Dasturning mazmuni
Avtomototransport vositalarini va ko’chmas mulkni davlat daromadiga o’tkazish va hisobga olish xususiyatlari
Download 1.98 Mb.
|
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик
4. Avtomototransport vositalarini va ko’chmas mulkni davlat daromadiga o’tkazish va hisobga olish xususiyatlari.
Avtomototransport vositalarini olib qo’yishda vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan u majburiy tartibda ko’rikdan o’tkaziladi hamda olib qo’yish to’g’risidagi protokolda uning ma’lumotlari, holati va butligi aks ettiriladi. Olib qo’yilgan avtomototransport vositalari vakolatli organlarning, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmati organlarining hamda ularni saqlashning tegishli sharoitlarini ta’minlovchi boshqa tashkilotlarning maxsus ajratilgan joylarida (saqlash joylari, omborlar, jarima maydonchalarida) saqlanadi. Bunda sud ijrochisi avtomototransport vositalaridan boshqa shaxslar tomonidan foydalanishga va boshqacha foydalanishga cheklashni ta’minlashi shart (muhrlash). Avtomototransport vositalari ularning saqlanishini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarga ega bo’lgan ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlariga saqlash uchun berilishi mumkin. Avtomototransport vositasini olib qo’ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi olib qo’yish to’g’risida protokol tuzilgan vaqtdan boshlab uch kun muddatda avtomototransport vositalarini ro’yxatdan o’tkazuvchi tegishli notarial organlarga va ichki ishlar organlariga bildirishnoma jo’natadi. Olib qo’yilgan avtomototransport vositasining texnik holatini ko’rikdan o’tkazish O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmati organlarining mutaxassislari tomonidan hududiy moliya organi hamda avtomobillarga texnika xizmati ko’rsatish ixtisoslashgan korxonalari vakillarining majburiy tartibdagi ishtirokida amalga oshiriladi. Ko’chmas mulkning holatini ko’zdan kechirish hududiy moliya organining vakili majburiy tartibda qatnashgan holda "Ergeodezkadastr" davlat qo’mitasining hududiy organi mutaxassisi ishtirokida amalga oshiriladi. Avtomototransport vositasi va ko’chmas mulkni ko’zdan kechirish natijalari bo’yicha ko’zdan kechirish dalolatnomasi tuziladi. Dalolatnoma avtomototransport vositasi va ko’chmas mulkni olib qo’ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi hamda ko’zdan kechirishda qatnashgan shaxslar tomonidan imzolanadi. Avtomototransport vositasi va ko’chmas mulkni davlat daromadiga o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilingandan keyin sud ijrochisi “Davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-mulkni olib qo’yish, sotish yoki yo’q qilib tashlash tartibi to’g’risida”gi Nizomda belgilangan tartibda avtomototransport vositasi va ko’chmas mulkni qabul qilish-topshirishni amalga oshiradi. Sud ijrochisi davlat daromadiga o’tkazilgan avtomototransport vositalari va ko’chmas mulkni vakolatli organdan qabul qilib olishda barcha hujjatlar, shu jumladan, ular ko’zdan kechirilganligi va baholanganligini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini tekshiradi.
Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling