D a s t u r l a r – menyuning shu bandiga kiritilgan dasturlar ro’yhatini chiqaradi va sichqonchani u bo’yicha bosish yo’li bilan ularning istaganini ishga tushirishga imkon beradi.
H u j j a t l a r – foydalanuvchi ishlagan oxirgi hujjatlarni ro’yhatini chiqaradi va ularning istalganini, sichqonchani bosish yo’li bilan, ochish mumkin (hujjatlar ro’yhati ular yaratilgan ilovalarga bog’liq emas).
S o z l a sh – foydalanuvchiga to’g’rilash mumkin bo’lgan tizimning tashkil etuvchilarini ro’yhatini chiqaradi.
Q i d i r i sh – papkalar, buyruqlar va buyruqlarni pochtali xabarlarini ro’yhatini chiqaradi qo’shimcha menyu kerakli ob'ektni topish va ochish imkoniyatini yaratadi.
M a ' l u m o t n o m a – Windows ma'lumotnomali tizimiga murojaat qilish.
B a j a r i sh – kompyuterni tashqi xotirasida (yoki hattoki tarmoqda) bor bo’lgan istalgan dasturni ishga tushirishni yoki istalgan papkani ochishni imkoniyatini ta'minlaydi.
I sh n i t u g a t i sh - Windowsdan chiqish uchun, kompyuterni qayta yuklash uchun ishlatiladi.
Mening kompyuterim. Kompyuterni hamma disklarini ichidagisini va uning ba'zi qurilmalarini tavsiflarini ko’rish imkonini beradi. Xususan, sichqoncha bilan bu belgicha bo’yicha ikki marta bosganda ierarxik menyuli oyna ochiladi, bu oyna ob'ektlar ro’yhatini o’z ichiga oladi
Keluvchilar. Elektron pochta bo’yicha yoki faks bo’yicha olinayotgan yoki yuborilayotgan keluvchi va chiquvchi hujjatlarni boshqarish mexanizmini o’z ichiga oladi.
Korzina o’chirilgan fayllarni vaqtincha saqlash uchun ishlatiladi. U xato qilib o’chirilgan fayllarni tiklash imkonini beradi (fayllar, foydalanuvchining o’zi korzinani bo’shatgandan keyingina yo’qoladi).
Portfelga bir hil hujjatni bir nechta versiyalari joylashtiriladi, bu ularning variantlarini taqqoslash va optimalini tanlash imkonini beradi.
11. Windows operatsion tizimining oynalari va ular bilan ishlash
Oynalar bir necha turda bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |