Dasturchilar uchun o'nta tavsiya


Download 93.94 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.09.2020
Hajmi93.94 Kb.
#131431
Bog'liq
Dasturchilar uchun o'nta tavsiya - Texnoman.uz


9/22/2020

Dasturchilar uchun o'nta tavsiya - Texnoman.uz

https://www.texnoman.uz/post/dasturchilar-uchun-onta-tavsiya.html

1/3


Dasturchilar uchun o'nta tavsiya

Hammaga salom!

Men, bir-qancha tajribasi bor dasturchi sifatida, sizlarga foydali bo'lishi mumkin bo'lgan

tavsiyalar bermoqchiman. Sizning tajribangiz qanchalik ko'p bo'lsa, quyidagi keltirilgan

tavsiyalarning shuncha ko'pi sizga haqiqiy va banal ko'rinadi. Dasturlash sohasiga endi kirib

kelayotgan dasturchilar uchun esa bu tavsiyalar juda g'alati tuyulishi mumkin.

Tavsiyalar

1. Faqat sizga hozirgi vaqtda kerak bo'ladigan kod yozing (YAGNI printsipi)

Ishlatilmaydigan kod quyidagi fikrlar asosida paydo bo'ladi.

- "Kelajakda bu funksional menga albatta as qotadi. Uni hozir yaratib qo'ysam-chi?"

- "Quyidagi abstraktsiya bu funksional tugallanmagan ko'rinadi. Shuning uchun uni hozir

yaratib qoyganim maqul"

Ortiqcha kod quyidagi muamolar yaratadi:

- Uning aksariyat qismi baribir ishlatilmaydi

- Bunday kodni o'qish va o'rganish ortiqcha vaqt oladi



9/22/2020

Dasturchilar uchun o'nta tavsiya - Texnoman.uz

https://www.texnoman.uz/post/dasturchilar-uchun-onta-tavsiya.html

2/3


- Ancha vaqtdan beri ishlatilmaydigan kod, shu vaqtning ichida o'zgarib kelgan loyihaning

holatiga to'g'ri kelmaydi



2. Eskirgan kodni shavqatsiz yo'q qiling

Eskirgan kor - bu proyekt rivojlanishi mobaynida yaroqsiz holatga kelgan funksionaldir. Agar

siz bu kodni kelajakda ishlatish umidida saqlayotgan bo'lsangiz, shuni biling-ki, aksariyat

holatlarda uni qaytatdan yozish ham vaqt ham harajatni tejaydi. Boz ustiga, sizga kerak bolib

qolishi mumkin bo'lga istalgan kodni GIT kabi versiyalarni boshqarish tizimidan olishingiz

mumkin. Umid qilaman, siz bunday tizimdan foydalanasiz.

3. Yangi loyihani minimal funksional bilan boshlang (Minimum viable product)

Muvaffaqiyatli loyiha, qancha to'sqinlik qilmang albatta mayda "ikr-chikir"lar bilan qoplanib

ketadi. Agar yangi loyihada, siz birdaniga minglab funksiyalarni yaratsangiz, bu loyiha hech

qachon ishga tushmasligi imkoniyati juda baland.



4. Refaktoring qilib turishni unutmang

Har bir muvaffaqiyatli loyihaga hos xususiyat bu uning davomiy rivojlanishi. Bu jarayon

mobaynida unga ko'plab yangi kod qo'shiladi. Shu sababli loyiha muvaffaqiyatligini faqatgina

shu kodni refaktoring qilish bilan saqlab turish mumkin. Agar bu ish qilinmasa, vaqt o'tishi

bilan, yozilgan kodni kengaytirish imkoniyati yo'qoladi va natijada loyiha bir joyda to'xtaydi.

5. Sodda yechimlarni, murakkab yechimlardan ustun qo'ying (KISS printsipi)

Sodda yechimlarni tushunish, kengaytirish va debug qilish osonroq. Loyihalaringizni

arxitekturasini qiyinlashtirishga emas, soddalashtirishga uruning.

6. Sodda va tushunarli kod, genial va murakkab koddan yaxshiroq

Murrakab logika va arxitektura yordamida yozgan kodingizni kelajakda tushunishi,

optimizatsiya qilishni va kengaytirishni kerak bo'ladigan dasturchilar haqida o'ylang. Bu

dasturchiga yarim yildan keyin o'zingiz aylanishingiz mumkin:) Kerak bo'lmagan joyda turli

xil dasturiy tamoyillarni, arxitektura shablonlarini, dasturiy tillarning yangi xususiyatlarini v.k.

ishlatishga urunmang, chunki bu kodingizga ortiqcha murakkablik qo'shadi.



7. Loyiha arxitekturasini mayda funksiyalargacha boshida o'ylab chiqishga

urunmang.

"Ideal arxitekturani" o'ylab chiqishga 1 oy ketkazishdan ko'ra, ishlayotgan, lekin kichik

nuqsonlari bor prototipni yaratishga bir-ikki kun ajratgan yaxshi. Tajribaga asosan, ikkala

holatda xam loyihaga ko'plab o'zgarishlar kiritiladi va o'ylangan arxitektura yaroqsiz holatga

kelib qolishi mumkin.

8. Copy-pastedan qo'rqmang.

Qaytariluvchi kodni, uning yaroqliligini isbotlagach, alohida funksiyalarga o'girish mumkin.



9. Kod asta ishlashni boshlamaguncha, uni optimizatsiya qilishga ko'p etibor

bermang.

Optimizatsiya qilinishi mobaynida o'zgargan kod tushunarsiz holatga kelib qolishi mumkin.

Boz ustiga, bu kod, loyihaning umumiy tezligiga, ko'pincha, juda kam ta'sir ko'rsatadi.


9/22/2020

Dasturchilar uchun o'nta tavsiya - Texnoman.uz

https://www.texnoman.uz/post/dasturchilar-uchun-onta-tavsiya.html

3/3


10. Bitta universal va 10 ga yaqin parametrlarni qabul qiluvchi funksiyadan, 10 ta

kichik va sodda funksiya afzalroq.

Funksiyangizda qancha ko'p parametr bo'lsa, uni ishlatish, kengaytirish va refaktoring qilish

shuncha qiyinlashadi. Shuning uchun funksiyalarni iloji boricha sodda va ixcham qilib

yarating.

Xulosa

Yuqorida keltirib o'tilgan maslahatlarni qonun sifatida qabul qilish shart emas. Ular hammaga



ham mos kelmaydi, chunki har bir dasturchining o'zining

tajribasi va qarashlari uning ish usulini belgilab beradi. Mening bu maslahatlarni ko'zdan



kechirib, kerakli xulosa chiqarishingizga maslahat berar edim.

Download 93.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling