Dasturlash texnologiyalarining qurollari - yaratilayotgan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, sozlash va tadbiq etish texnologiyasini ta'minlovchi dasturlar va dasturiy majmualar bo’ladilar.
Tizimli va amaliy dasturchilar dasturlash texnologiyasining foydalanuvchilari bo’ladilar.
3. Tizimli dasturiy ta'minot tushunchasi va ularning tasnifi
Tizimli dasturiy ta'minot quyidagicha tasniflanadi:
Bazaviy dasturiy ta'minlanish (base software)-kompyuterini ishlashini ta'minlovchi dasturiy vositalarning eng kichik majmuasidir.
Servisli dasturiy ta'minlanish - bazaviy dasturiy ta'minlanishning imkoniyatlarini oshiruvchi va foydalanuvchiga qulayroq ish muhitini tashkil qiluvchi dasturlar va dasturiy majmualardir.
Bazaviy dasturiy ta'minlashga quyidagilar kiradi:
operatsion tizim;
operatsion qobiq (matnli va jadvalli);
tarmoqli operatsion tizim.
4. Bazaviy dasturiy ta'minot
Operatsion tizim foydalanuvchi fayillarni bajarish, EHM hisoblash resurslarini rejalashtirish va boshqarish uchun mo’ljallangan.
Shaxsiy kompyuterlar uchun operatsion tizimlar quyidagilarga bo’linadi:
bir yoki ko’p masalali (parallel bajariladigan amaliy jarayonlarning soniga ko’ra);
bir yoki ko’p foydalanuvchili (operatsion tizimda bir vaqtda ishlovchi foydalanuvchilarning soniga ko’ra);
kompyuterlarning boshqa turlariga ko’chirilmaydigan va ko’chiriladiganlar;
EHMning mahalliy hisoblash tarmog’ida ishlashni ta'minlovchi tarmoqsiz va tarmoqli.
Tarmoqli operatsion tizimlar - tarmoqqa ma'lumotlarni ishlab chiqish, uzatish va saqlashni ta'minlovchi dasturlar majmuasidir. Tarmoqli tizimlarning har xil turlari (fayllarni boshqarish)ni taqdim etadi abonent tizimlarida ishlashni qo’llab-quvvatlaydi. Tarmoqli operatsion tizimlar mijoz-server arxitekturasi va bir rangli arxitekturadan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |