O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSI
OLIY VА O‘RTА MАXSUS TА’LIM VАZIRLIGI
PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, PROFESSIONAL TA’LIM BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI
OSHIRISH INSTITUTI
O‘RTA MAXSUS PROFFESONAL TA’LIMNING
50610501 – Dasturiy injiniring
Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash asoslari fanidan
O‘QUV DASTURI
Kvalifikatsiya(lar) nomi:
|
Amaliy dasturlash bo‘yicha
mutaxassis
Mobil dasturlash bo‘yicha
mutaxassis
|
O‘quv rejadagi tartib raqami:
|
2.08
|
Ajratilgan soat:
|
60
|
Toshkent – 2022
O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv metodik birlashmasining 2022-yil 26-avgustdagi 5-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2022-yil 29-oktabrdagi 6-sonli yig‘ilishida ma’qullangan va Vazirlikning 2022-yil 25-noyabrdagi 388-sonli buyrug’i bilan TASDIQLANDI VA JORIY ETILDI.
Ishlab chiqdi:
|
Mirzaxidova M.M. – TATT maxsus fan o‘qituvchisi;
Djurayev A.I. TATT maxsus fan o‘qituvchisi;
|
Taqrizchi:
|
Kerimov K.F. – Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, texnika fanlari doktori nomzodi, “Tizimli va amaliy dasturlash” kafedrasi mudiri
|
O‘quv dasturiga umumiy talablar
Dasturning nomi
|
Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash asoslari
|
Ajratilgan soatlar
|
60
|
O‘qituvchi sinfda
o‘tkazadigan mavzular soni
|
15
|
Dasturning maqsadi
|
Dasturlash asoslarini o‘rgatish, oddiy dasturlarni ishlab chiqishda JAVA tili operatorlaridan foydalanish, yangi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va yaratish, obyektga yo‘naltirilgan dasturlashning asosiy tamoyillarini o‘rganish, obyektlar bilan ishlash
|
O‘zlashtirish natijalari
|
Algoritmlarni qurishning umumiy tamoyillari, asosiy algoritmik tuzilmalar;
dasturlash tizimi haqida tushuncha;
protsessual dasturlash tilining asosiy elementlari, dastur tuzilmasi, operatsiyalar, boshqaruv tuzilmalari, ma’lumotlar tuzilmalari, fayllar, xotira;
kichik dasturlar, dasturlar kutubxonalarini kompilyatsiya qilish; obyektga yo‘naltirilgan dasturlash modeli, sinflar va obyektlar haqida
tushuncha, ularning xossalari va usullari
|
Bilim
|
zamonaviy dasturlash usullari;
obyektga yo‘naltirilgan dasturlashning asosiy tamoyillari;
obyektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyasi; vizual dasturlash texnologiyalari;
dasturiy ta’minotni ishlab chiqish tamoyillari va xususiyatlari.
|
Ko‘nikmalar
|
tizimli texnologiyalar va obyektga yo‘naltirilgan dasturlash yordamida dasturlash tillaridan birida Kompyuter uchun dasturlarni ishlab chiqish;
dasturiy ta’minot ishonchliligini baxolash.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |