8. Windows operatsion tizimi haqida umumiy tushunchalar
WINDOWS operatsion tizimi (OT) - axborotni qayta ishlash jarayonini boshqarishni va apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o’rtasidagi o’zaro aloqani ta'minlaydigan, grafik interfeysiga ega ko’p vazifali universal operasion tizimi.
Windows operatsion tizimining versiyalaring ta'riflari
Versiyasining
nomi
|
Chiqarish yili
|
Talab qilinadigan xotira hajmi, Mbaytda
|
Operativ
xotirani
|
Qattiq magnit disklagi bo’sh tashqi xotiraning
|
Windows 3.1.
|
1991
|
4-8
|
20-35
|
Windows 3.11
|
1992
|
4-8
|
20-35
|
Windows 95
|
1995
|
8-12
|
30-85
|
Windows NT
|
1996
|
16-32
|
90-120
|
Windows 98
|
1998
|
16-24
|
100 dan ortiq
|
Windows 2000
|
2000
|
64
|
600-650
|
Windows XR
|
2003
|
128 dan kam emas
|
1,5 Gbayt
|
Windows Vista
|
2006
|
512 dan kam emas
|
15 Gbayt
|
Foydalanuvchi interfeys – insonning apparatli va dasturiy vositalari bilan o’zaro aloqa qilish usul va vositalari
PAPKA va YoRLIKLAR - har xil dasturlar va fayllar belgilari, ular yordamida shu dasturlar ishga tushiriladi yoki shu fayllar ochiladi.
DASTUR OYNALARI - dastur bajariladigan oyna.
PUSK MeNYuSI - (WINDOWS ning asosiy buyruqlari joylashgan menyusi, ular yordamida Windows ustidan har xil amallarni bajarishimiz mumkin.
VAZIFALAR PANeLI – aktiv dasturlar va fayllar nomlarni ko’rsatuvchi tug’malar joylashadi va ulardan yordamida bittasidan boshqasiga tezkor o’tish ta'minlanadi.
INDIKATORLAR PANeLI - vaqt va kun haqida ma'lumotlar, klaviatura til standarti, tovush balandligi, printer, ekran va boshqa qurilmalar hamda har xil dastur belgilari joylashadi, ular yordamida shu qurilmalar hususiyatlarini yoki shu dasturlar ishlash holatlarini o’zgartirishimiz mumkin.
Windows ning asosiy ta'riflari:
1. Ko’p masalaliligi – Windows bir paytning o’zida bir necha hujjat bilan ishlaydi, bir dasturdan boshqasiga o’tishni ta'minlaydi. Mavjud tezkor xotiradan to’liq foydalanish imkoniyati mavjud. Qurilma resurslaridan ham to’liq foydalaniladi. Windows qurilmalari orasidagi muloqotni dasturlarning o’zi ta'minlaydi.
2. Ma'lumotlar almashinuvi – Windows dasturlararo ma'lumot almashish imkoniyatiga ega. Bu maxsus Clipboard (ma'lumot almashish buferi), yoki DDE (Dina-mic Data Exchange - ma'lumotlarning dinamik almashinuvi), OLE (Object-Linking Emboding - dastur ilovalarida ma'lumotlardan tahrirlangan holda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |