etishga tirishardi.
Shunga qaramay, vaqt o’tishi bilan ko’plab olimlar uning nazariya va g’oyalarini sinovdan o’tkazishi bilan sekin – asta uning ilmiy qarashlari mazmun mohiyatini anglay boshladi. Biroq, butun dunyo olimlari uni tan olgunga qadar bir qancha yillar kerak bo’ldi.
6
Yangi sinovlar
1906 – yilning boshlariga kelib, ilm – fan olami Eynshteynning ilmiy salohiyatini tan ola boshladi. Annalen der physic ilmiy jurnalining muhariri va ajoyib olim Maks Plank Eynshteynga nisbiylik nazariyasi yuzasidan bir qancha maktublarr yo’llaydi. Asta – sekinlik bilan boshqa olimlardan ham maktublar kela boshlaydi.
Eynshteyn ilm olamida e’tirof etilayotganidan mamnun edi. Biroq, uning shaxsiy hayotini yaxshi deb bo’lmasdi. 1906 – yilning Aprelida unga yana noxush xabar keladi. Unga patient ofisida homiylik qilish va pul yig’ish vazifasi yuklatilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |