Predmetli (amaliy) soha (arrlication domain) – boshqaruvning bir- birlari bilan bog’langan vazifalari, masalalarining majmuasi, ular yordamida qo’yilgan maqsadlarni bajarilishiga erishiladi.
2. Dasturiy mahsulotlarning tasnifi
Foydalanuvchilar kategoriyalari bo’yicha dasturlarning tasnifi:
- Utilitar dasturlar (“o’zi uchun dasturlar”) ularni ishlab chiqaruvchilarning zaruriyatlarini qanoatlantirish uchun mo’ljallanganlar.
- Dasturiy mahsulotlar foydalanuvchilarning extiyojlarini qanoatlantirish, keng tarqatish va sotish uchun mo’ljallanganlar.
Dasturiy mahsulotlarning sinflari (foydalanish prinsipi bo’yicha):
tizimli dasturiy ta'minot;
amaliy dasturlar paketi;
dasturlash texnologiyalarining qurollari.
Tizimli dasturiy ta'minot qo’yidagilarga qaratilgan:
boshqa dasturlarni faoliyat yuritishning operatsion muhitini yaratishga;
kompyuterning o’zi va hisoblash markazini ishonchli va samarali ishlashini ta'minlashga;
kompyuter va hisoblash markazi jihozlarining diagnostikasi va profilaktikasini o’tkazishga;
yordamchi texnologik jarayonlar (dasturlar va ma'lumotlar bazalari fayllardan nusxa ko’chirish, arxivga joylashtirish, tiklash va h.k.)ni bajarishga.
Dasturiy mahsulotlarning ushbu sinfi kompyuterning turi bilan yaqindan bog’langan va uning ajralmas qismidir. Dasturiy maxsulotlar asosan malakali foydalanuvchilar kompyuter sohasidagi kasb egalari: tizim dasturchisi, tarmoqning administratori, amaliy dasturchi, operatorga mo’ljallangan.
Amaliy dasturlar paketlari (ADP) vazifaviy masalalarni yechishning dasturiy qurollari bo’lib xizmat qiladilar va dasturiy mahsulotlarning eng ko’p sonli sinfi bo’ladilar. Ushbu sinfga turli predmetli sohadagi axborotlarni ishlab chiqishni bajaruvchi dasturiy mahsulotlar kiradilar.
Dasturiy mahsulotlarni kompyuterga o’rnatishni malakali foydalanuvchi bajaradi, bevosita undan foydalanishni esa, qoidaga ko’ra, yakuniy foydalanuvchilar-axborotdan foydalanuvchilar amalga oshiradilar, ko’p xollarda, ularning faoliyati kompyuter sohasida g’oyatda uzoqdir. Dasturiy mahsulotlarning ushbu sinfi ayrim predmetli sohalar uchun g’oyatda o’ziga xos bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |