Dasturiy ta’minot ishlab chiqish masalasining qo‘yilishi 6
Download 486.21 Kb.
|
Dasturiy ta’minot ishlab chiqish masalasining qo‘yilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakatlar 1 2 3
- Shartlar: S1: Omborda buyurtirilgan ichimliklar to‘la-to‘kismi S2: Tashkilot ixiyorida haydovchi va transport vositasi bormi Harakatlar
- 3.2.2 HIPO-usul va boshqa texnikalar HIPO
- Ob’ekt-munosabatidagi (tipidagi) model
- Avtomatlashtirilgan loyihalash va dastur yaratish (CASE Tools)
- 4. Dasturlar ishlab chiqishning test usullari O‘quv maqsadi O‘quvchi eng muhim test usullarini biladi va uni misollarning biri orqali tushuntirib bera oladi
- Modul testi Umumiy test
3.11-rasm. Qarorlar jadvali tuzilishi Qarorlar jadvali 4 kvadratli dekart koordinatali tizimi singari har doim 4 qismdan iborat bo‘ladi. Yuqorigi qismda shartlar (inglizcha: Conditions), quyi qismda harakatlar (inglizcha:Actions) joylashadi. Chap tarafda tegishlicha aniq shart va harakatlar ko‘rsatilgan, o‘ng tarafda esa tegishli qarorlar (to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri) taqdim qilingan. Qarorlar jadvali uchun eng muhimi shu-ki, shartlar va harakatlar to‘la va aniq ifodalab beriladi. Buni misolda mufassalroq tushuntirish lozim bo‘ladi: N shaxridagi ichimlik omborlaridan biriga chakana savdo olib boruvchi savdogarlardan buyurtma tushadi. Avvalo omborda buyurtirilgan ichimliklar borligini tekshirib ko‘rish kerak. Undan keyin esa tashkilot ixtiyorida haydovchi bilan transport vositasi bormi-yo‘qligini tekshirib ko‘rish kerak. Agar har ikkala shart ham bajarilgan bo‘lsa, unda buyurtma bajarilishi va ichimliklar etkazilishi mumkin bo‘ladi. Shartlar: S1: Omborda buyurtirilgan ichimliklar to‘la-to‘kismi? S2: Tashkilot ixiyorida haydovchi va transport vositasi bormi? Harakatlar A: Ekranga chiqadigan ma’lumot: Barcha transport vositalari band va keyingi transport vositasining taskilot ixtiyorida bo‘lish haqidagi ma’lumotlar A: Ekrahda chiqadigan ma’lumot: buyurtirilgan ichimliklar miqdorining kamligi A: Xujjat berish
3.12-rasm. Qarorlar jadvali namunasi
3.13-rasm: HIPO diagrammasi savdo-sotiq jarayoni misolida Ob’ekt-munosabatidagi (tipidagi) model (inglizcha: Entity Relationship Diagram) ma’lumotlar manbaini qabul qilish uchun juda muhim tavsif usulidir. Ob’ektlarning (inglizcha: Entities) munosabatlarga (englisch: Relationship) aloqasi o‘rnatiladi. Ob’ekt-munosabat (tipidagi) model ma’lumotlar manbai bo‘yicha darslikda batafsil ko‘rib chiqilgan. Avtomatlashtirilgan loyihalash va dastur yaratish (CASE Tools) servisi (Computer Aided Software Engineering)) dasturlarga o‘z ishlanmalaridagi mavjud vositalar va xujjatlashtirish bo‘yicha servis yordamida o‘z ishlanmalarini tahlil qilish va rejalashtirishda yordam beradigan dasturiy ta’minotdir. Avtomatlashtirilgan loyiha va dastur yaratish servisi (CASE Tools) dasturiy ta’minot ishlab chiqishni yaxlit ko‘rib chiqadi, ya’ni dasturning blok-chizmasi va mantiqiy chizmasi uchun vositalar bilan chegaralanmaydi, balki loyiha menedjmenti va sifat ta’minoti sohasida ham yordam beradi. Avtomatlashtirilgan loyiha va dastur yaratish servisidan (CASE Tools) jumladan, dasturlash bo‘yicha katta loyihalarda foydalaniladi. 4. Dasturlar ishlab chiqishning test usullari O‘quv maqsadi O‘quvchi eng muhim test usullarini biladi va uni misollarning biri orqali tushuntirib bera oladi Tarkibi Yozuv stoli oldidagi test Black Box <> White Box Test ma’lumotlari Modul testi Umumiy test Dastur ishlab chiqilayotganda, ya’ni dasturning oxirgi, tarjima qilsa bo‘ladigan va umuman olganda ishlaydigan kodi (Quellcode) mavjud bo‘lsa, unda dasturning ushbu kodi istalgan talablarga muvofiq kelish-kelmasligi tekshirib ko‘rilgan bo‘lishi kerak. Bu test nazorati (testlash) deb ataladi. Testlash sifat kafolatining bir qismidir (5-bobga qarang). Test nazoratining ko‘p ko‘rinish va usullari mavjud. Bu bobdagi namunalarda eng muhim usullar ko‘rsatiladi va izohlanadi. Testlash – bu havaskor dasturchilar qo‘llashni sevadigan sinov emas. Professional dasturlar muntazam ravishda testdan o‘tib turishlari, funksionallik tasnif (spesifikatsiya) bilan mosligini xujjat bilan tasdiqlash uchun esa test natijalari xujjatlashtirilishi kerak. Hech bir test dasturning 100% aniqlikni tasdiqlay olmaydi. Har bir test ma’lum shart-sharoitlarda ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot istalgan natijani berishnigina tasdiqlash mumkin. Dasturiy ta’minot sohasida (2-bobga qarang) dasturning funksionalligi qanchalik aniqroq bayon qilingan bo‘lsa, uning ishlashini shunchalik aniqroq tekshirish mumkin. Testlar dasturchilar tomonidan ham, dasturlash bilimlariga ega bo‘lmagan foydalanuvchilar tomonidan ham o‘tkaziladi. Ko‘pincha foydalanuvchilar dasturchilarning hayollariga ham kelmagan shunday yo‘llar bilan ham dasturdan foydalanadilar. Shu tarzda xatolar topilishi va tuzatilishi mumkin. Testlashning turli xil usullarini kengroq tushintirish uchun quyida oydinlashadigan oddiy misol tanlaymiz: «Bubblesort» navlash algoritmi. Download 486.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling