Dasturiy ta’minot ishlab chiqish masalasining qo‘yilishi 6


Tasavvur qilish qanchalik mumkin bo‘lsa, shunchalik oddiy va qanchalik kerak bo‘lsa, shunchalik kompleks


Download 486.21 Kb.
bet20/59
Sana24.07.2023
Hajmi486.21 Kb.
#1662099
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59
Bog'liq
Dasturiy ta’minot ishlab chiqish masalasining qo‘yilishi

Tasavvur qilish qanchalik mumkin bo‘lsa, shunchalik oddiy va qanchalik kerak bo‘lsa, shunchalik kompleks.
2.3.5.1 namuna senariyidagi park avtomati uchun ma’lumotlar oqimi o‘tishining quyidagi chizmasi hosil bo‘ladi:



3.3-rasm: Pul kartochkali parkovkalash avtomati haqida ma’lumot

3.1.2. Dasturning mantiqiy chizmasi
Dasturning mantiqiy chizmasi 3.1.1. bo‘limida sanab o‘tilgan jarayonlar, kiritish chiqarish va oqim chiziqlari kabi belgilarni o‘z ichiga oladi. Bu loyiha texnikasi yordamida masalani echish uchun zarur takliflar zanjiri yaqqol ko‘rsatilgan qaror jarayonini chizish mumkin.
Dasturning mantiqiy chizmasida har doim “Boshi” va “ohiri” mavjud bo‘ladi (inglizcha: Start and Stop).
Quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:


  • Dasturning mantiqiy chizmasini shunday qurish kerakki, uni tepadan pastga o‘qish mumkin bo‘lsin.


  • Belgilarga arxivlangan axborot matnlari sig‘ishi kerak.


  • Agar dasturning mantiqiy chizmasi o‘ta kompleksli va aniq bo‘lmasa, konnektorlardan foydalaniladi.

Bu erda ham, xarorat qanchalik mumkin bo‘lsa, shunchalik oddiy, qanchalik kerak bo‘lsa, shunchalik kompleksli, degan qoida amal qiladi.


Dasturlarning mantiqiy chizmalarida tez-tez uchrab turuvchi “Tarmoqlanish” va “konnektor” belgilari quyida chizma tarzida oydinlashtiriladi:


3.4-rasm: Dasturning mantiqiy chizmasini tipik belgilari

Oddiy misol sifatida quyida tanga bilan ishlovchi jamoat telefon apparatidan telefon suhbati qadamlarining tahlili uchun dasturning mantiqiy chizmasi havola qilingan:



Yo’q

Ha


3.5-rasm: Dasturning mantiqiy chizmasi

3.1.3. Struktura diagrammasi (Struktogramm)
Dasturlash vositasi sifatida struktura diagrammasi (Struktogramm (inglizcha: Nassi-Shneidermann-Diagram)) dasturning mantiqiy chizmasiga qaraganda ancha qulayroq. Struktura diagrammasi yordamida dastur bitta tuzilish bloki chegarasida ko‘rsatilishi mumkin. Tuzilish bloki ichida struktura ostki bloklari ulanadi.
Tuzilish diagrammasi dasturlashning foydalanilayotgan tiliga va apparat vositalarining istalgan platformasiga bog‘liq bo‘lmagan dasturiy mahsulotni rejalashtirish va xujjatlashtirish bo‘yicha xujjatlarni ifodalaydi. Masalaning mantiqiy echilishi va buning uchun zarur bajarish strukturalari oldingi qatorda joylashadi.
Atigi bir nechta asosiy belgilar qo‘llanishi sababli struktura diagrammalari yordamida o‘qish va modullashni o‘rganish juda tez kechadi. Asosiy joylashuv quyidagi rasmda ko‘rsatilgan:

Takrorlash




Tanlash



Tanlash



Takrorlash


Operator






Operator
















Operator




3.6-rasm. Struktura diagrammasining asosiy joylashuvi
Struktura diagrammasidagi barcha jarayonlar uchta asosiy «Takrorlash» (Repetition), «Tanlash» (Selection) va «Operator» (Sequence) tuzilmalari bilan namoyon bo‘ladi.

Download 486.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling