Dasturiy ta’minot ishlab chiqish masalasining qo‘yilishi 6


Narsa, bu demakki qanday dasturlar bo‘yicha yordam ko‘rsatayapti


Download 486.21 Kb.
bet43/59
Sana24.07.2023
Hajmi486.21 Kb.
#1662099
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59
Bog'liq
Dasturiy ta’minot ishlab chiqish masalasining qo‘yilishi

Narsa, bu demakki qanday dasturlar bo‘yicha yordam ko‘rsatayapti;


  • Xizmat ta’minotchisiga yeta olish (telefon, E-mail);


  • Maxsus to‘g‘ri chiziq bo‘yicha aloqa vaqti (mas. s 08.00 dan 16.00 gacha.);


  • Maxsus to‘g‘ri chiziq bo‘yicha aloqa hajmi (mas. 1 oyga 10 soat)


  • Xizmat ta’minotchisining javob qaytarilish vaqti (mas., Hotline-rasmiy talabidan so‘ng ikki soat davomida);


  • Mijoz dasturiy ta’minotining shart-sharoitlari, masalan, Remote Desktop yordamida;


  • To‘lov (Har oy uchun yoki bajarilgan ish hajmiga bog‘liq ravishda).

    Foydalanuvchilar, ko‘pincha Hotline ning “dolzarb” yo‘li orqali o‘qitishni talab qilishga moyildir. Biroq yordamning mohiyati o‘qitilgan foydalanuvchiga joriy ish davomida yordam ko‘rsatishdan iboratdir. Bu o‘rinda AKT xizmat ta’minotchisi mijozning xodimlari dasturiy ta’minot ekspluatatsiyasini o‘rgangan bo‘lishlari haqida qayg‘urishi va yordam shartnomasida Hotline hajmini chegaralash yordamida tegishli kafolatlarini ko‘zda tutishi kerak.


    6.5.3 Texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasi


    Texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasi yordam shartnomalariga (Support-shartnomalari) nisbatan keng ko‘lamli va murakkabroq. Ushbu bobda bayon etilgan takrorlanuvchi, takomillashtiruvchi va moslashtiruvchi xizmatlar tegishli.
    Texnik xizmat ko‘rsatish shartnomalari ishlatilayotgan dasturiy ta’minot


    • Xatosiz ishlashini yo‘ li bexatolikni ta’minlovchi xizmat


    • Texnika darajasida qolishni takomillashtiruvchi xizmat


    • Yangi operatsiya tizimlariga yoki yangi apparat vositalariga moslashtirilgan bo‘lishini ta’minlashi kerak (moslashtirish xizmati)

    Texnik xizmat ko‘rsatish shartnomalari qanchalik muhimligini quyidagi misolda tushuntirish mumkin:


    O‘zbekmashinasozlik tashkiloti XYZ avtomabil ishlab chiqarish uchun ehtiyot qismlar tayyorlaydi. Taskiliy ma’lumotlarga elektron ishlov berishdan foydalaniladiki, uning yordamida nafaqat ishlab chiqarish, balki ishlab chiqarishning butun moddiy texnik ta’minoti (logistika) va hisob- kitoblari boshqariladi. UNIFIN dasturi yordamida mijozlar va ta’minotchilar bilan tuziladigan barcha shartnomalarga umumiy hisobchilikka va buhgalteriya hisobiga ishlov beriladi.

    O‘zbekiston Respublikasi soliq islohatini o‘tkazadi va barcha soliq turlari va soliq miqdorlarini o‘zgartiradi. Ma’lum kunlardan boshlab barcha hisob-kitoblar faqat yangi soliq tizimi sharoitlarida amalga oshirilishi mumkin.

    Shunday qilib UNIFIN dasturini yangi soliq tizimiga to‘g‘rilash kerak. Tashkilotning rasmiy talabiga AKT xizmat ta’minotchisi javob beradi: «Biz bilan texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasini tuzgan mijozlar avtomatik tarzda dasturning yangi versiyasini oladilar, shuning uchun yangi soliq tizimiga to‘g‘rilashni o‘z vaqtida o‘tkazish mumkin. Texnik xizmat ko‘rsatish shartnomalariga ega bo‘lmagan mijozlar dasturni yangidan sotib olishlari kerak. Afsuski biz narxlarni oshirishimiz kerak. Sizdan shunga tushunib yondashishingizni so‘raymizki, biz avval o‘z mijozlarimizni texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha ta’minlaymiz, qolgan mijozlar uchun hozirgi vaqtda talab yuqoriligi sababli ta’minlash muddati 6 oyni tashkil qiladi».
    Bu tipik senariy. XYZ mashinasozlik tashkiloti ko‘p sohalarda foydalanilayotgan UNIFIN dasturiga bog‘liqdir. Dasturning benuqson ishlashi tashkilot uchun o‘ta muhimdir.
    UZS danCAR ga yuqorida eslatilgan to‘g`rilash oldindan rejalashtirilishi va amalga oshirilishi valyuta – moliyaviy islohotining belgilangan kundan oldinroq tugallanishi lozim bo‘lgan zarur tahrirlovchi yoki takomillashtiruvchi xizmatlariga namunadir.
    Texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasining mavjudligi xizmatlar taklif qilayotgan AKT tashkilotga dasturning o‘z vaqtida moslashuvini amalga oshirish va uni mijozlar ixtiyoriga havola qilishi majburiyatini yuklaydi. Texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasiz dasturning har bir o‘zgarishiga alohida buyurtma qilish kerakki, bu ma’lum hollarda katta va rejalashtirilmagan chiqimlarga olib kelishi mumkin. Belgilangan to‘lovni ko‘zda tutadigan texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasi tufayli bu xarajatlarni rejalashtirsa bo‘ladi va ular alohida yuzaga kelmaydi.
    Texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasining “xizmatlar, huquq va majburiyatlar” bo‘limida quyidagilar boshqariladi:


    Download 486.21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling