Dasturlash tili
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Java haqida boshlangich darslik by Ali Artukov (z-lib.org)
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Ostki klass deganda nima tushuniladi? 2. Irsiyat degani nima? 3. Biror bir klassning ostki klassi qanday xususiyatga ega bo’ladi? 4. Interfeys deganda nima tushuniladi? 5. Interfeysni bajarish uchun nima qilish kerak? 6. Ichki klass deganda nima tushuniladi? 7. Ichki klass qanday xususiyatga ega? 8. O’ram deganda nima tushuniladi? 9. Qanday ko’rinilish o’zgartiruvchilari mavjud va ular qanday vazifani bajaradi? 10. object
klassi qanday klass?
GRAFIK DASTURLASH Swing Swing bu Java dasturlash tilining grafikli foydalanuvchi interfeysi qurollar to’plamidir. javax.swing o’rami interfeys elementlari xisoblanadigan oynalar, tugmalar, combo qutilari, katalog daraxtlari, jadvallar, menyular va zamonaviy grafikli dastur tuzish uchun kerak bo’ladigan boshqa elementlarni o’z ichiga oladi. Swing qurollar to’plamidan oldin grafikli foydalanuvchi interfeysini yaratish uchun Java dasturlash tilida Abstract window Toolkit ( AWT
)
nomli qurollar to’plami ishlatilgan. AWT qurollar to’plami grafikli foydalanuvchi elementlarini yaratishni dastur mo’ljallanayotgan platformaning (Windows, Macintosh, Solaris) grafikli foydalanuvchi interfeysi qurollar to’plamiga yo’naltirgan. Natijada xar bir platforma uchun dastur ko’rinishi ushbu platformaga xos bo’lgan. Shu orqali Java dasturlarni portativligi ta’minlangan. AWT qurollar to’plami qo’llaydigan printsipni o’ziga xos kamchiliklari xam mavjud. Ushbu qurollar to’plami grafikli foydalanuvchi interfeys elementlarini yaratishni dastur bajarilayotgan platformaga yo’naltirayotganligi sababli xar xil platformalarda interfeys elemetlari bajarayotgan amallari farq qiladi. Bundan tashqari, xamma platformalar xam bir xil grafikli interfeys elementlar to’plamiga ega emas. Shu va boshqa kamchiliklarni oldini olish maqsadida grafikli foydalanuvchi interfeys elementlari mustaqil xosil qilish bo’lib ushbu printsip Swing
qurollar to’plamida qo’llanilgan. Swing qurollar to’plami yordamida dasturning foydalanuvchi interfeysini yaratishda oldindan tayyorlangan komponentlardan foydalaniladi. Ushbu komponentalar maxsus konteynerlar ichiga joylashtiriladi. Konteynerlar ichida komponentlarni tartibli joylashtirish uchun joylashuv menedjerlar ishlatiladi. Joylashuv menedjerlari foydalanuvchi interfeys elementlarini joylashish
|
ma'muriyatiga murojaat qiling